Fuqarolarning fuqaro muhofazasi sohasidagi huquq va majburiyatlari. Ma’lumki, fuqarolar muhofazasi umumxalq mudofaa ishlaridan biri hisoblanadi. Barcha fuqarolar fuqaro muhofazasi masalalarini hal qilishda faol ishtirok etishlarini taqozo etadi. Shuning uchun ham fuqarolarning fuqaro muhofazasi sohasidagi huquqlari va burchlari O’zbekiston Respublikasining «Fuqaro muhofazasi to’g’risida»gi (2000 y.) Qonunining 13- va 14-moddalarida hamda «Aholini va hududlarni tabiiy hamda texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish to’g’risida»gi (1999 y.) qonunining 15- va 16- moddalarida aniq ko’rsatilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |