Ўзбекистон республикаси олий ва



Download 2,43 Mb.
bet66/308
Sana25.09.2021
Hajmi2,43 Mb.
#184821
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   308
Bog'liq
Ахмедова Малохат Педгогика Психология

Tayanch tushunchalari.

Ta’lim, tavsif, shakl, dars, o`quv faoliyati, metod, tasnif, tizim, vosita, didaktik g`oya, didaktik tizim, tarixiy taraqqiyot, suqrotcha suhbat, ibtidoiy jamoa, ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot, faylasuf, dogmatiko’qitish, ritoriksavollar, madrasa.


Ta’lim turlari va ularning tavsifi.

Didaktik g’oyalar (tizimlar) tarixiy taraqqiyot jarayonida yangi g’oyalar bilan boyib davr talabiga mos keluvchi tizimlarga aylanadi. Didaktik tizimlar ta’lim turlarini tavsiflash imkonini beradi.

Ibtidoiy jamoa va quldorlik tuzumi davrlarida insoniyat taraqqiyoti davomida orttirilgan hayotiy tajribalar amaliy harakatlar yordamida yosh avlodga yetkazib borilgan bo’lsa, keyinchalik ular aniq belgilangan joy va ayrim toifa kishilar tomonidan maxsus o’qitila boshlandi. Ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot darajasiga ko’ra o’qitish mazmun-mohiyati, tuzilishi va maqsadiga ko’ra turli ko’rinish va shakllarda tashkil etib kelingan. O’qitishning ilk maxsus turi qadimgi yunon faylasufi Suqrot (er. av. 469-399 yillar) tomonidan tashkil etilgan savollarga javob topishdan iborat o’qitishhisoblanadi. O’qitishning bu turi suqrotcha suhbatdeb ataladi. Faylasuf (o’sha davrda bolalarni o’qitish faylasuflar tomonidan olib borilgan) yoshlarda qiziqish, bilish bo’lgan intilishni yuzaga keltiuvchi savollardan foydalangan. Yoshlar faylasuf rahbarligida mulohaza yuritish orqali voqea-hodisalarning mohiyatini idrok etishgan. Ritorik savollarni muhokama qilish, odatda faylasufning mulohazasi bilan to’ldirish bilan yakunlangan. Suqrotcha suhbatlar bir yoki bir necha talabalar ishtirokida tashkil etiladi.

Dogmatik o’qitish (bilimlarni yodlash va takrorlash) jamoa asosida idrok etish faoliyatining ilk turi bo’lib, o’rta asrlarda keng tarqalgan. O’rta asrlarda G’arbiy Yevropada dogmatik o’qitishda lotin tili, Markaziy Osiyo mamlakatlarida esa arab tili yetakchi o’rin tutgan. Yoshlar ta’lim (muqaddas kitobni o’qib talqin qilish, o’qish, yozish va hisoblash)ni boshlang’ich maktablarda olganlar. Dogmatik o’qitishda talabalarning asosiy faoliyatlari tinglash, o’qish, yod olish, eslab qolish va matnni so’zma-so’z takrorlashdan iborat bo’lib, oliy ta’lim madrasalarda berilgan. Madrasalarda o’qitish fors tillarida olib borilgan. Talabalar majburiy tarzda arab tilini ham o’rganganlar. O’quv rejasiga grammatika, Qur’on, Hadis, ritorika, logika, metafizika, geologiya, adabiyot, huquqshunoslik kabi fanlar kirgan. O’qitish asosan og’zaki shaklda olib borilgan. Biroq talabalar foydalangan o’quv adabiyotlari asta-sekin ancha ko’p qirrali, turli-tuman bo’lib boradi. Qadimda ta’lim erkaklar uchun mo’ljallangan. Ammo badavlat oila qiz bolani o’qitish uchun uyga o’qituvchini taklif etgan.

Dogmatik o’qitish o’rniga keyinchalik asta-sekin o’quv jarayonida ko’rgazmalilikni ta’minlashga e’tibor qaratilgan. Buning natijasida ta’limning ko’rgazmali o’qitish turi rivojlanib boradi.

Mujassamlashtirilgan ta’lim o’quv materiallarini talabalarning bilish xususiyatlariga imkon qadar moslashtirishni ifodalaydi. Unga ko’ra mashg’ulotlar yaxlit mavzuni muayyan qismlarga bo’lib o’zlashtirilishga yo’naltiriladi. O’quv materiallarini bu tarzda o’zlashtirish bilish imkoniyatlari turlicha bo’lgan talabalar tomonidan mavzu mohiyatining puxta anglanishiga yordam beradi. Metodni qo’llashda talabalar qobiliyati dinamikasini hisobga oluvchi ta’lim metodlari qo’llaniladi. Modul ta’limi o’quv materiallarini boblar, bo’limlar yoki paragraflar majmui tarzida o’rganilishini ta’minlaydi. Bob, bo’lim yoki paragraflar majmui bloklar tarzida yaxlitlanadi. Bu ta’lim turini qo’llash talabalarni yangi pedagogik bilimlar, zamonaviy PT hamda ilg’or didaktik vositalardan xabardor qilishda samarali sanaladi. Mazkur ta’lim turidan talabalarning mustaqil ta’lim olishlarini yo’lga qo’yish, ularni o’quv materiallari bilan ta’minlash va o’quv faoliyatlari yuzasidan monitoringni tashkil etishda foydalanish mumkin. Modul ta’limi talabalarni masofada ham samarali natijalarni beradi. Bunda talabalar bloklarda chop etilgan yoki kompyuter varianti ko’rinishidagi o’quv materiallari bilan ta’minlanadilar.

Talabalar o’quv materiallarini o’rganganlaridan so’ng ularga nazariy bilimlarini mustaqil baholash, ularni mustahkamlashga xizmat qiladigan topshiriq (mashq)lar yuboriladi. Rivojlantiruvchi ta’limtalabalarning ichki imkoniyatlari va ularni ro’yobga chiqarishga yo’naltiriladi. Ushbu ta’lim turiga ko’ra mashg’ulotlarda amaliy treninglardan keng foydalaniladi. Amaliy treninglar talabalarda pedagogik bilimlarni samarali o’zlashtirishga yordam berish bilan birga ularning imkoniyatlari to’la ro’yobga chiqishini ta’minlaydi. O’quv mashg’ulotlarida rivojlantiruvchi ta’lim elementi sifatida taqdimot metodidan foydalanish ham kutilgan natijalarni beradi. Bu metod talabalarda pedagogik faoliyatni tashkil etishga nisbatan ijodiy yondashish, o’z ustida ishlash, mustaqil ta’lim olish ko’nikmalarini ham rivojlantiradi.

Tadqimot metodidan seminar mashg’ulotlarda talabalarning bilimlarini baholash maqsadida foydalanish mumkin. Tabaqalashtirilgan ta’lim talabalarning layoqati, qiziqish va qobiliyatlarini aniqlash uchun qulay sharoitlarni yaratishga xizmat qiladi. Talabalarga individual ravishda o’quv materiallarini o’zlashtirishga imkon beradigan mazkur ta’lim turini qo’llashda ham DTSda belgilangan me’yordan kam bo’lmagan bilim, ko`nikma, malaka o’zlashtiriladi. Mustaqil ta’lim talabalar tomonidan turli fanlar asoslarining mustaqil o’zlashtirilishini nazarda tutadi. Ta’lim tizimida mustaqil ta’limdan foydalanishda o’qituvchi bilimlarni o’zlashtirish manbalarini talabalarga tavsiya etadi, ularni izlash bo’yicha zarur ko’rsatmalarni beradi hamda mustaqil ta’limni samarali, maqsadga muvofiq tashkil etishga yordam beradigan metod, vositalardan xabardor qiladi. Hamkorlik ta’limining mohiyati o’qituvchi va talabalarning ta’lim jarayonida birgalikda ishlashlari, bir-birlarini chuqur tushuna olishlari, bir-birlariga nisbatan yaqinlikni his qilishlari, ta’lim maqsadiga erishganlik natijalarini hamkorlikda tahlil qilishidan iborat. Individual ta’lim o’qitishning eng qadimgi turi hisoblanadi. Hayotiy tajribalarni ajdodlardan avlodlarga uzatish ibtidoiy jamiyatda yuzaga kelgan. Yozuv paydo bo’lishi bilan qavm boshlig’i turli belgilar yordamida o’zining tajribalarini yoshlarga o’rgatgan.



O’qituvchi va talabaning bevosita va individual aloqasiga misol sifatida repetitorlikni ko’rsatish mumkin. O’qishni tashkil etishning individual shakli antik davr va o’rta asrlarda yagona usul bo’lgan, undan ba’zi mamlakatlarda XVIII asrgacha keng foydalanilib kelingan. Faol o’qitish (yoki interfaol ta’lim) ta’lim tizimida tobora ommalashayotgan ta’lim turi sanaladi. U ta’lim sub’ektlari – o’qituvchi, talaba va talabalar guruhi o’rtasida yuzaga keluvchi hamkorlik, qizg’in bahs-munozalar, o’zaro fikr almashish imkoniyatiga egalik asosida tashkil etiladi. Shuningdek, talabalarda erkin fikrlash, shaxsiy qarashlarini erkin ifodalash, muammoli vaziyatlar yechimlarini birgalikda izlash ko’nikma, malakalarini shakllantiradi. Interfaol ta’lim jarayonida bahs-munozara, muammoli vaziyat, trening, debat, intervyu, taqdimot namoyish va o’yin texnologiyalaridan maqsadli foydalanish kutilgan natijani beradi. Muammoli ta’lim zamonaviy ta’lim mohiyatini aks ettiruvchi ilg’or PT hisoblanadi. Undan ta’lim amaliyotida foydalanish talabalarda ijodiy izlanish, kichik tadqiqotlarni amalga oshirish, ilmiy farazlarni ilgari surish, natijalarni asoslash va ma’lum xulosalarga kelish kabi ko’nikma, malakalarni shakllantirishga xizmat qiladi. Talabalarga pedagogik faoliyatni tashkil etishga oid topshiriq va masalalarni tavsiya etish ularda bilish faolligi va ijodiy qobiliyatni shakllantiradi. Ta’limning bu turida muammoli topshiriqlar, shuningdek, muammoli pedagogik vaziyatlarni hal qilish metodi faol qo’llaniladi.


Download 2,43 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   308




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish