Ўзбекистон республикаси Олий ва урта таълим вазирлиги


Buddaviylikning tarqalishi



Download 1,31 Mb.
Pdf ko'rish
bet37/75
Sana30.12.2021
Hajmi1,31 Mb.
#98469
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   75
Bog'liq
Dinshunoslik fanidan ma`ruzalar matni 1- mavzu “Dinshunoslik” f

4. Buddaviylikning tarqalishi. 

 Buddaviylikning  yoyilishida  Sangxa  -  buddaviylik  jamoalarining  roli  katta  bo‘lgan.  Ular 

yilning  ob-havosi  yaxshi  bo‘lgan  9  oyida  shaharma-shahar,  qishloqma-qishloq  yurib,  ular 



 

 

 



25 

aholisini  buddaviylikga  da’vat  qilib  ularga  Budda  ta’limotini  o‘rgatib  yurishgan.  Faqatgina 

Musson yomg‘irlari tinmay quygan 3 oydagina o‘z ibodatxonalarida muqim bo‘lib ibodat bilan 

shug‘ullanganlar. 

Eramizdan avvalgi 273-232 yillarda hukmronlik qilgan Imperator Ashoka davri buddaviylikning keng 

hududga  yoyilishiga  katta  imkoniyatlar  yaratdi.  Ashoka  o‘zining  ilk  hukmronlik  paytidanoq 

buddaviylikka e’tiqod qila boshladi. U buddaviylikka, monaxlariga, ularning Hindiston bilan chegaradosh 

davlatlarga qilgan missionerlik harakatlariga xayrixohlik qildi. Ular o‘z da’vatlari asosida biron-bir erlik 

aholi  yoki  ruhoniylar  tomonidan  qarshilikka  uchrasalar,  ular  hech  qanday  qarshi  harakat  qilmay,  o‘z 

yo‘llarida davom etganlar. Agar mahalliy aholi tomonidan o‘zlariga nisbatan xayrixohlik sezsalar, o‘sha 

erga ko‘proq ahamiyat berib, ularni ko‘proq da’vat qilishgan. 

Buddaviylik  jamoalari  har  qanday  boshqa  din,  madaniyat  yoki  urf-odatlar  qamrovida  yoki 

aralashuvda bir necha yuz yillab o‘zlarini saqlab qolish, hamda fursat kelganda ularga o‘z ta’sirlarini 

o‘tkazish  qobiliyatiga  egadirlar.  Ularni  bu  xususiyatlari  Hindistonda  musulmon  hukmdorlar  davrida, 

SHri-Lankada  portugallar,  gollandlar  va  inglizlar  mustamlakasi  davrida,  Xitoy  va  YAponiya 

konfutsiychilari  davrida,  Janubi-SHarqiy  Osiyoga  buddaviylikning  yoyilishida  yaqqol  namoyon 

bo‘lgan. 

SHunday qilib, buddaviylik eramizdan avvalgi 1 ming yillik oxirlarida SHri-Lankaga va O‘rta 

Osiyo  hamda  Old  Osiyoni  o‘z  ichiga  olgan  Kushon  imperiyasiga  kirib  keldi.  Bizning 

diyorimizda  olib  borilgan  arxeologiya  qazish  ishlari  asnosida  O‘ratepa,  Dalvarzintepa,  Quva, 

Zartepa,  Qorovultepa,  Ayritom  mavzelaridan  topilgan.  SHakyamuni  sanamlari,  hayvon 

haykalchalari,  ramziy  g‘ildiraklar  va  stupa  qoldiqlarining  guvohlik  berishicha  Kushon 

imperiyasida buddaviylikka katta ahamiyat berilgan. 

Buddaviylik  eramizning  I  asrida  Xitoyga,  IV  asrda  Koreyaga,VI  asrda  YAponiyaga,VII  asrda 

Tibetga, XIII asrdan XVI asrgacha Mongoliyaga, XVII asrdan XVIII asrlargacha Buryatiya va Tuvaga, 

XIX-XX asrlarda Amerika va Evropa qit’alariga kirib borgan. 

Xitoy manbalarining xabar berishicha buddaviylik Xitoy hududiga kirib borishida diyorimizdan 

borgan  budda  olimlarining  xissasi  katta  bo‘lgan.  Taxminan  30  ga  yaqin  da’vatchi  olimlar 

Xitoyning  turli  shaharlarida  budda  ta’limotini  yoyganlar.  Xanuzgacha  Samarqand,  Buxoro, 

SHoshdan borgan budda olimlarining maqbaralari muqaddas joy sanaladi.  

Buddaviylik  o‘z  ta’limotida  hech  qachon  boshqa  xudolarga  sig‘inishni  ta’qiqlamagan.  Balki 

ularga ibodat qilish insonga vaqtincha tasalli berish mumkin. Biroq, nirvana holatiga olib bormaydi 

deb aytgan. SHu sababli buddaviylik ta’limoti turli joylarda yoyilishi bilan ular ibodat qilib kelgan 

xudolari yoki ulug‘langan shaxslari timsollari ibodatxonalarni egallagan. 

Masalan,  Hindistonning  buddaviylikka  mansub  xudolari  «dunyoni  yaratuvchi  Braxma», 

«chaqmoq  va  momaqaldiroq  xudosi  Indra»,  «hunarmandchilik  ishlari  xudosi  Xatimanu», 

Tibetda:  «Tibet  eposi  qahramoni  Baser»  timsoli,  Mongoliyada  CHingizxon  kabi  milliy  panteon 

buddaviylik  ilohlari  sifatiga  aylandi.  Biroq  bu  panteonlar  Nirvana  holatiga  olib  bormaydi. 

Faqatgina Budda nirvanaga olib boradi va insonni qiynoqdan qutqaradi. 


Download 1,31 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   75




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish