Muhandislik psixologiyasining o’ziga xos xususiyatlari.
E.S.Chugunov tomonidan 1983yil muhandislarni o’ziga xos xususiyatlarini loyihalashtirish va tekshirish institutlarida o’rganadi.Uning fikricha bu soha vakillari yuqori darajadagi keng tasavvurga, tafakkurga, xayolga va yaxshi xotiraga ega bo’lishlari kerak deb hisoblaydi.Shu bilan birgalikda muhandis-boshqaruvchi, egiluvchan, kamchiliklarni tanqid qiluvchi, mantiqiy aqlga, mulohazaga, texnik masalarni eplab tushuntira olishga, ishni taqsimlay olish xususiyatlariga ega bo’lmog’i lozim.Texnikani isonning psixologik xususiyatlariga moslashtirish. Ishlab chiqarishning asosini xamisha “inson –texnika” tartibotli mehnat ko’rinishi tashkil etib kelgan.Insonlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini rivojlantirish hozirgi davrning tub muammolaridan biridir.Hayot o’rtaga qo’yayotgan ulkan vazifalarni yuqoridan turib amalga oshirib bo’lmaydi.Buning uchun mehnatkash insonning yaratishga qaratilgan ijodiy mehnatini, ijtimoiy-siyosiy faolligini to`g`ri yo’naltirib turish zarur.Ijtimoiy taraqqiyotimizning hozirgi bosqichida insonning bunyodkorlik faoliyati Respublikamizda demokratiyani rivojlantirish va ijtimoiy adolatni qaror toptirishda kuchliroq namoyon bo’lmoqda.Zamonaviy ishlab chiqarish sharoitida baxtsiz hodisalarni (jarohatlanishlar, shikastlanishlar, kasallanishlar, yong’inlar, avariyalar va b.) kamaytirish muammosini faqatgina injenerlik uslublari orqali hal etib bo’lmaydi.Shu sababli, mehnat xavsizligi psixologiyasi faoliyat xavsizligini ta`minlashda muhim o’rin tutudi.Tajribalarning ko’rsatishicha, ishlab chiqarishdagi avariyalar va jarohatlanishlarning ko’pchiligi mashinalardagi injenerlik-konstruktorlik nuqsonlar, ya`ni texnik-texnologik sabablar orqali emas, balki tashkiliy-psixologik, ya`ni xavfsizlik qoidalariga rioya qilmasligi, xavfli ishlarga maxsus o’qishlardan o’tmaganlarga ruxsat berish, ishga mutaxassislik bo’yicha qabul qilmaslik va shu kabi qator sabablar ta`sirida yuz beradi.Shu sababli, ko’pincha jarohatlanishlarning 60- 90 % ga bevosita jarohatlanuvchilarning o’zlari aybdor bo’ladi.Xavfsizlik deganda insonning mehnat xavsizligini ta`minlashga qaratilgan psixologik bilimlardan foydalanish tushuniladi.
Xavfsizlik mehnat faoliyati jarayonida yuz beradigan ruhiy jarayonlarni, ruhiy xususiyatlarni va ruhiy holatlarni chuqur o’rganadi va taxlil qiladi.Shunga bog’liq holda, insonning mehnat xavfsizligini ta`minlashga qaratilgan psixologik bilimlardan foydalanish tushuniladi.Mehnat faoliyati jarayonida yuz beradigan ruhiy jarayonlarni, ruhiy xususiyatlarni va ruhiy holatlarni chuqur o’rganadi va tahlil qiladi.Shunga bog’liq holda, insonning ruhiy faoliyatini uch xil komponetga ajratish mumkin:ruhiy jarayonlar, xusuiyatlar va holatlar.
Ruhiy jarayonlar ruhiy faoliyatning asosini tashkil etadi.Ruhiy jarayonlar bilish, emotsional va irodaviy sezish (his qilish, idrok qilish, hotiralash va b.) kabi turlarga bo’linadi.
Ruhiy xususiyatlar (shaxsiy fazilatlar).Ruhiy xususiyatlarga insonning xarakteri, dunyoqarashi, fikrlash qobilyati va temperamenti, shaxsiy fazilatlarga esa intellektual, emotsianal, axloqiy va mehnat qobilyati hamda irodasi kiradi.Xususiyatlar turg’un va doimiy hisoblanadi. Ruhiy holat-ruhiy jarayonlarga ijobiy yoki salbiy ta`sir etuvchi ruhiy faoliyat xususiyatini bildiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |