60
11-chizma. Pul massasining tarkibiy qismlari.
– investitsiya fondlarining aksiyalaridagi mablag„lar kiradi.
Bunday tarkibiy qismlar hozir O„zbekiston Respublikasida tobora
kengroq tarqalmoqda. Bu tarkibiy qismlar «kvazi-pullar» nomi bilan
birlashgan.
Pul massasi
Naqdsiz pullar:
tijorat banklarida
Markaziy bankda
Pul massasi
(M)
Naqd pullar:
metall pullar
nobank sektordagi pullar
Bank sektori = pul taklifi
Muomalaga pul chiqarish:
aktivlarni sotib olish
omonatlar va tezkor qo„yilma-
larni naqd pulga almashtirish
yoki muddatsiz qo„yilmalarga
aylantirish
Muomaladan pulni qaytarib olish:
aktivlarni sotish
muddatsiz qo„yilmalarni tezkor
qo„yilmalarga aylantirish, omo-
natlarni naqd pulga aylantirish
Nobank sektori = pulga talab
pul operatsiyasini amalga oshirishga bo„lgan ehtiyoj yoki transaktsion
motiv
ehtiyotkorlik, ya‟ni risk natijasida yo„qotishlar motivi
chayqovchilik motivi
Pul massasini muvofiqlashtirish = xalq
xo„jaligidagi pul taklifini Markaziy bank
tomonidan nazorat qilish
61
12-chizma. Pul massasi va uning unsurlari.
Kvazi so„zi lotincha «quasi» – mavhum, tagi-tugi yo„q, o„xshash,
deyarli ma‟nosini bildirib, Xalqaro Valuta Fondining metodologiyasi
bo„yicha tijorat banklarida muddatli va omonat qo„yilmalarida saqlanay-
otgan naqd bo„lmagan pul mablag„larini anglatadi. Bunday pullar pul
muomalasi tarkibida ancha salmoqli va dinamik rivojlanayotgan qismini
tashkil etadi.
Kvazi-pullar to„g„ri ma‟noda pul bo„lmasa-da, shunga qaramay,
likvid aktivlar, ya‟ni qiymatini yo„qotmay, osongina pulga aylantirsa
bo„ladigan aktivlar hisoblanadi.
Albatta, eng likvid aktiv pulning o„zidir (mutlaq likvidlik), biroq
qimmatbaho metallar, qimmatbaho toshlar, san‟at asarlari kabilar bu
borada u bilan bir xil darajada turadi. Binolar, uskunalar, mashina va
boshqalar likvidligi biroz kamroq. Odatda, boyliklarning bu toifasi
«muzlatilgan» aktivlar deb yuritiladi. Kvazi-pullar ham ancha likviddir.
Chunki muddatli omonatlar, obligatsiyalar hamda aksiyalar-ning ayrim
turlari rivojlangan mamlakatlarda qisqa vaqt ichida naqd pulga aylantiri-
lishi mumkin.
Ayni paytda tarixdan ma‟lumki, davlatga qandaydir ehtiyojlar
uchun katta pul mablag„lari zarur bo„lib qolgan hollarda pulning bu
turini uzoq muddatga muzlatib qo„yish hollari bo„lgan va u bu tadbirni
ixtiyoriydan majburiy tadbirga aylantirgan.
Odatda, siyosiy yoki iqtisodiy tanglikdan chiqayotgan mamlakat-
ning pul siyosati ana shunday «muzlatilgan omonatlar» ni indeksatsiya
qilish yo„li bilan aholi ishonchini tiklashdan hamda shu tariqa iqtisodi-
yotdagi investitsiya faolligini jonlantirish uchun mablag„larni jalb
etishdan boshlanadi. O„zbekistonda bu jarayon Vazirlar Mahkamasining
«Aholi omonatlaridagi va davlat sug„urtasi bo„yicha mablag„larni indek-
satsiya qilish chora-tadbirlari to„g„risida» 1996-yil 12-fevralda chiqar-
gan qarori bilan boshlandi. Bu qarorda 1992-1995-yillardagi narxlar
indeksi o„sishini hisobga olib, aholi pul mablag„larini indeksatsiya qilish
hajmlari belgilangan.
[46]. Pul massasi tarkibida M
1
va M
2
kabi jamlama tarkibiy qismlar
yoki pul agregatlari ajratiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: