422
darajasida nazarda tutilmagan o„zgarishlarning bank foydasiga salbiy
ta‟sir etish riskidir. Bu risk bozor iqtisodiyotiga xos obyektiv hodisadir.
Bankning zarar ko„rishiga sabab, bank aktivlarini qaytarish muddatlari
bilan bankning o„z majburiyatlarini bajarish muddatlari o„rtasidagi
tafovut kattalashib ketadi.
Foiz stavkalari o„zgarishi riski (R
fo„
) quyidagi ko„rsatkichlarda o„z
ifodasini topadi:
yus
yus
fo
P
А
R
'
ya
s
fo
D
D
R
'
Bu yerda:
A
yus
– foiz stavkalarini o„zgaruvchanligini yuqori darajada sezuvchi
aktivlar;
P
yus
– foiz stavkalari o„zgaruvchanligini yuqori darajada sezuvchi
passivlar;
D
s
– sug„urtalanmagan depozitlar;
D
ya
– yalpi depozitlar.
Sug„urtalanmagan depozitlar – asosan hukumat va uyushmalar-
ning depozitlaridan ortiq hajmdagi depozitlari, shuningdek, foiz stavkasi
o„zgaruvchanligini yuqori sezuvchi boshqa depozitlardir.
Foiz riski quyidagi sabablarga ko„ra likvidlikni yo„qotish riski bilan
ham uzviy bog„langan:
Muddatlar bo„yicha aktivlar bilan passivlarning salbiy tafovuti
bankning bozordan qimmat resurslarni sotib olishga majbur bo„lishiga
olib kelibgina qolmasdan, balki uning umuman shu resurslarni jalb
etolmay qolishiga ham olib keladi.
Juda qimmat resurslarni sotib olish yoki aktiv operatsiyalar
bo„yicha daromadlarni bank undira olmasligi mumkin. Kapital miqdori
bankning ishlamaydigan ko„chmas aktivlaridan kamayib qolsa, bankda
«darcha» paydo bo„ladi va u daromad keltirmaydigan aktivlarni pulli
resurslar bilan ta‟minlashga majbur bo„ladi.
Barcha xarajatlar va soliq to„lovlaridan so„ng qolgan sof foydaga
tegishli risk esa ko„zlangan foydaning yetarli bo„lmasligi riskidir.
Bank faoliyatida yoki bankdan tashqaridagi sharoitning yoki hukumat
qonunchiligining o„zgarishi natijasida bank foydasi hajmi keskin
423
qisqarib ketishi mumkin. Banklararo raqobatning kuchayishi bank aktivi
bo„yicha daromad bilan bankning vaqtincha mablag„ jalb qilishidagi
xarajati orasidagi farqning qisqarishiga olib keladi.
Natijada bank aksionerlarining bitta aksiyaga to„g„ri keladigan
daromadi miqdori kamayib ketadi va bank aksiyasining bahosi pasayib,
uning obro„siga putur etadi.
Ko„zlangan foydaning yetarli bo„lmasligi riski quyidagi ko„rsatkich-
larda o„z ifodasini topadi:
soliq to„langandan keyingi daromadning o„zgarishi;
bank kapitali va aktivlari daromadliligining tebranishi.
Bank kapitali va aktivlari daromadliligining tebranishi qancha
kuchli bo„lsa, bankning daromadi risk (xatar) ostida qoladi. Bankning
qimmatli qog„ozlariga o„z mablag„larini jalb qilgan investorlar foyda
olmasliklari riski vujudga kelganini tushunsalar, ular bankning boshqa
vositalar yordamida daromad olishga yoki mablag„larini boshqa
daromadliroq faoliyatlarga yo„naltirish harakatiga tushib qoladilar.
Do'stlaringiz bilan baham: