130
bilimlar va mantiq qonunlari va kategoriyalariga suyangan holda insoniyatning kelajagi
to‘g‘risida muhim ilmiy xulosalar bayon qilingan.
Demak, insoniyat taraqqiyotining kelgusi imstiqbolini belgilashdagi eng muhim
belgilar sirasiga umumbashariy muammolar tabiatini chuqur anglash, bu muammolarning
echimi umuminsoniy mushtarak manfaatlari yo‘lida hamjihatlikda qilingan sa’y-
harakatlar ekanini alohida ta’kidlash lozim. Ana shunday misollar anchagina. Masalan,
1955 yil 31 yanvarda Frederiko Julio Kyuri (u shu paytda jahon ilmiy xodimlari
federatsiyasi tashkilotining prezidenti edi) Nobel mukofoti sovrindori Bertran Rasselga
xat orqali murojaat qilib, yadro qurolining juda xavfli tus olayotganligini, bu falokatning
oldini olish uchun fan arboblari birgalikda harakat qilishi lozimligini bildiradi. B. Rassel
F. Kyuri taklifini qo‘llab-quvvatlab, bu murojaatga imzo chekuvchi vakillar bir xil siyosiy
oqim tarafdorlari bo‘lib qolmasligi, bunda jahondagi barcha kuchlar, har bir xalq, jamiyat
vakillari ishtiroki zarurligini ta’kidlaydi. Masalaga bunday yondashish falsafiy tafakkur
taraqqiyotining yangi bosqichini boshlab bergan edi. Bu esa ilmiy-siyosiy adabiyotlarda
«yangicha tafakkur uslubi» deb atalgan va jahonning eng atoqli olimlari A. Eynshteyn,
F. Julio-Kyuri, M. Born, L. Poling va boshqalar tomonidan imzo qo‘yilgan manifestga
asos qilib olingan edi. Natijada 1955 yil 9 iyul kuni B. Rassel tomonidan o‘tkazilgan
press-konferensiyada «Rassel-Eynshteyn manifesti» nomi bilan shuhrat qozongan, butun
er yuzi aholisiga, siyosiy va davlat arboblariga qaratilgan mashhur chaqiriq e’lon
qilingan. U hozirgi paytda tinchlik va qurolsizlanish uchun kurashuvchi Paguosh
harakatini boshlab bergan edi. Manifestda «Biz yangicha fikr qilishga odatlanishimiz
kerak. Biz o‘z-o‘zimizdan u yoki bu guruh mamlakatlarining harbiy g‘alabasini
ta’minlash uchun nimalar qilish zarur deb emas, balki yadro halokati va uning dahshatli
oqibatlari qanday bo‘lishi mumkinligi to‘g‘risida insoniyatni ogohlantirish uchun nimalar
qilding deb so‘rashimiz kerak», — degan so‘zlar bor edi.
«Rassel-Eynshteyn manifesti» chop etilganiga ham mana 45 yil o‘tdi. Bu vaqt
mobaynida yadro qurollarini ishlab chiqish va sinab ko‘rish ko‘lami bir necha barobar
ko‘paydi. Ikkinchi jahon urushidan keyingi o‘tgan yarim asr mobaynida qurollanishga 16-
18 trl. dollar mablag‘ sarflandi. Hozirgi kunda harbiy sohalar uchun har yiliga 1 trl. dollar
miqdorida mablag‘ ajratilmoqda. Bir kunda qurol-yaroqqa ajratiladigan mablag‘ 3,4-3,5
mlrd. dollarni tashkil etmoqda. Taqqoslash uchun quyidagi raqamlarga murojaat qilamiz.
Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining bezgakka qarshi kurash tadbirlari uchun bir yilda
28-30 mln. dollar ajratishini, Xalqaro nufuzli tashkilot YUNESKOning bir yillik byudjeti
950-980 mln. dollar miqdorida ekanligini hisobga olsak, masala oydinlashadi.
Harbiy-sanoat o‘z domiga tabiatning shunday noyob boyliklarini tortayaptiki, bu
sarf-harajatlar o‘sish sur’atining tezligiga qarab beixtiyor o‘z kelajagimiz to‘g‘risida
xomush xayollar og‘ushida qolmasdan iloj yo‘q. Bu soha faqat tabiiy resurslar bilan
cheklanib qolmasdan, balki, o‘ta kamyob aql egalari, talantli kishilarning aqliy faoliyatini
ham o‘z izmiga solib, oqibatda, ilmiy-texnika taraqqiyotining insoniyat manfaatiga
qaratilgan yo‘nalishiga asosiy to‘siq bo‘lib qolmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: