Mashg‘ulotga tayyorlanish. Kompleks mashg‘ulotni muvaffaqiyat-li о‘tkazish, kо‘p jihatdan unga qanchalik tayyorgarlik kо‘rilganligiga bog‘liq. Mashg‘ulotlarga tayyorgarlik kо‘rish obyekt FM rejasini hisobga olgan holda uni tashkiliy shtatlar tuzilishi, material ishlab chiqarish xususiyati, hududiy joylashganligi, FM holati va boshqa faktlarga amal qilgan holda olib boriladi. Mashg‘ulotni tayyorlash, tashkil etish va uni о‘tkazishga mashg‘ulot rahbari shaxsan javob beradi. Mashg‘ulotga oldindan va har taraflama tayyorlanish lozim. Mashg‘ulot rahbari mashg‘ulotning mavzusini, о‘quv maqsadini, о‘quv savollari va bosqichlarini, komanda-boshliq tarkiblarining sonlarini, tuzilmalar, jami mashg‘ulotga jalb etilganlarning soni, mashg‘ulot rejasini asosiy holatlarini ishlab chiqish, material, texnik jihozlar bilan ta’minlanganliklarini aniqlashlari lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |