Њзбекистон республикаси олий ва њрта


  Uyg‘onish  davri  falsafasi



Download 1,57 Mb.
Pdf ko'rish
bet65/207
Sana29.12.2021
Hajmi1,57 Mb.
#76046
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   207
Bog'liq
falsafa

2.  Uyg‘onish  davri  falsafasi.  Bu  insoniyat  tarixida  yuz  bergan  eng  buyuk  ilg‘or 
taraqqiyot  davrlaridan  biri  edi.  Uyg‘onish  davrida  hayotning  hamma  tarmog‘ida  muhim, 
ilg‘or, hatto aytish mumkinki, inqilobiy o‘zgarishlar yuz berayotgan edi. 
Uyg‘onish  davrida  Evropada  falsafaning  rivojlanishiga  katta  hissa  qo‘shganlardan 
biri  nemis  Nikolay  Kuzanskiydir  (1401-1464).  Kuzanskiy  ta’limoticha,  xudo  hamma 
narsalarda  mavjud,  shuningdek,  hamma  narsalar  xudoda  mavjud.  Eng  oliy  haqiqatlarni 
bilish, sxolastik fikrlash bilan emas, balki, tajriba asosida amalga oshadi. 
U  xudoni  borliqning  oliy  va  yagona  asosi  deb  hisoblaydi.  Bu  masalada  Kuzanskiy 
shunday muhim kosmologik fikrlarni bayon qiladiki, hatto ma’lum darajada uni Kopernik 
va  Brunolarning  o‘tmishdoshi  deb  hisoblash  mumkin.  Ikkinchi  masala  esa  bilish 
nazariyasiga nisbatan uning butunlay yangicha yondoshishidir. Ushbu masalalar bo‘yicha 
Kuzanskiy tomonidan ilgari surilgan g‘oyalar ayrim hollarda XVIII asr oxiri va XIX asr 
boshidagi nemis filosoflari tomonidan bayon qilingan fikrlarning debochasi edi. 
Filosofiya  va  fan  rivojlanishiga  eng  katta  hissa  qo‘shgan  uyg‘onish  davrining 
mutafakkirlaridan  biri  polyak  olimi  Nikolay  Kopernikdir  (1473-1543).  Ma’lumki,  fan 
tarixida  Kopernik  o‘zining  fanda  tub  o‘zgarish  yasagan  geliotsentrik  ta’limoti  bilan 
mashhur  bo‘lgan.  Uning  ta’limoticha,  insonlar  tomonidan  kuzatiladigan  quyosh  va 
yulduzlarning harakatlari aslida Erning o‘z o‘qi atrofida kundalik aylanishidan va quyosh 
atrofida  yillik  aylanishidan  iborat.  Bizning  planetamizning  markazi  Er  emas,  quyoshdir. 
Kopernikning buyuk kashfiyoti dunyoga teologik qarashga zarba berib, tabiatshunoslikda 
to‘ntarish  yasadi.  Bu  kashfiyot  Bibliyaning  dunyo  tuzilishi  haqidagi  va  o‘zgarmas  deb 
tanilgan  ta’limotiga  zarba  berdi. Agar  er  olamning  markazi  emas,  balki  Quyosh  atrofida 
aylanuvchi  planetalarning  biri  bo‘lsa,  unda  dunyoni,  koinotni  maqsadga  muvofiq  xudo 
tomonidan odamlar uchun yaratilganligi haqidagi talimot asossiz bo‘lib qolardi. 
Kopernikning  geliotsentrik  nazariyasidan  chuqur  ilmiy  xulosalar  chiqargan 
mutafakkirlardan  biri  italiyalik  Jordano  Brunodir  (1548-1600).  U  Neapol  yaqinida 
tug‘ilgan.  O‘zining  ilg‘or  fikrlari  uchun  Bruno  dahriylikda  ayblanadi  va  cherkovdan 
haydaladi.  Italiyadan  qochishga  majbur  bo‘ladi.  Uzoq  vaqt  SHvetsariya,  Fransiya, 
Angliya  va  Germaniyada  quvg‘inda  yuradi.  1592  yilda  Bruno  italiyaga  qaytib  keladi, 
lekin  cherkov  inkvizitsiyasi  tomonidan  ushlanib  turmaga  solinadi.  Qiynoqlarga 
qaramasdan, u o‘zining ta’limotidan voz kechmaydi, natijada qatl etishga hukm qilinadi, 
1660 yil 17 fevralda Rimda Gullar maydonida yoqib o‘ldiriladi. 
Bruno  geliotsentrik  nazariyani  himoya  qilish  va  targ‘ib  qilish  bilan  cheklanib 
qolmaydi. U tabiatshunoslik tajribalarini hisobga olib, bir necha muhim nazariy xulosalar 
qildiki, ular filosofiyani yana ham boyitdilar. Bruno ta’limoticha, haqiqiy filosofiya ilmiy 
tajribaga  suyanishi  kerak,  sxolastikani  tugatish  kerak.  uning  ta’lmoticha,  koinot  yagona, 
moddiy,  cheksiz  va  abadiy.  Juda  ko‘p  dunyolar  bizning  quyosh  sistemasidan  tashqarida 
mavjuddir.  Biz  ko‘rib  turgan  narsalar  koinotining  eng  kichik  bir  qismidir. YUlduzlar  — 
bu  boshqa  planeta  sistemalarining  quyoshi.  Er  —  cheksiz  dunyoning  kichik  bir  zarrasi. 
Demak,  Bruno  tabiiy  —  ilmiy  qarashlarida  Kopernikdan  ilgarilab  ketib,  koinotning 
cheksizligi haqidagi fikrni aytadi, Kopernik esa koinotni chekli deb hisoblagan edi. Bruno 
Kopernik  ta’limotini  quyosh  sistemasining  tuzilishi  haqidagi  yangi  qarashlar  bilan 
boyitdi. 
Uyg‘onish  davrining  natijasi  sifatida  namoyon  bo‘lgan  Farbiy  Evropa 
mamlakatlaridagi  tub  ijtimoiy-siyosiy  o‘zgarishlar  Niderlandiyada  XYI  asrning  60-70 
yillarida,  Angliyada  XYII  asrning  40-50  -  yillarida  bo‘lib  o‘tdi.  Bu  davrga  kelib, 


 
58 
Evropada alohida millatlarning shakllanishi yuz berdi, milliy davlatlar paydo bo‘ldi. Endi 
monarxiya  tuzumi  jamiyatning  ilg‘or  tabaqalari  nazarida  faqat  tarixan  o‘z  umrini  o‘tab 
qolmasdan,  balki  g‘ayritabiiy,  g‘ayriaqliy  bo‘lib  ko‘rina  boshladi.  O‘sha  davrning 
ideologlari  ilgari  tan  olinmagan  insonning  tabiiy  huquqlari  masalasini  o‘rtaga  qo‘ydilar. 
Ular ijtimoiy tartiblar inson tabiatiga mos kelishini talab qila boshladilar. Bor-yo‘g‘i 50-
60  yil  ilgari  inkvizitorlar  Jordano  Brunoni  yoqib  yuborganlarida  lom-mim  demagan 
Evropa, endi o‘zining hayotida markaziy o‘rinni inson huquqlari egallashi kerakligini his 
eta  boshladi.  Hatto  xudoning  nomidan  bo‘lsa-da,  inson  umriga  zomin  bo‘lishga  hech 
kimning haqqi yo‘qligi, odamzodning yashash, fikr yuritish erkinligining tabiiyligi anglab 
olina  boshladi.  Albatta,  bungacha  ikvizitsiya  bir  necha  asrlar  bu  hududni  aqidaparstlik 
changalida ushlab turgan, ne-ne aqlli kishilarni o‘z domiga tortib ulgurgan edi. 
Ma’naviy uyg‘onayotgan millat va hududda hech qachon aqidaparastlik o‘z ta’sirini 
to‘la  —  to‘kis  saqlab  qola  olmaydi.  Evropada  ham  xuddi  shunday  bo‘ldi.  Ma’nan 
kamolga  etgan,  milliy  davlatchiligiga  ega  bo‘lgan  va  endi  ana  shu  mustaqil  davlatlarini 
kamolga  etishi  uchun  qarzdor  ekanligini  anglab  olgan  Evropa  millatlari  o‘zlarininng 
komil insonlarini endi inkvizitsiyaning, aqidaparastlarning hukmiga topshirishga sira ham 
haqlari yo‘q ekanligini angladilar. 
Evropada  Rim  imperiyasidan  keyin  bir  necha  asrlar  o‘tib,  aynan  ana  shu  davrda 
ilgarigi,  butun  mintaqa  hayoti  uchun  xristianlik  va  uning  xilma-xil  oqimlari  umumiy 
mafkura  rolini  o‘tab  kelgan  davr  tugadi.  Endi  diniy  oqimlararo  kurash,  xristianlikning 
sofligini  saqlashga  urinishning  mutlaqlashtirilishi  natijasida  vujudga  kelgan  inkvizitsiya 
ham o‘z davrini o‘tab bo‘ldi. Butun Evropani boshqarib kelgan qon-qardosh va bir-biriga 
dushman  qirollar  davri  ham  o‘tmishga  aylana  boshladi.  Evropa  uyg‘ondi.  Ilm-fan 
sohasida  chuqur  o‘zgarishlar  ro‘y  berdi.  Odamlarning  dunyoqarashi  keskin  o‘zgara 
boshladi.  Endilikda  milliy  davlatlarning  har  biri  uchun  muhim  bo‘lgan  mafkuraning 
shakllanishi  zaruriyatga  aylanib  qoldi.  Albatta  bunda  biz  sanab  o‘tgan  omillar,  ya’ni 
qirollik  an’analari,  xristianlik  va  uning  oqimlari  ta’siri,  umumevropaga  xos  xususiyatlar, 
Rim imperiyasi davrida bir oila bo‘lib yashagan xalqlar o‘rtasidagi hududiy va ma’naviy 
yaqinlik  o‘z  ta’sirini  o‘tkazdi.  Ammo,  asosiysi,  bu  davrda  milliy  g‘oyalar  to‘la-to‘kis 
amalga oshishi uchun ijtimoiy sharoit etildi, italiya, ingliz, fransuz va boshqa xalqlar o‘z 
davlatchilik  an’analarini  to‘la-to‘kis  tikladilar.  Bu  davlatlarda  shakllangan  falsafiy 
maktablar  faqat  milliy  qobiqqa  o‘ralib  qolmadilar,  balki  umumevropa  va  butun  jahon 
taraqqiyotining  umumbashariy  muammolarini  falsafiy  jihatdan  izohlash,  ilmiy  o‘rganish 
va asoslashga harakat qila boshladilar. ushbu davr falsafasi ham oldingiga nisbatan katta 
qadam  tashladi.  Fanda  qo‘lga  kiritilgan  yutuqlarning  falsafiy  izohlanishi,  kashf 
etilayotgan ilmiy usul va uslublarning falsafaga tadbiq etilishi, falsafiy qonunlarni fanning 
turli  sohalarida  sinab  ko‘rilishi  o‘sha  davr  faylasuflari  uchun  odatiy  holga  aylandi.  Bu 
tamoyillar  esa  milliy  chegaralarni  bilmaydigan,  umuminsoniy  qadriyatlar  xususiyatiga 
egadir.  Uyg‘onish  davri  Evropa  fani  va  falsafasi  ham  insoniyat  tarixida  eng  buyuk 
ko‘tarilish davrlaridan biri bo‘lib qoldi. 

Download 1,57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   207




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish