Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта


  Bank ishi va uning davlat tomonidan



Download 4,68 Mb.
Pdf ko'rish
bet18/511
Sana13.07.2021
Hajmi4,68 Mb.
#117751
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   511
Bog'liq
bank ishi

1.4.  Bank ishi va uning davlat tomonidan 

 muvofiqlashtirilishi 

 

[15].  Banklar  moliya  tizimida  mablag„larni  iste‟molchilarning  ta-

labi,  ehtiyoji  va  imkoniyatiga  ko„ra  kreditlar  berish  bilan  shug„ul-

lanadilar, shuningdek, faoliyatlarini tartibga solib turuvchi «O„zbekiston 

Respublikasi  Markaziy  banki  to„g„risida»,  «Banklar  va  bank  faoliyati 

to„g„risida»gi  qonunlar  va  boshqa  ko„pgina  me‟yoriy  hujjatlarga  bo„y-

sunishlari lozim. 

Yangi  tashkil  qilinayotgan  har  qanday  bank  O„zbekiston  Respub-

likasi  Markaziy  bankining  ruxsatnomasisiz  o„z  faoliyatini  boshlay  ol-

maydi. 

Banklar  faoliyatini  davlat  tomonidan  muvofiqlashtirib  turish  zaru-

riyati quyidagilar bilan izohlanadi: 

1.  Banklar jamoatchilik mablag„larining eng ishonchli saqlanadigan 

joyidir.  Lekin  o„z  mablag„larini  saqlash  xohishiga  ega  bo„lganlarning 

ko„pchiligi  bankning  ishonchliligini  baholashda  va  moliyaviy  masala-

larda  yetarli  ma‟lumotga  ega  emaslar.  Shu  tufayli,  banklar  faoliyatini 

muvofiqlashtiruvchi  organlar  banklar  moliyaviy  holatini  tahlil  qilish 

uchun kerakli bo„lgan barcha ma‟lumotlarni to„plashga mas‟uldirlar. Bu 

bilan  ular  omonatchilarni  himoya  qilib,  ularning  moddiy  zarar  ko„rish-

larining oldini oladilar. 

2.  Davlat  tomonidan  vaqti-vaqti  bilan  amalga  oshiriladigan  taftish-

lar  natijasida bank  mablag„larining  noqonuniy  sarf  qilinishi,  firibgarlik, 

qalloblik, birovning haqiga xiyonat qilish va suiiste‟molliklarning oldini 

oladilar. 

3.  Omonatchilar  qo„yilmalarining  asosiy  qismi  qisqa  muddatli 

depozitlardan  iborat  bo„ladi.  Shu  bilan  birga,  banklar  yirik  hajmdagi 

uzoq  muddatli  kredit  berish  va  mablag„larni  investitsiyalarga  yo„nal-

tirish  bilan  ham  shug„ullanadilar.  Bu  o„z  navbatida  banklarni  o„z  omo-

natchilari oldida juda ayanchli ahvolga solib qo„yishi mumkin. Bu o„rin-

da  banklar  faoliyatini  davlat  tomonidan  tartibga  solish,  boshqarishni 

ta‟minlash zaruriyati yuzaga keladi. 

4.  Banklar arzon narxdagi depozitlarni kreditlarga yo„naltirish bilan 

mamlakat  iqtisodiyotiga  juda  katta  ta‟sir  ko„rsatadilar,  chunki  jamg„a-

rilgan  pul  massalari  iqtisodiyot  bilan  chambarchas  bog„langan  bo„lib, 

pul  qadrsizlanishining  oldini  oladi  yoki  unga  imkoniyat  yaratib  beradi. 

Shuning uchun nazorat  organlarining  muomaladagi pul  hajmini  nazorat 

qilishi o„ta muhimdir. 




 

26 


5.  Banklar  xususiy  shaxslarning  iste‟mol  va  investitsiya  ehtiyoj-

larini  qondirish  uchun  mablag„larni  kreditga  beradilar.  Banklarning  bu 

faoliyatini davlat tomonidan nazorat qilish va tartibga solishning ahami-

yati shundaki, xususiy shaxslar manfaatlari himoya qilinadi va ularning 

hayot  tarzi  yaxshilanishi  uchun  imkoniyat  yaratiladi.  Bizning  mam-

lakatda  kishilarning  yoshi,  jinsi,  millatiga  va  irqiga  qarab  kredit  berish 

yoki bermaslikni hal qilish qattiq taqiqlangan. 

[16].  Nima  uchun  banklarning  faoliyati  davlat  tomonidan  qattiq 

nazorat qilinadi? Buning sababi shundaki, banklar azaldan xalqning, av-

valo,  xususiy  shaxslar  va  oilalarning  mablag„lari  saqlanadigan  joydir. 

Davlat  banklar  ishini  nazorat  ostiga  olib  va  tartibga  solish  orqali  ha-

misha omonatchilar va kreditorlarni moliyaviy yo„qotishdan himoya qi-

lishga va banklarning inqirozga yuz tutishi tufayli kelib chiqadigan oqi-

batlardan saqlashga harakat qiladi. 

Bir  bankning  inqirozga  uchrashi  tufayli  o„nlab  va  yuzlab  korxo-

nalar,  ko„p  minglab  oddiy  omonatchilar  juda  qiyin  moliyaviy  ahvolda 

qolishlari mumkin. 

Bankning operatsiyalari va taklif qilinayotgan xizmat turlari, kredit-

larning  sifati  va  miqdori,  bank  sarmoyasining  yetarliligi,  mijozlarga 

ko„rsatilayotgan  xizmatlarning  sifati  doimo  nazoratchilar  tomonidan 

puxta tekshiriladi. 

Banklar kreditlar berish yoki to„sqinliksiz sarf qilinadigan depozitlar 

hisobiga  o„z  investitsiya  faoliyatlarini  amalga  oshirish  yo„li  bilan  pul 

ishlash imkoniyatiga ega bo„lganliklari tufayli ham qattiq nazorat ostida 

bo„ladilar. Hosil qilinayotgan pul miqdorining o„zgarishi iqtisodiyot ho-

latiga  ta‟sir  ko„rsatadi,  ya‟ni  pul  qadrsizlanishining  kuchayganligi  yoki 

ortganligi aniqlanadi. 

Banklar  ustidan  kuchli  nazorat  borligining  yana  bir  sababi  shuki, 

ular  xususiy  shaxslar  va  firmalarga  kreditlar  beradilar  va  bu  yo„l  bilan 

iste‟mol xarajatlarini va investitsiya talablarini qondiradilar. 

[17].  Hozirgi  vaqtda  O„zbekiston  Respublikasi  banklar  tizimi  o„z 

faoliyatida  O„zbekiston  Respublikasi  Konstitutsiyasiga,  O„zbekiston 

Respublikasi  fuqarolik  kodeksiga,  O„zbekiston  Respublikasi  qonunla-

riga, O„zbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlariga, Vazirlar Mahka-

masining  qarorlariga,  xususan,  «O„zbekiston  Respublikasi  Markaziy 

banki  to„g„risida»gi  va  «Banklar  va  bank  faoliyati  to„g„risida»gi  qo-

nunlarga amal qiladi. 

«O„zbekiston  Respublikasining  Markaziy  banki  to„g„risida»gi  qo-




 

27 


nun  1995-yil  21-dekabrda,  «Banklar  va  bank  faoliyati  to„g„risida»gi 

qonun esa 1996-yil 25-aprelda Oliy Majlis tomonidan qabul qilingan. 

«O„zbekiston  Respublikasining  Markaziy  banki  to„g„risida»gi 

qonun 9 bobdan tashkil topgan bo„lib, 60 ta moddadan iborat. 

Bu qonunda Markaziy bankning huquqiy maqomi, bosh maqsadi va 

asosiy  vazifalari,  hisobdorligi,  mustaqilligi,  tashkiliy  tuzilishi,  hukumat 

organlari bilan munosabatlari, moliyaviy ahvoli, boshqaruvning vakolat-

lari,  pul-kredit  siyosatining  asosiy  yo„nalishlari,  tijorat banklarini  qayta 

moliyaviy ta‟minlash, valutani tartibga solish, bajaradigan operatsiyalar, 

majburiy  zaxira  talablari,  banklarni  nazorat  qilish  va  ular  faoliyatini 

tartibga solish vakolatlari, tijorat banklariga nisbatan qo„llaydigan chora 

va sanksiyalar va banklar bilan o„zaro munosabatlar belgilangan. 

Markaziy bank me‟yoriy hujjatlar va yo„riqnomalarni ishlab chiqish 

huquqidan to„liq foydalangan holda, bu yo„nalishda o„z faoliyatini juda 

faollashtirmoqda. Markaziy bank tomonidan hozirgi kunda O„zbekiston 

Respublikasi  bank  tizimidagi  banklar  faoliyatini  tartibga  soluvchi  huj-

jatlar  to„plami  tayyorlangan  bo„lib,  bu  to„plam  Respublika  banklarida 

bank  hisobvaraqlarini  ochish  tartibi,  banklarni  ro„yxatga  olish  va  ular-

ning faoliyatini litsenziyalash, banklarning chet el valutalari bilan bajar-

adigan  operatsiyalari,  hisob-kitoblarni  amalga  oshirish,  faktoring,  moli-

yaviy  lizing,  konsalting  operatsiyalarini  amalga  oshirish,  qimmatli  qo-

g„ozlar bilan operatsiyalarni bajarish tartiblari va boshqalarni o„z ichiga 

oladi.  «Banklar  va  bank  faoliyati  to„g„risida»gi  qonun  6  bobdan  va  44 

moddadan tashkil topgan. 

Bu  qonunda  bank  faoliyatining  subyektlari  va  ular  faoliyatining 

huquqiy  asosi,  banklar  operatsiyalari,  banklarni  tashkil  qilish  va  tuga-

tish,  banklarning  mustaqilligi,  davlat  va  banklarning  mas‟uliyatini  che-

garalab  qo„yilishi,  ularning  pul  mablag„larini  zaxiralash  va  umumiy 

iqtisodiy me‟yorlarga rioya qilish sohasidagi burchlari, bankka aloqador 

shaxslar  bilan  tuziladigan  bitimlardagi  chegaralar,  banklarning  hisobot 

va  boshqa  axborotlarni  taqdim  etish  majburiyatlari,  banklarning  o„z 

mijozlari  oldidagi  javobgarligi,  banklarda  hisob-kitob  va  ularni  nazorat 

qilish tartiblari belgilangan. 

«Banklar  va  bank  faoliyati  to„g„risida»gi  qonunga  ko„ra,  banklar 

aksiyadorlik  jamiyati  tarzida  tashkil  qilinadi.  Bank  ustavida  bankning 

(to„la  va  qisqartirilgan)  nomi  va  manzili,  operatsiyalari  ro„yxati,  bosh-

qaruv  organlari, ularni tashkil  qilish tartibi, bank  auditini  o„tkazish  tar-

tibi ko„rsatilgan bo„lishi lozim.  




Download 4,68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   511




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish