Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта



Download 4,68 Mb.
Pdf ko'rish
bet300/511
Sana13.07.2021
Hajmi4,68 Mb.
#117751
1   ...   296   297   298   299   300   301   302   303   ...   511
Bog'liq
bank ishi

[211].  Qarz  oluvchilar  kredit  olish  uchun  bankka  quyidagi 

hujjatlarni (kredit paketini) taqdim etadi: 

 

kredit buyurtmanomasi; 



 

qarz  oluvchining  bankdagi  hisob  raqamiga  pul  tushumlari  (pul 



oqimi) prognozi albatta ko„rsatilgan holdagi biznes-reja; 

 



davlat  soliq  xizmatining  mahalliy  (tuman)  organi  tasdiqlagan, 

so„nggi  hisobot  davri  uchun  buxgalteriya  balansi  (1-shakl)  hamda 

debitorlik  va  kreditorlik  qarzlari  to„g„risida  ma‟lumotnoma  (2a-shakl), 

shuningdek,  90  kundan  ortiq  vaqtdagi  qarzlar  bo„yicha  solishtirish 

dalolatnomasi,  moliyaviy  natijalar  to„g„risida  hisobot  (2-shakl),  dehqon 

xo„jaliklari bundan mustasno; 

 

imtiyozli  kredit  berish  to„g„risidagi  nizomning  17-bandida 



ko„rsatilgan kreditni qaytarishni ta‟minlash shakllaridan bittasi. 

To„lamaslik  xavfini  bartaraf  etish  uchun  oluvchi  ta‟minotiga  ega 

bo„lishi  kerak,  ta‟minotga  bo„lgan  asosiy  talab  uning  likvidligi 

hisoblanadi.  Qarz  oluvchi  bankka  ta‟minlashning  quyidagi  turlaridan 

bittasini taqdim etishga haqlidir: 

 



mol-mulkni yoki qimmatli qog„ozni garov sifatida qo„yish; 

 



bank yoki sug„urta tashkiloti kafolatnomasi; 

 



uchinchi shaxslarning kafilligi; 

 



sug„urta  kompaniyasining  qarz  oluvchining  kreditni  qaytarmas-

ligi xavfini sug„urta qilish to„g„risidagi sug„urta polisi. 

Banklar  o„zlari  bilan  doimiy  aloqaga,  bank  hisob  raqamida  doimiy 

pul  oqimiga,  yaxshi  nufuzga  va  yaxshi kredit tarixiga  ega  bo„lgan  qarz 

oluvchilarga,  Nizomning  17-bandida  ko„rsatib  o„tilgan  qaytarish 

ta‟minotini  taqdim  etmasdan,  blankli  (ishonchli)  kreditlar  berishga 

haqlidir. 

Mol-mulkni  garovga  qo„yish  kreditning  qaytarilishini  ta‟minlash 

shakllaridan  biridir.  «Garov  to„g„risida»gi  O„zbekiston  Respublikasi 

Qonuniga  muvofiq  har  qanday  mol-mulk,  shu  jumladan,  buyumlar  va 

mulkiy  huquqlar  (talablar),  qimmatbaho  boyliklar,  zargarlik  buyumlari, 

erkin  almashtiriladigan  valuta  va  shu  kabilar  garov  predmeti  bo„lishi 

mumkin,  muomaladan  chiqarilgan,  garov  predmeti  bo„la  olmaydigan 

buyumlar bundan mustasno. 

Kredit  hisobiga  sotib  olinadigan  qiymatning  80  foizi  miqdorida 



 

334 


mol-mulk  ham  ushbu  kredit  bo„yicha  garov  predmeti  bo„lib  xizmat 

qilishi mumkin. 

Kafolatnoma  O„zbekiston  Respublikasi  Fuqarolik  kodeksining  29-

moddasiga  muvofiq  kafilning  yozma  majburiyati  shaklida  rasmiylash-

tiriladi. 

Kafillik  O„zbekiston  Respublikasi  Fuqarolik  kodeksining  29-mod-

dasiga  muvofiq  qarzdor  va  kafil  o„rtasida  bank-benefitsiar  foydasiga 

yozma  shakldagi  kafillik  shartnomasi  bilan  rasmiylashtiriladi.  Kredit 

paketini  tahlil  qilish  chog„ida  bank  kredit  bitimining  har  xil  jihatlarini, 

qarz  oluvchining  kredit  tarixini,  uning  rahbarlik  nufuzini  (oldingi  ish 

joylari,  layoqatliligi,  ilgari  olingan  kreditlarning  o„z  vaqtida  qayta-

rilishini ta‟minlay olishi va shu kabilarni) baholaydi. 

Aylanma mablag„larni to„ldirishga kredit olish uchun «Nizom»ning 

16-bandida  ko„rsatib  o„tilgan  zarur  hujjatlar  ilova  qilingan  holda 

buyurtmanoma  bankka  kelib  tushgan  kundan  boshlab,  ushbu  kredit 

bo„yicha  bank  xulosasini  berishgacha  bo„lgan  muddat  tijorat  banklari 

bo„limlari  tarkibida  bo„limlari  bo„lmagan  tijorat  banklari,  shuningdek, 

xususiy  banklar uchun  – 10  ish kunidan,  banklarning  viloyat  bo„limlari 

uchun  –  15  ish  kunidan,  bosh  (respublika)  banklari  uchun  –  20  ish 

kunidan oshmasligi kerak. 

 Investitsiya  loyihasini  mablag„  bilan  ta‟minlash  uchun  kredit 

olishga  kredit  buyurtmanomalarini  banklar  tomonidan  ko„rib  chiqish 

muddati  tegishli  ravishda,  biroq  ko„pi  bilan  ikki  baravar  uzaytirilishi 

mumkin. 


Kredit  shartnomasi  tuzilganidan  keyin  bank  bo„limi  rahbari  yoki  u 

vaqtincha  bo„lmagan  taqdirda  uning  o„rinbosari  o„z  vakolati  doirasida 

muddati va foiz stavkasi ko„rsatilgan holdagi ssuda hisob raqami ochish 

to„g„risida buxgalteriyaga buyruq beradi. Kredit berish to„g„risida qaror 

qabul  qilinishi  bilan  qarz  oluvchiga  kredit  kartochkasi  ochiladi,  kredit 

shu kartochka bo„yicha nazorat qilib boriladi. 

Qurilish, texnika bilan jihozlash va rekonstruksiya qilishga berilgan 

kreditlar  hisobiga  moliyalash  faqat  barcha  zarur  loyiha-smeta  hujjatlari 

va  boshqa  hujjatlar  amaldagi  qonunchilikka  muvofiq  bankka  taqdim 

etilgandan keyingina ochiladi. 



[212].  Kreditlar  alohida  ssuda  raqami  ochish  va  qarz  oluvchining 

tovar-moddiy  boyliklar  uchun  to„lov  topshiriqnomasi  ushbu  hisob 

raqamidan  naqd  pulsiz  to„lash  yo„li  bilan  beriladi.  Kredit  xodimining 

farmoyishiga  binoan  alohida  ssuda  hisob  raqamlari  bo„yicha  berilgan 




 

335 


kreditlar  muddatli  majburiyatlar  bilan  rasmiylashtiriladi,  ular,  kredit 

berish  muddatlariga  ko„ra,  kredit  to„liq  qaytarilgungacha  ko„zda 

tutilmagan  holatlar  hisob  raqamlarida  hisobga  olib  boriladi.  Kreditni 

qaytarish muddatlari jadval holida taqdim etilishi mumkin, u kreditning 

pul  oqimlari  tushishi  istiqbollariga  ko„ra  bir  necha  bosqichda 

qaytarilishini nazarda tutadi. 

Qaytarish muddati yetib kelganda va qarz oluvchida pul bo„lmaganda 

kredit  muddati  o„tgan  ssudalar  hisob  raqami  orqali  undiriladi,  uning 

bo„yicha  muddatli  majburiyatlari  esa  2-kartotekaga  joylashtiriladi  va 

kalendar  bo„yicha  navbatli  tartibda  to„lanadi.  Bunda  foizlar  kredit 

qarzidan oldin to„lanadi. 

Mikrofirmalarga,  kichik  va  o„rta  korxonalarga,  dehqon  va  fermer 

xo„jaliklariga  berilgan  kreditlar,  kredit  berish  muddatiga  ko„ra,  tijorat 

bankining  tegishli  balans  hisob  raqamlarida  O„zbekiston  Respublikasi 

Markaziy banki tomonidan tasdiqlangan tijorat banklari hisob raqamlari 

rejasiga muvofiq hisobga olinadi. Tijorat banklari kreditdan foydalanish-

ning  butun  muddati  davomida  doimiy  monitoring  olib  boradi.  Monito-

ring  qarz  oluvchining  buyurtmanomasini  va  kredit  shartnomasi  shartla-

rini  amalga  oshirishga  har  tomonlama  ko„maklashishga  yo„naltirilishi 

kerak. 


Monitoring jarayonida mijozning xo„jalik-moliyaviy faoliyati, uning 

tuzilgan  shartnomalarga  (buyurtmanomalarga)  muvofiq  mahsulot 

yetkazib berish majburiyatlarini bajarishi, ishlab chiqarish, noishlab chi-

qarish  xarajatlari  va  yo„qotishlar,  muomala  chiqimlari,  foyda  hajmlari, 

o„z aylanma mablag„lari mavjud bo„lishi dinamikasi, tovar-moddiy boy-

liklar zaxiralarining ahvoli, aylanma mablag„larning muomalada bo„lishi 

tahlil  qilinadi.  Bank  qarz  oluvchining  kredit  ishidagi  ko„rsatkichlarni 

turkumlagan  holda,  kreditga  qodirlik  bo„yicha  doimiy  monitoringni 

amalga oshiradi. 

Bankka  berilgan  garovning  holati,  kreditdan  kredit  shartnomasida 

qayd  etilgan  shartlarda  samarali  va  maqsadli  foydalanilishi  o„rganiladi. 

Bank  qurilishni  mablag„  bilan  ta‟minlashga  berilgan  kreditlar  bo„yicha 

monitoring jarayonida kreditlangan obyektda kredit shartnomasida qayd 

etilgan  muddat  va  shartlarda  bajarilgan  ishlar  hajmini  nazorat  tartibida 

o„lchab chiqadi. 

Berilgan  kreditlardan  maqsadli  foydalanmaganlik  holati  aniqlangan 

taqdirda bank kreditning belgilangan maqsadda foydalanilmagan qismini 

kredit  shartnomasida  belgilangan  tartibda  qarz  oluvchining  talab  qilib 




 

336 


olinadigan depozit hisob raqamidan muddatidan oldin undirish huquqiga 

ega.  Qarz  oluvchi  asosiy  qarzni  va  qarz  bo„yicha  foizlarni  kredit 

shartnomasida  qayd  etilgan  muddatda  to„lamagan  taqdirda  bank,  sudga 

murojaat  qilmasdan,  o„z  talablarini  qo„yilgan  mol-mulk  hisobidan 

O„zbekiston  Respublikasi  Fuqarolik  kodeksi  280-moddasining  ikkinchi 

qismiga muvofiq qondirishga haqlidir. 

Tavakkalchiliklarning  yo„l  qo„yiladigan  darajalarini  aniqlash 

O„zbekiston  Respublikasi  Markaziy  bankining  «Tijorat  banklari 

sarmoyasi  adekvatliligiga  qo„yiladigan  talablar  to„g„risida»gi  Nizomiga 

muvofiq  amalga  oshiriladi.  Imtiyozli  kredit  berish  maxsus  jamg„armasi 

mablag„lari  hisobidan  beriladigan  kreditlar  bo„yicha  mumkin  bo„lgan 

yo„qotishlarga zaxiralarni shakllantirish tartibi O„zbekiston Respublikasi 

Markaziy banki tomonidan tasdiqlangan Aktivlar sifatini tasniflash, ular 

bo„yicha  mumkin  bo„lgan  yo„qotishlarni  qoplash  uchun  tijorat  banklari 

tomonidan 

yaratiladigan 

zaxiralarni 

shakllantirish 

va 

ulardan 


foydalanish tartibiga muvofiq amalga oshiriladi. 

 


Download 4,68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   296   297   298   299   300   301   302   303   ...   511




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish