19. Pul agregati deganda:
a) jamg‘arila borib, xarid qobiliyatini saqlovchi barcha pul
vositalari tushuniladi;
b) likvidlik darajasiga qarab pul massasining barcha birlashgan
komponentlari tushuniladi;
c) a + b;
d) naqd pullar yig‘indisi tushuniladi.
20. Quyida qayd qilingan unsurlarning qaysi birlari pul
massasi tarkibiga kiradi?
a) M1 = naqd pul + chek omonatlari;
b) M2 = M1 + cheksiz jamg‘arma hisob + mayda miqdordagi
muddatli omonatlar;
c) M3 = M2 + yirik miqdordagi muddatli omonatlar;
d) noto‘g‘ri javob yo‘q.
21. Pul taklifi – bu:
a) muomalaga chiqarilgan ma’lum turdagi pul miqdoridir;
b) pul muomalasi, ya’ni xo‘jalik aylanmasi uchun kerak bo‘lgan
pulga ehtiyojdir;
c) muomaladagi pul massasidir;
d) a + v.
Do'stlaringiz bilan baham: |