Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта


Tasdiqlangan  cheklanishlar



Download 4,68 Mb.
Pdf ko'rish
bet350/511
Sana13.07.2021
Hajmi4,68 Mb.
#117751
1   ...   346   347   348   349   350   351   352   353   ...   511
Bog'liq
bank ishi

Tasdiqlangan  cheklanishlar  mijozlardan,  kelishilganiga  ko„ra, 

vaqti-vaqti  bilan  moliyaviy  hisobotlarni  bankka  taqdim  qilish,  har 

qanday  ta‟minotni  sug„urtalash,  likvidlilik  va  kapitalning  yetarlilik 

darajalarini saqlab turishni talab qiladi. 



Taqiqlangan cheklanishlarga asosan mijozlar bankning ruxsatisiz 

boshqa  moliyaviy  faoliyatlarni  amalga  oshirmasliklari,  qarz  hajmini 

orttirmasliklari,  aktivlarini  sotmasliklari,  o„zlarining  aksiyadorlariga 

yuqori darajada dividendlar to„lamasliklari lozim va boshqalar. 

Mijoz  kredit  arizasidagi  ma‟lumotlarning  barchasini  kafolatlashi 

lozim.  Kredit  shartnomasiga  asosan  mijozga  kafillik  bera  oladigan 

tashkilot,  firma  yoki  jismoniy  shaxsning  nomi,  mijoz  tang  ahvolda 

qolganda  uning  qarzini  to„lashga  kafolat  berishi  to„g„risida  to„liq 

ma‟lumot bo„lishi kerak. 

Kredit  shartnomasida  «Kredit  shartnomasini  bajarmaslik  hollari» 

bo„limi  bo„lib,  mijoz  shartnomani  buzgan  hollarda  bank  kreditni 

qaytarib olish uchun qanday huquq va vakolatlarga ega ekanligi yoritib 

beriladi.  Bu  bo„limda  shartnoma  bajarilmagan  hollarida  kreditni 

qaytarib olish maqsadida ijro organlariga murojaat qilingan vaqtdagi sud 

va  advokatlarga  to„laydigan  barcha  sarf-xarajatlar  va  chiqimlarni  kim 

to„lashi ko„rsatiladi. 



[245]. Qarz shartnomasi deb shunday shartnomaga aytiladiki, bunga 

asosan  bir  taraf  (qarz  beruvchi)  ikkinchi  tarafga  (qarz  oluvchiga)  pul 

yoki unga xos alomatlari bilan belgilangan boshqa ashyolarni mulk qilib 

beradi.  Qarz  oluvchi  esa  qarz  beruvchiga  bir  yo„la  yoki  bo„lib-bo„lib, 

o„shancha summadagi pulni yoki qarzga olingan ashyolarning xili, sifati 

va  miqdoriga  barobar  ashyolarni  (qarz  summasini)  qaytarib  berish 

majburiyatini oladi (FK, 732-modda).  

Qarz  shartnomasi  pul  yoki  ashyolar  topshirilgan  paytdan  boshlab 

tuzilgan  hisoblanadi.  Agar  qarz  summasi  eng  kam  ish  haqining  o„n 

barobaridan ortiq bo„lsa, u holda fuqarolar o„rtasidagi qarz shartnomasi 

oddiy  yozma  shaklda  tuziladi.  Shartnomadagi  taraflardan  biri  yuridik 



 

390 


shaxs  bo„lganida  esa  summasidan  qat‟iy  nazar  yozma  shaklda  tuzilishi 

shart. 


Qarz  shartnomasining  oddiy  yozma  shakliga  rioya  qilmaslik  uning 

haqiqiy emasligiga olib kelmaydi, biroq nizo chiqqan taqdirda taraflarni 

bitimning  tuzilganligini,  mazmunini  yoki  bajarilganligini  guvohlarning 

ko„rsatmalari bilan tasdiqlash huquqidan mahrum qiladi. 

Agar  qarz  oluvchining  tilxati  yoki  unga  qarz  beruvchi  tomonidan 

muayyan  summa  yoki  muayyan  miqdordagi  ashyolar  topshirilganligini 

tasdiqlaydigan  boshqa  hujjat  mavjud  bo„lsa,  qarz  shartnomasi  yozma 

shaklda tuzilgan hisoblanadi. 



[246].  Qarz  shartnomasining  huquqiy  belgilari  quyidagilardan 

iborat: 


 

Bu  shartnoma  real  shartnoma  sanaladi,  chunki  taraflar  o„rtasida 



huquq  va  burchlar  shartnoma  predmeti  bo„lgan  pul  yoki  ashyoning 

topshirilishi  paytidan  e‟tiboran  vujudga  keladi  va  shartnoma  ham  shu 

paytdan e‟tiboran tuzilgan hisoblanadi. 

 



Qarz  bir  tomonlama  shartnomalar  guruhiga  kiradi,  chunki  bu 

shartnoma  yuzasidan  bir  taraf  qarz  beruvchi  huquqlar  olsa,  ikkinchi 

tarafda  -  qarzdorda  burchlar  bo„ladi,  jumladan,  qarz  beruvchi  qarzning 

qaytarilishini  talab  qilish  huquqiga  ega  bo„lsa,  qarzdor  olingan  qarzini 

qaytarishga majbur bo„ladi (FK, 735-modda). 

 



Qarz  shartnomasi  fuqarolar  o„rtasida  agar  bu  qarzning  summasi 

eng kam ish haqining o„n baravaridan ortiq bo„lsa, oddiy yozma shaklda 

tuzilishi,  shartnomadagi  taraflardan  biri  yuridik  shaxs  bo„lganida  esa, 

qarz summasidan qat‟iy nazar, yozma shaklda tuzilishi shart (FK, 733-

modda). 

 



Qarz  mulkka  nisbatan  bo„lgan  egalik  huquqini  yoki  mulkni 

operativ  boshqaruv  huquqini  o„tkazishga  qaratilgan.  Binobarin, qarzdor 

qarzga  olingan  narsaning  aynan  o„zini  qaytarmasdan,  balki  olgan  pulni 

yoki  o„sha  qarzga  olingan  narsaning  xili,  sifati  va  miqdori  baravarida 

boshqa narsani qaytarishga majbur bo„ladi. 

 



Qarz  shartnomasi  agar  qonunda  yoki  qarz  shartnomasida  bosh-

qacha tartib nazarda tutilgan bo„lmasa, qarz beruvchi (yuridik shaxs yoki 

fuqaro)  qarz  oluvchidan  qarz  summasiga  shartnomada  belgilangan 

miqdorda va tartibda foizlar olish huquqiga ega bo„ladi. 

Qarz  shartnomasini  bajarish  muddatlariga  to„xtaladigan  bo„lsak, 

agar  qarz  summasini  qaytarish  muddati  shartnomada  belgilangan 

bo„lmasa,  qarz  oluvchi  uni  qarz  beruvchi  qarzni  qaytarish  haqida  talab 



 

391 


qo„ygan kundan boshlab o„ttiz kun mobaynida qaytarishi kerak. 


Download 4,68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   346   347   348   349   350   351   352   353   ...   511




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish