II. Etnik tasnif.
1. Urug‘-qabila dinlari - totemistik, animistik tasavvurlarga asoslangan, o‘z urug‘idan
chiqqan sehrgar, shomon yoki qabila boshliqlariga sig‘inuvchi dinlar. Ular millat dinlari va jahon
dinlari ichiga singib ketgan bo‘lib, hozirda Avstraliya, Janubiy Amerika va Afrikadagi ba’zi
qabilalarda saqlanib qolgan;
2. Millat dinlari - ma’lum millatga xos bo‘lib, boshqa millat vakillari o‘ziga qabul
qilmaydigan dinlar. Ularga Yahudiylik (yahudiy millatiga xos), hinduiylik (hindlarga xos),
Konfutsiychilik (xitoy millatiga xos), sintoizm (yaponlarga xos) kiradi;
Do'stlaringiz bilan baham: |