35-chizma. Bank hisobvarag„i turlari.
Asosiy hisobvaraq hisob-kitob hisobvarag„i bo„lib, u tijorat
tashkilotlariga to„lovlarni to„lash, kreditlar olish, tushumlarni kiritish va
bank hisobvarag„i shartnomada ko„zda tutilgan boshqa operatsiyalarni
amalga oshirish uchun ochiladi. Hisob-kitob varaqlari ko„pgina tijorat
tashkilotlariga (fondlar, ko„ngilli birlashmalar, matlubot kooperatsiya-
lari nafaqat mulk egasi, balki boshqa manbalar hisobiga moliyalashtiri-
ladigan muayyan turdagi muassasalarga) ochiladi. Hisob-kitob varaqlari
yuridik shaxs ariza iltimosnomasi bilan uning filiali va vakolatxonasiga
ham ochilishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |