Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта


Vakillik  (korrespondentlik)  hisobvarag„i



Download 4,68 Mb.
Pdf ko'rish
bet358/511
Sana13.07.2021
Hajmi4,68 Mb.
#117751
1   ...   354   355   356   357   358   359   360   361   ...   511
Bog'liq
bank ishi

Vakillik  (korrespondentlik)  hisobvarag„i  –  bank  hisobvarag„i 

shartnomasi  turlaridan  biri  bo„lib,  uning  o„ziga  xos  xususiyati  subyekt 

tarkibiga  bog„liqligidadir.  Ya‟ni,  bu  shartnomada  nafaqat  bank 

muassasalari  tomonlar  bo„la  oladi  (FK,  789-modda).  Vakillik 

hisobvaraqlari kontokorrent hisobvaraqlarning bir turidir. 

Kontokorrent  hisobvaraqlarni  rasmiylashtirish  vaqtida  bank 

hisobvaraq  egasini, unda  mablag„lar mavjud  bo„lmagan  yoki  yetarlicha 

bo„lmagan holda, kreditlash majburiyatini o„z zimmasiga oladi. 

[251]. Bank hisobvarag„i shartnomasi oddiy yozma shaklda bo„ladi. 

U hisobvaraq ochish va shartnoma tuzish jarayoni bilan bog„liq. 

Hisob-varaq ochish uchun mijoz bankka quyidagi hujjatlarni taqdim 

etishi shart: 

 

hisobvaraq ochish to„g„risida ariza; 



 

yuridik  shaxs  tuzish  to„g„risidagi  qaror  loyihasi  (ta‟sis  shart-



nomasi); 

 



mijoz  rahbari  va  bosh  buxgalterining  imzo  namunalari  qo„yilib, 

muhr izi tushirilgan varaqa. 

Bank amaliyotida bunday shaxslarni identifikatsiyalashning yangi 

vositalari  yaratilgan  bo„lib,  shartnomada  elektron  to„lov  vositalari, 

kadrlar, parollar va hisob varaqda turgan pul mablag„larini tasarruf etish 

huquqini  tasdiqlaydigan  boshqa  axborot  tashuvchi  vositalardan 

foydalanish ko„zda tutilishi mumkin. 

Qonunchilikda  yuridik  shaxsga  hisobvaraq  ochish  uchun  majburiy 

bo„lgan  boshqa  hujjatlar  belgilangan.  Mijoz  tomonidan  hisobvaraq 

ochish  to„g„risida  ariza  berish  oferta  (shartnoma  tuzish  uchun  taklif) 

bo„lib, bank rahbarining bunga ruxsat berish to„g„risidagi yozuvi aksept 

(shartnoma tuzishga rozilik)dir. 

Bank hisobvaraqni ochishni rad etishga haqli emas, ana shunday rad 

etishga bank xizmati ko„rsatishga qabul qilish imkoniyati yo„qligi sabab 

bo„lgan hollar bundan mustasno (FK, 775-modda). 

Bankka  hisobvaraq  ochish  uchun  zarur  bo„lgan  hujjatlar  to„plami 

(paketi)ni  taqdim  etgan  va  asossiz  rad  javobi  olgan  har  qanday  shaxs 

FKning 377-moddasi 6 qismida belgilangan tartibda uni tuzishdan bosh 




 

396 


tortsa,  ikkinchi  taraf  uni  shartnoma  tuzishga  majbur  qilish  talabi  bilan 

sudga  murojaat  qilishga  haqli.  Bundan  tashqari,  mijoz  bankidan 

shartnoma tuzishdan asossiz ravishda bosh tortib, unga yetkazilgan zarar 

o„rnini qoplashni talab qilishga haqli. 

Bank hisobvarag„i shartnomasini tuzish amaliyotida ikki usul: 

 



bankning  standart  blankasida  yagona  hujjat  tuzish  va  uni 

imzolash; 

 

bank  rahbarining  ruxsat  imzosini  qo„yish  yo„li  bilan  amalga 



oshiriladi. Shartnoma tuzish tegishli hisobvaraqni ochishni taqozo etadi. 

Bank  hisobvarag„i  shartnomasini  bekor  qilish  nafaqat  umumiy 

qoidalarga  asosan,  balki  bir  tomonlama  ham  amalga  oshiriladi.  Bank 

hisobvarag„i  shartnomasi  mijozning  arizasiga  muvofiq  istalgan  vaqtda 

bekor  qilinishi  mumkin.  Bankning  talabiga  ko„ra,  bank  hisob  varag„i 

shartnomasi  qonunda  belgilangan  quyidagi  ikki  muayyan  holda  sud 

tomonidan bekor qilinishi mumkin. 

 



mijozning hisobvarag„ida saqlanayotgan pul mablag„lari summasi 

bank  qoidalariga  mos  kelmasa  yoki  shartnomada  ko„zda  tutilgan  eng 

kam  miqdoridan  oz  bo„lsa,  agar  bunday  summa  bank  bu  haqda 

ogohlantirgan kundan boshlab bir oyda tiklanmasa; 

 

agar  shartnomada  boshqa  muddat  nazarda  tutilgan  bo„lmasa, 



ushbu  hisobvaraq  bo„yicha  bir  yil  davomida  operatsiyalar  qilinmagan 

bo„lsa,  hisobvaraqdagi  pul  mablag„larining  qoldig„i  mijozning  tegishli 

yozma  arizasi  olinganidan  keyin  kechi  bilan  etti  kun  ichida  mijozga 

beriladi  yoki  uning  ko„rsatmasiga  muvofiq  boshqa  hisobvaraqqa 

o„tkaziladi. 

Bank  hisobvarag„i  shartnomasi  yuridik  shaxs  qayta  tashkil 

etilganida  o„zgartiriladi,  bunda  hisobvaraq  qayta  rasmiylashtiriladi. 

Bank  hisobvarag„i  shartnomasi  yuridik  shaxs  tugatilgan  yoki  mijoz  

fuqaro  vafot  etgan  taqdirda  tugatiladi.  Shartnomani  buzish  yoki 

to„xtatish mijoz hisobvarag„ini yopish bilan tugallanadi. 



[252].  Bank  hisobvarag„i  shartnomasi  mazmunini  bank  bilan 

mijozning  hisobvaraqlari  huquq  va  majburiyatlari  tashkil  etadi. 

Bankning asosiy majburiyatlari quyidagilardan iborat: 

 



Mijoz uchun bank qonunda, qonunga muvofiq belgilab qo„yilgan 

bank  qoidalarida  va  bank  amaliyotida  qo„llanadigan  ish  muomalasi 

odatlarida  ushbu  turdagi  hisobvaraqlar  uchun  belgilab  qo„yilgan 

operatsiyalarni amalga oshirishi shart (FK, 777-modda). 

 

Bank  sirini  saqlashi  shart.  Bank  mijozning  topshirig„i  bo„yicha 




 

397 


mijozga tushgan pul mablag„larini qabul qiladi va hisobvaraqqa kiritadi, 

mijozning  mablag„larini  hisobvaraqdan  o„tkazish,  naqd  pullarni  hisob 

varaqdan berish to„g„risidagi farmoyishlarni bajaradi. 

Bank  mijoz  pul  mablag„laridan  foydalanish  yo„llarini nazorat  etish 

va  mijozning  o„z  ixtiyoriga  ko„ra  pul  mablag„larini  tasarruf  etish 

huquqini  qonunda  yoki  shartnomada  ko„zda  tutilgan  ravishda 

cheklashga haqli  emas.  Mijoz  bankka  hisob-kitoblarni  amalga  oshirish, 

pul  mablag„larini  depozitga  o„tkazish,  hisobvaraqdan  chiqarish 

to„g„risida  ko„rsatma  beradi.  Mijoz  hisobvarag„i  bo„yicha  operatsiyalar 

belgilangan muddatlarda amalga oshiriladi (FK, 778-modda). 

Bank  tegishli  to„lov  hujjati  bankka  tushgan  kunning  ertasidan 

kechiktirilmasdan  tushgan  pul  mablag„larini  hisobvaraqqa  kiritib 

qo„yishi  shart.  Tegishli  hisob-kitob  hujjati  kelib  tushgan  kunning 

ertasidan kechiktirilmasdan bank mablag„larini hisobdan chiqarish yoki 

hisob-kitob  hujjatlarini  boshqa  bankka  jo„natish  yo„li  bilan  mijozning 

topshiriqnomasini  bajara  boshlashi  kerak.  Mijozning  hisobvaraqdan 

mablag„larni  berish  to„g„risidagi  farmoyishlari  ham  xuddi  shunday 

muddatlarda bajarilishi kerak. 

Agar  mijoz  hisobvarag„ida  pul  mablag„lari  mavjud bo„lmasa, bank 

uning  topshirig„ini  bajarmasligi  lozim.  Ammo  bank  hisobvarag„i 

shartnomasida  hisobvarag„ida  pul  mablag„lari  yo„q  bo„lgan  taqdirda 

ham  to„lovlarni  amalga  oshirish  ko„zda  tutilgan  bo„lishi  mumkin.  Bu 

holda  bank  mijozga  kredit  beryapti,  deb  hisoblanadi.  Mijozning  bank 

oldidagi  qarzi  vujudga  keladi  va  bu holda  bank  bilan  mijoz  o„rtasidagi 

munosabatlarga  qarz  va  kredit  to„g„risidagi  qoidalar  qo„llaniladi  (FK, 

779-modda). 

Bank  hisobvarag„i  va  bank  omonati,  hisobvaraq  bo„yicha 

operatsiyalar  hamda  mijoz  haqidagi  ma‟lumotlar  sir  saqlanishini 

kafolatlaydi. Bank sirini tashkil etuvchi ma‟lumotlar faqat mijozlarning 

o„zlariga yoki ularning vakillariga berilishi mumkin (FK, 786-modda). 

Ma‟lumotlar  faqat  sud  va  sud  xo„jaliklariga  (sudyalarga),  davlat 

soliq  xizmat  idoralariga,  bojxona  idoralariga  va  surishtiruv,  tergov 

organlariga  prokurorning  roziligi  bilan  berilishi  mumkin.  Mijoz  fuqaro 

hisobvarag„idan  ma‟lumotlar  u  vafot  etgan  taqdirda  merosxo„rlariga, 

shuningdek, notarius va konsulxona muassasalariga beriladi. Bank sirini 

tashkil  etuvchi  ma‟lumotlar  bank  tomonidan  oshkor  qilingan  taqdirda 

huquqlari  buzilgan,  mijoz  keltirilgan  zararning  o„rnini  qoplashni 

bankdan  talab  qilishga  haqli  (FK,  786-modda).  Xuddi  shunday 




 

398 


javobgarlik  bank  sirini  oshkor  qilgan  bank  xodimlari  zimmasiga  ham 

yuklatiladi (FK, 798-modda). 

Mijoz  hisobvaraq  bo„yicha  operatsiyalarni  amalga  oshirish  vaqtida 

bank qoidalariga rioya qilish va (agar bank hisob varag„i shartnomasida 

ko„zda  tutilgan  bo„lsa)  hisob  varaq  bo„yicha  operatsiyalarni  amalga 

oshirish bo„yicha bank xarajatlarini to„lashi lozim. 

Faqat  mijozning  farmoyishiga  asosan  bank  pul  mablag„larini 

hisobvaraqdan  o„chiradi  (qonunda,  shartnomada ko„zda  tutilgan  va  sud 

qarori bilan amalga oshirilgan hollar bundan mustasno). Agar mijozning 

hisobvarag„idan  mablag„larni  o„chirish  qonunga  asosan  amalga 

oshirilayotgan  bo„lsa,  uni  so„zsiz  (nizosiz)  hisobvaraqdan  akseptsiz 

o„chirish deb qabul qilingan.  



[253].  Hisobvaraqdagi  pul  mablag„lari  unga  qo„yilgan  barcha 

talablarni  qondirish  uchun  yetarli  bo„lmagan  taqdirda,  ya‟ni  quyidagi 

hollarda majburiy navbatda o„chiriladi: 

 



birinchi  navbatda  budjet  va  budjetdan  tashqari  fondlarga 

to„lovlarni nazarda tutuvchi to„lov hujjatlari bo„yicha; 

 

mehnatga  oid  huquqiy  munosabatlardan  kelib  chiqadigan 



talablarni; 

 



alimentlar undirish to„g„risidagi; 

 



mualliflik shartnomalari bo„yicha haq to„lash; 

 



hayotga  va  salomatlikka  yetkazilgan  zararning  o„rnini  qoplash 

to„g„risidagi  talablarni  qondirish  uchun  hisobvaraqdan  pul  o„tkazishni 

yoki  pul  berishni  nazarda  tutuvchi  ijro  hujjatlari  bo„yicha  pul 

ko„chiriladi. 

Keyin  boshqa  pul  talablarini  qondirishni  nazarda  tutuvchi  ijro 

hujjatlar  bo„yicha  pul  ko„chiriladi  va  nihoyat,  boshqa  to„lov  hujjatlari 

bo„yicha  kalendar  navbat  tartibida  pul  ko„chiriladi  (FK,  784-modda). 

Sanab o„tilgan har bir navbatda kalendar tartib amal qiladi.  

Hisobvaraq 

bo„yicha 

operatsiyalar 

o„z 


vaqtida 

amalga 


oshirilmaganligi  va  pul  mablag„lari  asossiz  o„chirilganligi  uchun 

javobgarlik o„zaro javobgarlik xususiyatiga ega.  

Bank mijozga kelgan pul mablag„larining hisobvaraqqa o„z vaqtida 

kiritib  qo„yilmagani  yoki  hisobvaraqdan  mablag„lar  asossiz  ravishda 

ko„chirilgani,  shuningdek,  hisobvaraqdan  mablag„larni  o„tkazish 

haqidagi  farmoyishlarini  o„z  vaqtida  bajarilmaganligi  uchun  javobgar 

bo„ladi (FK, 785-modda). 

Noqonuniy  ravishda  foydalanilgan  summa  uchun  javobgarlik 




 

399 


FKning  327-moddasida  belgilangan  bank  hisob  stavkasiga  asosan 

belgilangan tartib va miqdorda foizlar to„lashdan iborat. Shu moddaning 

uchinchi qismida bank o„z vaqtida kiritilmagan yoki asossiz o„chirilgan 

summaga foizlar to„lash va zararning o„rnini qoplashi ham shart. 

Bank  hisobvarag„i  shartnomasida  tomonlar  boshqa  majburiyat-

larning  buzilganligi  (mijoz  hisobvarag„i  bo„yicha  kredit  berilmagani, 

bank  xizmat  ko„rsatishdan  bosh  tortgani)  uchun  ham  jazo  choralarini 

qo„llash huquqiga egadirlar. 




Download 4,68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   354   355   356   357   358   359   360   361   ...   511




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish