Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта



Download 4,68 Mb.
Pdf ko'rish
bet429/511
Sana13.07.2021
Hajmi4,68 Mb.
#117751
1   ...   425   426   427   428   429   430   431   432   ...   511
Bog'liq
bank ishi

[298].  Foiz  darajasi  unga  ta‟sir  etuvchi  omillar  tufayli  o„zgarib 

turadi. Ulardan asosiylari quyidagilar (61-jadval). 

 

61-jadval. 

Foiz stavkasiga ta‟sir etuvchi omillar 

 

№ 



Omillar 

Izoh 

1. 


Pul bozoridagi 

talab va 

taklifning 

nisbati 


 

Ya‟ni  bozorda  qanday  miqdorda  qarz  puliga  talab  bor 



va unga nisbatan qanday miqdorda qarzga berilladigan pul 

chiqarilgan.  Talab  oshsa,  foiz  ortadi,  taklif  oshsa,  u 

kamayadi.  

2. 


Qarzga olina-

digan pulni 

ishlatishdan 

kutiladigan naf 

darajasi 

  Aniqrog„i  shu  pulning  iste‟mol  qiymati.  Qarz  puli 



tadbirkor  uchun  ko„p  foyda  keltirsa,  yoki  iste‟molchi 

ehtiyojini to„laroq qondirsa,  foiz  yuqori bo„ladi, aks holda 

u pasayib ketadi. Bunda pulni hozir ishlatishdan tegadigan 

naf taqqoslanadi. 

3. 

 

Qarzni to„lash 



muddati va 

sharti 


  Agar  qarz  uzoq  muddatga  berilib,  uni  sekin-asta 

kichik-kichik qismlarga bo„lib, bemalol qaytarish  mumkin 

bo„lsa,  qarzdor  past  foizni  ma‟qul  ko„radi.  Gap  shundaki, 

qarz  qanchalik  uzoq  muddatga  berilsa,  shunchalik  uni 

ishlatib  daromad  ko„rish  mumkin  va  shu  hisobdan  foiz 

to„lash engil bo„ladi. 

4. 


 

Qarzning qan-

day pul bilan 

berilishi 

  Agar  qarz  erkin  konvertirlangan  valutada  berilsa,  foiz 



yuqori  belgilanadi,  agar  u  oddiy  valutada  berilsa,  foiz 

nisbatan  past  o„rnatiladi.  Konvertirlangan  pul  obro„-

e‟tiborli bo„lganidan uni ishlatish oson, undan tezda yaqin 

daromad ko„rish mumkin. 

5. 

 

Inflatsiya 



darajasi 

  Inflatsiya  yuz  bersa,  qarzga  beriladigan  pul  egasiga 



qaytib kelguncha o„z qadrini qisman yo„qotadi. Bunda pul 

egasi  yutqazadi.  Shu  sababli  foiz  inflatsiyani  hisobga  olib 

o„rnatiladi.  Foiz  inflatsiya  shiddatiga  nisbatan  to„g„ri 

mutanosiblikda o„zgaradi. 




 

464 


6. 

Pulni qarzga 

berishdan ko„ra 

boshqa 


yo„sinda 

ishlatishdan 

tushadigan 

daromad 


  Bunda pul egasining afzal ko„rish tamoyili amal qiladi. 

Agar  aksiya  dividendi  yuqori  bo„lsa,  foiz  pasayadi  va 

aksincha. Agar aksiyaga 15 % dividend berilsa, foiz undan 

yuqori  bo„lishi  shart.  Aks  holda  pul  egasi  uni  qarzga 

bermay, aksiya sotib olishni afzal ko„radi. 

7. 

 

Qarz berishning 



risk darajasi 

  Agar  qarzning  qaytib  kelishi  kafolatlansa,  foiz  past, 



agar  bu  xatarli  bo„lib,  qarz  qaytishi  shubhali  bo„lsa,  foiz 

yuqori  bo„ladi.  Odatda  moliyaviy  baquvvat  va  nufuzli 

firmalar  uchun  foiz  tayinlanadi.  Yuqori  va  past  foiz 

o„rtasidagi  farq  pul  egalari  uchun  ma‟lum  darajada  qarz 

riskini  kamaytiradi,  chunki  bir  yerda  foizning  kamligi, 

boshqa yerda uning ortiq bo„lishi bilan qoplanadi. 

 

Xalqaro kredit aloqalarida foiz stavkasi milliy kredit tizimidagi foiz 



darajasiga  bog„liq  holda  belgilanadi.  Ssuda  foiziga  ta‟sir  etuvchi 

omillarning  xalqaro-valuta  va  moliya-kredit  munosabatlari  bilan 

bog„liqligi  tufayli  foiz  stavkasining  darajasi  milliy  stavkalardan 

birmuncha farq qiladi. 

Jahon bozoridagi raqobatchilik natijasida foiz stavkalarining tez-tez 

o„zgarishi  milliy  va  mintaqaviy  iqtisodiyotda  beqarorlik,  inflatsiyaning 

kuchayishi, valuta kursining tebranishi kabilar bilan izohlanadi.  

Xalqaro  kredit  aloqalarida  foiz  stavkasiga  quyidagi  omillar  ta‟sir 

qiladi: 

 



qarz  oluvchining  mamlakatdagi  valuta,  moliya-kredit,  iqtisodiy 

va siyosiy ahvol; 

 

loyiha riski xarakteri; 



 

kredit manbalari; 



 

kredit qiymatini tartibga solish bo„yicha xalqaro kelishuvlar; 



 

foiz stavkasi turlari (suzib yuruvchi, qat‟iy va aralash); 



 

raqobatdagi takliflarning mavjudligi; 



 

kredit muddati; 



 

inflatsiya sur‟ati; 



 

kreditning tijorat operatsiyalariga bog„liqligi; 



 

jahon va milliy bozorda ssuda kapitalining holati; 



 

qarz oluvchi va kreditorning maqomi, nufuzi va moliyaviy holati; 



 

kreditning ta‟minot sifati; 



 

kredit bo„yicha sug„urta qoplamasinining mavjudligi; 



 

qarz  oluvchining  olingan  kreditdan  kelishilgan  muddatda 



foydalanish majburiyatining mavjudligi; 


 

465 


 

tijorat bitimlariga nisbatan kredit kelishuvi tuzilgan vaqt; 



 

bitim summasi; 



 

kredit va to„lov valutasi; 



 

valuta kursi dinamikasi va boshqalar. 




Download 4,68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   425   426   427   428   429   430   431   432   ...   511




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish