Psixika har doim uchta shaklda namoyon bo`ladi:
1.Bilish jarayonlari shaklida:sezgi, idrok, diqqat, xotira, xayol,tafakkur va nutq jarayonlari.Bu aks etish – voqelikni bilish demakdir.
2.Psixik holatlar shaklida: xursandchilik, hafa bo`lish, ishonchlilik,xayratlanish, qayg`urish, minnatdorchilik.
3.Shaxsning individual tipologik xususiyatlari: temperament, xarakter, qobiliyatlari, ijtimoiy ustanovkalari.
Insonning psixikasini uning ijtimoiy hayot sharoitlari belgilaydi.Inson amaliy ishda(mehnatda) o`z tajribasida tashqi olamni aks ettirishning to`g`ri-noto`g`riligini tekshirib ko`rib, ob`ektiv haqiqatni bilishga harakat qiladi. Ongimizdagi aks ettirish faoliyati obyektiv narsa bilan subyektiv narsaning birligidan iboratdir.Aks ettirishning ob`ektivligi ikki jihatdan: 1) aks etish obyektiv olamning ta`sir etish natijasi bo`lib, shu olam to`g`risida to`g`ri tasavvur va bilimlar olish; 2) aks etish nerv-fiziologik jarayondan iborat bo`lib, odam faoliyatining turli shakllarida nimoyon bo`lishidir.
Sub`yektivligi: odam tevarak-atrofdagi voqelikni bilib borar ekan, o`z ongida aks etayotgan narsaning ehtirossiz va befarq kuzatuvchisi bo`lib qolmaydi, u ushbu narsa va hodisalarga nisbatan muayyan munosabatini ifodalaydi. Shuning uchun ham ob`ektiv olamdagi narsalarni ongimiz bilan aks ettirish ob`ektiv olamning hamisha sub`ektiv obrazi bo`ladi. Shunday qilib, psixologiya fanining predmeti psixika – obyektiv voqelikni aks ettirishdan iborat bo`lgan muhim vazifani amalga oshiradi.
3. Psixologiya fanining 300 dan ortiq tarmoqlari fan sifatida rivojlanayotganligi hozirgi kunda psixologiyaning fanlar tizimida yanada musthkamlanayotganligidan darak beradi.
- umumiy psixologiya – psixologiyaning barcha masalalarini o`ziga xos jihatlarini o`rganadi;
- pedagogik psixologiya- kishiga ta`lim –tarbiya berishning psixologik qonuniyatlarini o`rgatadi;
- ijtimoiy psixologiya – odamlarning jamiyatda birgalikdagi ish faoliyatlari natijasida hosil bo`ladigan tasavvurlar, fikrlar, e`tiqodlar, hissiy kechinmalar va xulq-atvorlarini o`rganadi;
- mehnat psixologiyasi – kishish mehnat faoliyatining psixologik xususiyatlarini, mehnatni ilmiy asosda tashkil etishning psixologik jihatlarini o`rganadi;
- muhandislik psixologiyasi -avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimlari, operatorlarning faoliyatini, “Odam - texnika” tizimi o`rtasidagi vazifalarni taqsimlash va muvofiqlashtirishning xususiyatlarini o`rganadi.
Hozirgi zamon ilm faninnig qadri va ahamiyati uning nechog`lik amaliyotga kiri borib, tadbiqiy salohiyati ortib borishi bilan baholanadi. Psixologiya fanining taraqqiyoti ham aynan shu mezon talablariga javob berishi bilan xarakterlanib, quyidagi yo`nalishlarda amaliy jihatdan faoliyat ko`rsatmoqdi:
1)Sanoat va ishlab chiqarish sohasida(sotuvchi va haridor o`rtasidagi psixologik muammolarni bartaraf etish);
2) Siyosat sohasida(fuqarolarning ijtimoiy ustanovkalarini o`zgartirish va jamoatchilik fikrini psixologik tahlil qiilsh);
3) Oila va nikoh borasida(oila va nikoh borasidaga tasavvurlarni to`g`ri shakllantirish);
4) Maktab va maorif sohasida (bolaning o`quv jarayoniga psixologik tayyorgarligini tashhis qilish);
5) Huquqbo`zarlikni oldini olish borasida(yoshlar orasida huquqiy ma`rifat va madaniyatni shakllantirish).
Do'stlaringiz bilan baham: |