aylanma mablag„larni to„ldirishga kreditlar kichik va o„rta tadbirkorlik
332
subyektlariga berilgan kreditlarni qaytarishning eng uzoq muddati,
qaytarish muddatini uzaytirishni hisobga olgan holda 12 oydan oshishi
mumkin emas, fors-major holatlari bundan mustasno.
Qishloq xo„jaligi ishlab chiqarishini tashkil etishga mo„ljallangan
aylanma mablag„larni to„ldirish uchun dehqon va fermer xo„jaliklariga
berilgan kreditlarni qaytarishning eng uzoq muddati, qaytarish muddati
uzaytirilishi hisobga olingan holda, 30 oydan oshishi mumkin emas,
fors-major holatlari bundan mustasno. Fermer va dehqon xo„jaliklari-
ning qishloq xo„jaligi faoliyati bilan bog„liq bo„lmagan aylanma mab-
lag„lari uchun berilgan boshqa kreditlar bo„yicha ulardan foydalanish
muddatlari, qaytarish muddati uzaytirilishi hisobga olingan holda, 12 oy
etib belgilanadi. Banklar investitsiya maqsadlari uchun berilgan kreditlar
bo„yicha imtiyozli davr belgilashi mumkin. Jamg„arma mablag„lari
hisobidan kreditlar qarz oluvchilarga mahsulot etishtirish (tamakichilik
va alkogolli mahsulot ishlab chiqarishdan tashqari) bilan bog„liq bo„l-
gan, amaldagi qonunchilik bilan taqiqlanmagan va quyidagilarni nazarda
tutuvchi tadbirkorlik faoliyatini tashkil etish, rivojlantirish va kengay-
tirish uchun beriladi:
ishlab chiqarish binolarini qurish, texnika bilan jihozlash va
rekonstruksiya qilish;
mashinalar, asbob-uskunalar, jihozlar, inventarlar, urug„lik, mol
va parrandalar sotib olish;
xomashyo va materiallar, shu jumladan mollar uchun yem, omix-
ta ozuqa, veterinariya preparatlari, o„simliklarni himoya qilishning
kimyoviy vositalari, mineral o„g„itlar, yonilg„i-moylash materiallari va
ekin maydonlariga ishlov berish bo„yicha mexanizatsiyalashtirilgan
xizmatlar sotib olish;
jamg„arma mablag„lari hisobidan olingan kreditlarni yoki boshqa
har qanday qarzlarni uzishga, ishlab chiqarish maqsadida foydalanilmay-
digan shaxsiy mol-mulk olishga berilishi mumkin emas. Jamg„arma
mablag„lari hisobidan berilgan kreditlardan foydalanganlik uchun foiz
stavkasi miqdori O„zbekiston Respublikasi Markaziy bankining qayta
moliyalash bo„yicha kredit berilgan kundagi belgilangan stavkasining 50
foizidan ortiq bo„lmagan miqdorda belgilanadi;
kreditlar mijozning talab qilib olinadigan depozit hisob raqami
joylashgan joy bo„yicha beriladi;
zarar ko„rib ishlayotgan, likvidsiz balansga ega bo„lgan qarz
oluvchilarga jamg„arma mablag„lari hisobidan kredit berilmaydi, ilgari
333
berilgan ssudalar esa belgilangan tartibda muddatidan oldin undirib
olinadi. Ushbu qoida kredit shartnomasida albatta nazarda tutilishi
kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: