3.12-topshiriq
Sotib oluvchi korxona bankka to„lov topshiriqnomasini taqdim etdi:
A) shu bankni o„zida xizmat ko„rsatiladigan mahsulot yetkazib
beruvchiga olingan mahsulot uchun 500 ming so„mga, 202-sonli top-
shiriqnoma;
B) mahsulot yetkazib beruvchiga (boshqa bankda xizmat ko„rsati-
ladigan) tovarlar uchun oldindan to„lov bo„yicha 150 ming so„mga, 203-
sonli topshiriqnoma.
To„lovchining depozit hisobvarag„ida pul mablag„lari mavjud:
A) I variant bo„yicha -800 ming so„m;
B) II variant bo„yicha -120 ming so„m;
V) III variant bo„yicha -200 ming so„m.
Har bir variant bo„yicha bank operatsiyalarini aniqlang va ularni
hisobvaraqlarda aks ettiring.
Do'stlaringiz bilan baham: |