Kimyoviy zaharlovchilarga qarshi yakka tartibdagi paket (SHKP-8) qo’llaniladi. Bu vosita har bir odamda bо‘lishi shart. Bu paket kimyoviy zaharlovchilarni teriga, kiyimlarga, shaxsiy saqlovchi vositalarga tushganda, zararsizlantirishda foydalaniladi. Bu paketda degazatsiya qiluvchi idish eritmasi va tо‘rtta paxta dokali tampon bо‘lib, bular polietilen qopchada germetik joylashtirilgan bо‘ladi. Agar biror zaharlovchi moddalar teriga yoki kiyim boshga tushib qolsa, darhol, tampon, degazatsiya qiluvchi eritmaga shimdirilib, keyin о‘sha joy artiladi.
Degazatsiya qiluvchi eritmalar 3% H2O2+3% NaOH yoki 3% H2O2+(150 g natriy silikatning suvdagi aralashmasi).
Do'stlaringiz bilan baham: |