Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта


Bankning  kredit  siyosati



Download 4,68 Mb.
Pdf ko'rish
bet271/511
Sana13.07.2021
Hajmi4,68 Mb.
#117751
1   ...   267   268   269   270   271   272   273   274   ...   511
Bog'liq
bank ishi

Bankning  kredit  siyosati  –  bu  kreditlash  jarayonida  yuzaga 

keluvchi  tavakkalchilikni  boshqarishda  bank  rahbariyati  tomonidan 

qabul  qilinadigan  choralar  va  uslublarni  belgilovchi  hamda  bank 

rahbariyati va xodimlarini kreditlar portfelini samarali boshqarishga doir 

ko„rsatmalar  bilan  ta‟minlovchi  hujjatdir.  Boshqacha  qilib  aytganda, 

kredit siyosati – bank kredit resurslarini joylashtirish sohasidagi qarorlar 

qabul  qilish  imkonini  beruvchi  qoida  va  cheklanishlar  majmuyi 

hisoblanadi. 

Bank  kredit  portfelining  tarkibi  bankning  kredit  siyosatini  yaqqol 

namoyon  qiladi.  Agar  bankning  kredit  portfelida  noaniqliklar  mavjud 

bo„lsa,  bank  rahbari  bu  kredit  portfelini  qayta  ko„rib  chiqishi  yoki 

umuman man etishi mumkin. Tijorat banklarining kredit siyosati alohida 

hujjat sifatida ishlab chiqiladi va bank kengashi tomonidan tasdiqlanadi. 

Har  bir  bank  o„z  kredit  siyosatini  ishlab  chiqadi  va  amalda  joriy 

etadi.  Bu  siyosatni  ishlab  chiqish  va  ijro  etish  yuzasidan  javobgarlik 

bank  kengashi  va  boshqaruvi  a‟zolari,  bankning  boshqa  mansabdor 

shaxslariga yuklatiladi. 

Kredit siyosatining xarakteri bank kredit portfelining tarkibiga, bank 

o„z  faoliyatini  amalga  oshirayotgan  hududning  iqtisodiyotiga  qarab 

aniqlanadi.  Bankning  kredit  siyosati  uning  joriy  bank  strategiyasi  va 

iqtisodiy  holatiga  muvofiqligini  ta‟minlash  uchun  bank  kengashi 

tomonidan  yiliga  kamida  bir  marta  tegishli  yilning  1  –  fevraligacha 

bo„lgan muddatda qayta ko„rib chiqiladi va tasdiqlanadi. 

Shunday  qilib,  bankning  kredit  siyosatini  ishlab  chiqish  bank 

faoliyatini  tartibga  solib  turuvchi  organlar  tomonidan  belgilangan 



 

295 


andozalar (standart)ga amal qilish va foyda keltiruvchi kreditlar berishni 

ta‟minlovchi  mexanizmlardan  biridir.  Bu  siyosat  quyidagi  masalalarni 

qamrab oladi: 

 



kredit  portfelini  tuzishdan  maqsad,  kredit  turlari  va  sifati,  ularni 

qaytarib olish (to„lash); 

 

kredit  berishga,  uning  eng  yuqori  bahosi  va  turini  aniqlab, 



tasdiqlovchi vakolatli bank xodimi haqida axborot; 

 



kredit  boshqarmasi  doirasida  qaror  qabul  qilish  va  ma‟lumotlar 

berish majburiyati; 

 

mijozlar  tomonidan  kredit  olish  uchun  berilgan  arizalarni  qabul 



qilish tajribasi; 

 



har  bir  kredit  arizasiga  ilova  qilinishi,  shuningdek,  kredit  ishida 

saqlanishi  lozim  bo„lgan  zarur  hujjatlar  (moliyaviy  hisobot,  garov  va 

kafillik shartnomalari va boshq.) 

 



kredit  bo„yicha  hujjatlar  to„plamining  saqlanishi  va  tekshirilishi 

uchun mas‟ul shaxslarning huquqlari; 

 

kredit  ta‟minotini  (garovni)  qabul  qilish,  baholash  va  sotishning 



asosiy qoidalari; 

 



kredit siyosati kreditlarga o„rnatadigan foiz stavkalari va haqlari, 

ularni to„lash shartlarining (bayoni); 

 

barcha kreditlarga qo„llaniladigan sifat andozalarining ta‟rifi; 



 

kredit qo„yilmalarining eng yuqori miqdori; 



 

bank  kredit  qo„yilmalarining  asosiy  qismi  yo„naltirilgan  hudud 



yoki tarmoq ta‟rifi; 

 



muammoli  kreditlar  bilan  bog„liq  bo„lgan  holatlarni  aniqlash, 

tahlil qilish va ularni yo„qotish tajribalari ta‟rifi. 

Bank  kredit  siyosatining  talqini  ushbu  bank  uchun  juda  muhimdir. 

Chunki  unda  bank  xodimi  bajarishi  lozim  bo„lgan  vazifalar  o„z  aksini 

to„liq  topadi.  Bu  siyosat  yordamida  kredit  mutaxassisi  ko„zlagan  bir 

qator  maqsadlariga,  ya‟ni  daromadlilikni  ta‟minlash,  xatar  darajasini 

nazorat  qilib  pasaytirish  choralarini  ko„rish,  bank  faoliyatini  nazorat 

qilib tartibga solib turuvchi organlar talablarini qondirishga erishadi. 



[178].  Kredit  siyosati  kreditlashning  turli  ko„rsatkichlari  (kredit 

turlari,  iqtisodiyot  tarmoqlari,  jug„rofiy  hududlar  va  boshq.)  bo„yicha 

kreditlarning  to„planishi  darajasini  aniqlash  va  uni  monitoring  qilish 

to„g„risidagi  talablarni  o„z  ichiga  oladi.  Kredit  siyosati  muntazam 

ravishda  rahbariyatga  topshiriladigan  tegishli  hisobotlarni  tayyorlashga 

doir talablarni belgilab beradi. 




 

296 


Kreditni  to„lash  muddati  uni  to„lashning  birlamchi  va  ikkilamchi 

manbalarini sinchiklab baholash asosida belgilanadi. Bu siyosat rahbari-

yat  nuqtayi  nazaridan  har  xil  toifa  va  turdagi  kreditlarni  to„lashning 

maqbul  dasturlaridan  iborat  bo„ladi. Kredit  siyosati  kreditlar berishning 

maksimal muddatlarini belgilaydi. Bundan tashqari, ushbu siyosat: 

 



kreditning asosiy summasini kredit to„lash muddatining so„ngida 

va kredit to„lashning boshlang„ich muddati uzaytirilayotganda qaytarila-

digan kredit turlarini berish tartibini; 

 



to„lovlarni  o„z  vaqtida  to„lanishni  ta‟minlash,  mablag„larning 

qaytarilishi  va  berilgan kreditlar  bo„yicha  qarzni  undirib  olish bo„yicha 

chora-tadbirlarni; 

 



kredit berish bosqichida ham, keyingi monitoring bosqichida ham 

jismoniy  va  yuridik  shaxslarning  moliyaviy  hisobotlariga  nisbatan 

qo„yiladigan talablarni o„z ichiga oladi. 

Shuni  ham  qayd  etish  lozimki,  moliyaviy  hisobotlarni  auditorlik 

tekshiruvlaridan  o„tkazish,  naqd  pul  oqimi  va  boshqa  ma‟lumotlar 

bo„yicha hisobotlarni taqdim etish yuzasidan qo„yiladigan talablar bank 

kredit  siyosatida aniq  ifodalanishi,  banklar  talab qiladigan  ma‟lumotlar 

esa  milliy  buxgalterlik  hisobi  standartlariga  (MBHS)  muvofiq  taqdim 

etilishi kerak. 

Kredit  siyosatida  potensial  qarzdorlarning  kredit  qobiliyatini  (lik-

vidlik,  qoplanish,  muxtorlik  koeffitsiyentlari,  kapitallashtirish  darajasi, 

garov  ta‟minoti  ekspertizasi  va  b.)  aniqlash  uchun  ularning  moliyaviy 

ahvolini  tahlil  qilish  tadbirlari  batafsil  yoritiladi.  Shu  nuqtayi  nazardan 

tijorat  banki  qarzdorlarning  kredit  qobiliyati  mezonlari  va  ularni 

baholash uslubini aniq belgilab olishi zarur. 

[179]. Kredit siyosatida garov ta‟minotiga nisbatan quyidagi talablar 

qo„yiladi:  

 

eng  avvalo,  muayyan  turdagi  qimmatliklar  (ko„chmas  mulk, 



avtomobillar  va  b.)  garovi  asosida  beriladigan  ssudalarning  maksimal 

miqdori  limitlarini  o„z  ichiga  olishi  hamda  ta‟minlangan  ssudalarning 

har bir turi uchun kredit hujjatlari to„plamini rasmiylashtirish tadbirlarini 

belgilashi; 

 

bu  siyosatda  garov  kreditlashning  uni  berish  vaqtidayoq  kreditni 



to„lash  manbasi  (naqd  pul  yoki  davlat  qisqa  muddatli  obligatsiyalari 

(xazina  veksellari)  bilan  ta‟minlangan  kreditlar  bundan  mustasno) 

hisoblangan yagona asosi bo„lmasligi belgilab qo„yilishi; 

 



garovga  olingan  mulk  turiga  qarab  garov  mavzuiga  nisbatan 


 

297 


qo„yiladigan talablar va kreditning garov qiymatiga nisbatini  o„z ichiga 

olishi; 


 

garov mavzui sinchiklab baholanishi va uning bozor qiymati uni 



sotish lozim bo„lgan paytda yuzaga kelishi mumkin bo„lgan zarar o„rnini 

qoplashi lozimligining aniq yoritilishi; 

 

turli  garov  toifalarini  baholash  uslublari  batafsil  aks  ettirilishi 



lozim. 

Bulardan  tashqari,  kredit  siyosati  ko„chmas  mulk,  ishlab  chiqarish 

jihozlari  va  iste‟mol  kreditlarini  moliyalash  uchun  beriladigan 

kreditlarni  to„lash  hisobiga  qarzdor  tomonidan  bo„nak  to„lovlarini 

kiritishga doir muayyan talablarni o„z ichiga olishi zarur. 

Kredit  siyosatida  kredit  monitoringiga  nisbatan  quyidagi  talablar 

qo„yiladi: 

 



kreditlarni tasniflash tizimining aniq ifodalanishi; 

 



kredit  xodimlarining  kredit  portfelidagi  barcha  ma‟lum  bo„lgan 

salbiy o„zgarishlar to„g„risida rahbariyatga xabar berishlari; 

 

kreditlarning barcha toifalari bo„yicha «to„lovsizlik» tushunchasi-



ning aniq ifodalanishi; 

 



foizlarni o„stirmaslik mezonlari; shuningdek, bank boshqaruvi va 

kengashining  tegishli  hisobotlariga  nisbatan  talablarni  o„z  ichiga  olishi 

lozim. 

Bulardan  tashqari,  hisobotlarda  ahvolning  yomonlashishi,  yashirin 

zararlar  sabablari  va  sog„lomlashtirish  rejalari  batafsil  bayon  etilishi 

kerak.  Bu  siyosat  qarzlarni  qaytarishga  doir  izchil,  bosqichma-bosqich 

chora-tadbirlar ko„rilishini talab qilish kerak. Rahbariyat Markaziy bank 

tomonidan belgilangan talablarga muvofiq kreditlarni hisobdan chiqarish 

tadbirlarini ishlab chiqish lozim. 

[180].  Kredit  siyosatida  bank  kredit  portfelini  vaqti-vaqti  bilan 

baholashga  javobgar  bo„lgan  mansabdor  kreditlar  ro„yxatini  belgilash 

hamda  kredit  portfeli  sifatini  aniqlash  va  tuzatishlar  yuzaga  keluvchi 

minimal  yo„qotishlar  bilan  kiritilishi  uchun  muammoli  kreditlarni 

aniqlash  uchun  zarur  bo„lgan  ichki  bank  kredit  tahlili  maqsadlarini 

belgilab qo„yishi lozim. 

Tahlil maqsadlari kredit sifatini aniqlash bilan bir qatorda kreditlash 

jarayonini boshqarish sifatini baholash, jumladan: 

 

tasdiqlangan  kredit  siyosati  muvofiqligini  ta‟minlash  va  kredit 



hujjatlarini rasmiylashtirish tartibi; 

 



moliyaviy tahlil; 


 

298 


 

garovni rasmiylashtirish va baholash; 



 

kreditlashga doir vakolatlarni taqsimlash; 



 

qonunchilik me‟yorlariga rioya qilish kabi baholashlarni ham o„z 



ichiga oladi. 

Bulardan  tashqari,  kredit  siyosati  bank  xizmatlari  va  bo„linmalari 

tomonidan  bank  boshqaruvi  va  kengashiga  kreditlashning  turli  jihatlari 

bo„yicha  topshiriladigan  kredit  portfeli  sifati  va  kredit  portfelini 

boshqarish bilan bog„liq bo„lgan boshqa ma‟-lumotlarni o„z ichiga olgan 

hisobotlar turi va davriyligini belgilaydi. 

 


Download 4,68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   267   268   269   270   271   272   273   274   ...   511




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish