Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта


Kreditning  samaradorligi



Download 4,68 Mb.
Pdf ko'rish
bet291/511
Sana13.07.2021
Hajmi4,68 Mb.
#117751
1   ...   287   288   289   290   291   292   293   294   ...   511
Bog'liq
bank ishi

Kreditning  samaradorligi.  Bu  tamoyil  nafaqat  kredit  summasi  va 

foizning bankka qaytarib to„lashini, shuningdek undan kreditlangan yoki 

moliyalashtirilgan  soha,  tarmoq,  korxona  qancha  samaradorlikka 

erishganini  ifodalaydi.  Shu  sababli  kredit  ajratishdan  yoki  berishdan 

oldin  shu  kreditning  samara  berish  ehtimolini  hisob-kitob  qilish  zarur. 

Masalan,  loyihaga  qo„yiladigan  mablag„  samara  bersa,  shundagina  bu 

loyihaga mablag„ ajratish kerak. 

Kreditning samaradorligi (K

s

) ishlab chiqarish va uning realizatsiya 



hajmiga (R

h

) bevosita bog„liq bo„lib, quyidagicha aniqlanishi mumkin: 




 

317 


h

h

s

К

R

К

 



Buyerda: 

 K

h



 – berilgan kreditning o„rtacha hajmi. 

Agar  korxona  kreditlar  resursini  kam  jalb  qilib,  uning  bir  so„miga 

ko„p  mahsulot  realizatsiya  qilgan  bo„lsa,  demak, kreditning  samarador-

ligi shunchalik yuqori bo„ladi. 

Kreditning samaradorligini ta‟minlash maqsadida g„arb mamlakatla-

ri  amaliyotida  kreditlashning  biz  uchun  yangi  qoidasi,  ya‟ni  «5-С» 

qoidasi  qo„llaniladi.  Bunga  asosan  har  bir  «С»  bo„yicha  korxonaning 

faoliyati  tahlil  qilib  chiqiladi  va  korxona  faoliyati  talabga  javob 

bersagina  korxonaga  kredit  beriladi.  Qoidaga  binoan  «С»  harflari 

quyidagi jihatlarni ifodalaydi:  

 

 



 

С1(sharacter)  –  qarz  oluvchining  bozordagi  obro„si,  uning  holatini 

aniqlash. 

 C2  (capacity)  –  qarz  oluvchining  boshlagan  ishini  oxirigacha  yetkaza 



olish,  tegishli  daromad  olish  hamda  bank  kreditlarini  qaytarib  berish 

qobiliyati. 

 C3 (capital) – qarz oluvchi sarmoyasining yetarliligi. 



 C4 (conditions) – mazkur biznesning rivojlanishi yuzasidan shartlar. 

 C5  (collateral)  –  garov  (kafolat,  kafillik,  sug„urta  polisi,  tovar-moddiy 



boyliklar va boshqalar). 

 

Kreditning  differensial  yondashuv  tamoyili  ham  uning  mohiyatini 

aks  ettiruvchi  jihatlardan  hisoblanadi.  Kredit  munosabatlarida  bank 

barcha mijozlarga bir xilda yondashmaydi. Masalan ishonchli mijozlarga 

kredit  uchun  ta‟minot  talab  qilmasdan  kredit  ajratishi  mumkin  yoki 

ishonchsizroq mijozlardan kredit qiymatidan ancha yuqori qiymatga ega 

bo„lgan  ta‟minot  talab  qilishi  mumkin.  Kredit  to„lovi  sifatida  foiz 

o„rnatish jarayonida ham bank mijozlarga turlicha yondashishi mumkin.  

Har  qanday  bankning  ko„rsatadigan  xizmatlari  nuqtayi  nazaridan 

uning  kredit  portfelini  tartibga  solib  turish  o„ta  muhimdir.  Zero, 

kreditning ba‟zi bir turlarini berish qonun bilan chegaralangan, ba‟zi bir 

kredit turlari esa umuman taqiqlangan. 

Masalan: 

 



bankning  o„z  aksiyasi  bilan  ta‟minlangan  kreditlarni  berishi 

umuman  taqiqlangan,  shuningdek,  bankning  o„z  xodimlariga  iste‟mol 

krediti berishi ham chegaralangan; 

 



ipoteka kreditining hajmi bank kapitali va daromadi qiymati yoki 


 

318 


muddatli  va  jamg„arma  depozitlaridagi  mablag„lar  hajmining  70  foizi-

dan oshmasligi lozim; 

 

bir  qarz  oluvchiga  berilayotgan  kredit  miqdori  bank  kapitali  va 



daromadining 15  foizidan  oshmasligi  lozim.  Yoki qarzdor kredit uchun 

tezda  pulga  aylantirish  imkoniyatiga  ega  garov  berganda,  berilayotgan 

kreditning  hajmi  bank  kapitali  va  foydaning  25  foizini  tashkil  qilishi 

mumkin; 


 

bank  kredit  berish  jarayonida  mijoz  bilan  kredit  shartnomasi 



tuzgunga  qadar  unga  kreditning  yillik  foiz  stavkasi,  ya‟ni  kreditning 

narxi,  kredit  uchun  to„lanadigan  to„lovlar  va  soliqlar  haqida  axborot 

berishi lozim. 

[198].  O„zbekiston  Respublikasining  «Banklar  va  bank  faoliyati 

to„g„risida»gi  qonunining  28  va  34-moddalariga  muvofiq  korxonalarni, 

tashkilotlarni, muassasalarni, xususan, kichik, o„rta biznes faoliyati bilan 

shug„ullanuvchi  tadbirkorlarni  kreditlash  tijorat  banklarining  asosiy 

vazifalaridan biri hisoblanadi. 

Kredit  berish  (olish)  «O„zbekiston  Respublikasi  banklarida  kredit 

hujjatlarini  yuritish  tartibi  to„g„risida»gi  Nizomga  muvofiq  amalga 

oshiriladi. Ushbu nizom banklar tomonidan beriladigan barcha kreditlar-

ga,  shuningdek,  unga  ochilayotgan  kredit  liniyalariga  nisbatan qo„llani-

ladi.  Bank  kreditlarni  o„zining  ichki  kredit  siyosatiga  va  kredit  opera-

tsiyalarini yuritishning umumiy shartlariga muvofiq ravishda beradi. 

Kreditlar  yuridik  shaxs huquqlariga,  o„z  sarmoyasi  va  mustaqil ba-

lansiga ega bo„lgan, O„zbekiston Respublikasining «Korxonalar to„g„ri-

sida»gi  qonuni  tatbiq  etiladigan  mustaqil  xo„jalik  yurituvchi  subyekt 

hisoblanadigan  korxonalarga  taqdim  etiladi.  Zarar  ko„rib  ishlaydigan, 

nolikvid  balansga  ega  bo„lgan  xo„jalik  yurituvchi  subyektlarga  kredit 

berilmaydi, ilgari berilgan ssudalar esa belgilangan tartibda muddatidan 

oldin undirish uchun da‟voga beriladi. 

Kredit  olish uchun korxona  yoki tashkilot  o„ziga  xizmat ko„rsatuv-

chi bankka quyidagi hujjatlarni taqdim etadi: 

 

kredit olish uchun ariza; 



 

korxonaning  moliyaviy  ahvolini  aniqlash  uchun  oxirgi  hisobot 



davri uchun buxgalteriya balansi; 

 



biznes-reja; 

 



foyda va zararlar to„g„risida hisobot; 

 



aylanma mablag„larining aylanuvchanligi hisob-kitobi; 

 



boshqa  kreditorlardan  qarzga  mablag„lar  olingani  va  boshqa 


 

319 


banklarda erkin mablag„lari borligi to„g„risida ma‟lumotnoma. 

 Bu hujjatlar sinchiklab o„rganilgach, bank xodimi xulosani rasmiy-

lashtiradi,  so„ngra  u  ilova  qilingan  hujjatlar  bilan  birga  ko„rib  chiqish 

uchun kredit qo„mitasiga yuboriladi. Kredit qo„mitasi o„z vakolatlaridan 

kelib chiqib, uch kun mobaynida tegishli qaror qabul qiladi. 

Kredit  qo„mitasining  ijobiy  qaroridan  keyin  kredit  shartnomasi 

tuziladi. Unda quyidagilar ko„zda tutiladi: 

 



kredit maqsadi va summasi; 

 



kreditni  berish  tartibi  va  shakli,  kredit  liniyasi  miqdori  va 

haqiqatdagi qarzidan kelib chiqib belgilangan uzish muddatlari; 

 

foiz stavkalari miqdori, ularni hisoblab yozish va to„lash tartibi; 



 

kreditni berish uchun zarur ma‟lumotlar, hisob-kitoblar va boshqa 



hujjatlarning ro„yxati va ularning davriyligi; 

 



buxgalteriya  va  ombor  hisobi,  kreditdan  maqsadli  foydalanish, 

qaytarish  ta‟minlanishi  holatini  joyning  o„zida  har  chorakda  tekshirish 

va boshqa masalalar. 

[199].  Tashkilotga  kredit  berish  alohida  hisobvarag„idan  «kredit 

liniyasini ochib»  yoki  «kredit liniyasini  ochmasdan» amalga oshirilishi 

mumkin. 

«Ochiq  kredit  liniyasi»  bilan  ssuda  berish  bankning  kafolat  maj-

buriyati bilan rasmiylashtiriladi. Bu bilan bank  o„z zimmasiga, o„zining 

bog„lanish hisobvarag„i holatidan qat‟iy  nazar,  kredit  shartnomasi  bilan 

belgilangan  kredit  miqdori,  kredit  berish  muddati  va  limiti  doirasida 

korxona  yoki  tashkilotga  kreditni  to„siqsiz  berish  kafolatlangan  maj-

buriyat oladi. 

Bankning kafolat majburiyati ikki nusxada tuziladi, ularning bittasi 

kredit  xodimi  farmoyishiga  binoan  balansdan  tashqari  9925  – 

hisobvaraqda  hisobga  olish  uchun  buxgalteriyaga  beriladi,  ikkinchisi 

mijozning yig„majildida saqlanadi. 

«Ochiq kredit liniyasi» bilan kreditga ega bo„lgan ehtiyoj: 

 

kreditdan foydalanish va uni uzish davriyligi; 



 

moddiy  boyliklarni  yetkazib  berish  to„g„risida  mol  yetkazib 



beruvchilar  va  xaridorlar  bilan  tuzilgan  shartnomalar  tahlili  asosida 

belgilanadi. 




Download 4,68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   287   288   289   290   291   292   293   294   ...   511




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish