Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта


[174].  Valuta  bozorida  turli  turdagi  shartnomalar  amal  qiladi.  Ularning  ko„pchiligi  spot



Download 4,68 Mb.
Pdf ko'rish
bet257/511
Sana13.07.2021
Hajmi4,68 Mb.
#117751
1   ...   253   254   255   256   257   258   259   260   ...   511
Bog'liq
bank ishi

[174].  Valuta  bozorida  turli  turdagi  shartnomalar  amal  qiladi. 

Ularning  ko„pchiligi  spot  shartlari  asosida  amalga  oshiriladi.  Uning 

asosiy xususiyati shundaki, bitimni imzolash va bajarish vaqtlari qariyb 

mos keladi. Bitimning bunday turida valuta sotuvchidan sotib oluvchiga 

shartnoma imzolanishi bilanoq (ko„pi bilan ikki ish kunida) yetkaziladi. 

Spot  shartnomalariga  jami  valuta  shartnomalarining  90  foizi  to„g„ri 

keladi.  

Ikkinchi  valuta  shartnomasi  turi  –  muddatli  shartnoma.  Bunday 

shartnomalarning ikki xususiyati bor.  

Birinchidan,  shartnoma  imzolanishi  va  bajarilishi  orasida  ma‟lum 

vaqt intervali bor. Bir haftadan olti-o„n ikki oygacha. 



Ikkinchidan,  valuta  kursi  shartnoma  imzolangan  davrda  belgilan-

gani  bo„yicha  qabul  qilinadi.  Valuta  kurslari  o„zgarishlari  unga  ta‟sir 

etmaydi.  Muddatli  shartnomalar  valuta  risklaridan  sug„urtalanish  yoki 

valuta  spekulatsiyasi  maqsadida  amalga  oshiriladi.  Eksportyor  o„zini 

xorijiy  valuta  kursining  tushishidan  sug„urtalash  maqsadida  kelgusi 

valuta  daromadini  muddatli  kurs  bo„yicha  sotishi  mumkin.  Importyor 

xorijiy  valuta  kursi  oshishidan  o„zini  sug„urtalash  maqsadida  kelgusi 

valuta  tushumini  ma‟lum  muddatga,  muddatli  kurs  bo„yicha  sotishi 

mumkin.  

Rivojlangan 

davlatlar 

valuta  bozorlarida 

valuta 

kursining 

o„zgarishiga  qarab  ishlovchi  valutachilar  faoliyati  to„g„risida  qisqacha 

to„xtalish  mumkin.  Bu  valutachilarning  asosiy  maqsadi  valuta  bozorida 

valuta kurslarining o„zgarishi asosida katta foyda olishdan iborat. Valuta 

kursining oshishi yoki pasayishiga qarab faoliyat ko„rsatuvchilar xalqaro 

amaliyotda  «ayiqlar»  va  «buqalar»  deb  ataladi.  Ular  faoliyatining 



 

281 


mohiyati quyidagilardan iborat. Agar valuta kursi tushishi kutilsa, valuta 

kursi pasayishiga o„ynovchilar (ularni xalqaro amaliyotda «ayiqlar» deb 

atashadi)  valutani  shartnoma  tuzilgan  davr  (muddatli  kurs)  kursi  bilan 

sotish  to„g„risida  muddatli  shartnoma  tuzadilar.  Agar  bu  muddatda 

valuta  kursi  tushsa,  ayiqlar  valutani  bozordan  pasaygan  kursda  sotib 

olib,  uni  muddatli  kurs,  ya‟ni  oldingi  shartnomada  ko„rsatilgan  yuqori 

kurs  bo„yicha  sotadilar  va  kurslar  o„rtasidagi  farq  miqdorida  foyda 

oladilar. 

Valuta  kursining  ko„tarilishiga  o„ynovchilar  («buqalar»)  esa  valuta 

kursi  oshishi  kutilganda,  valutani  keyinchalik  shartnoma  tuzilgan 

vaqtdagi  kurs  bo„yicha  sotib  olishga  kelishilgan  muddatli  shartnoma 

tuzadilar. Kurs oshganda esa valutani muddatli shartnomada belgilangan 

(oldingi)  narx  bo„yicha  sotib  oladilar  va  oshgan  yuqori  narxda  sotib 

foyda ko„radilar. 

Banklar  tomonidan  amalga  oshiriladigan  muddatli  operatsiyalar 

forvard operatsiyalari deb yuritiladi.  

Forvard  operatsiyalaridagi  valuta  kursi  spot  shartnomasi  bo„yicha 

kursdan  farqlanadi.  U  mukofot  va  chegirma  usuli  bilan  o„rnatiladi. 

Mukofot  forvard  kursi  spot  kursidan  mukofot  miqdoriga  ko„pligini  bil-

diradi. Forvard marjasi, ya‟ni spot va forvard orasida farq jahon kapitali 

bozoridagi depozitlarning foiz stavkalariga bog„liq bo„ladi. Depozit foizi 

kichik  davlatlarda  valuta  kursi  mukofot  bilan,  katta  davlatlarda  valuta 

kursi chegirma bilan belgilanadi.  

Kassa  va  forvard  operatsiyalarini  muvofiqlashtiruvchi  valuta 

shartnomalaridan  biri  svop  shartnomasidir.  Bu  shartnoma  ikki  valuta 

savdo-sotig„ini  darhol  amalga  oshirish  sharti  (spot)  va  shu  bilan  birga 

unga  qarshi  muddatli  shartnoma  tuzishni  anglatadi.  Masalan,  dollarni 

markaga  spot  shartida  sotish  va  shu  zahoti  uni  sotib  olish  bo„yicha 

muddatli shartnoma tuzish yoki unga teskari operatsiya dollarni markaga 

sotib olish spot shartnomasi va uni sotish bo„yicha muddatli shartnomani 

tuzish kiradi. 

Forvard  shartnomasi  turlaridan  biri  opsion  shartnomasidir.  Opsion 

shartnomasini  o„ziga  xos  xususiyati    sotib  oluvchining  valutani  emas, 

balki  uni  sotib  olish  huquqini  sotib  olishidir.  Bunda  sotuvchi  ma‟lum 

valutani  ma‟lum  miqdorda  sotish  yoki  sotib  olish  majburiyatini  oladi. 

Sotib  oluvchi  esa  shu  miqdordagi  valutani  sotish  yoki  sotib  olish 

huquqidan  foydalanmaslik  huquqiga  ham  ega.  U  bu  uchun  sotuvchiga 

opsion  mukofotini  to„laydi.  Agar  sotib  oluvchi  o„z  huquqidan 



 

282 


foydalanmasa, u mukofot summasida zarar ko„radi. 

«Spot»,  forvard  va  opsion  shartnomalari  banklararo  bozorlarda  va 

birjalarda amalga oshiriladi. Birjada amalga oshiriladigan ixtisoslashgan 

shartnomalarga  fyuchers  shartnomalari  kiradi.  Fyuchers  operatsiyalari 

fyuchers  shartnomalarini  sotish  va  sotib  olish  bo„yicha  tuziladi. 

Fyuchers  operatsiyasi  valutani  sotib  olish  yoki  unga  qarama-qarshi 

operatsiya  bilan  tugaydi.  Fyuchers  operatsiyasining  natijasi  bu 

yutqazgan  tomonning  yutgan  tomonga  shartnoma  tuzilgan  va  amalga 

oshirilgan  vaqt  orasidagi  kursi  farqini  to„lashdir.  Bu  farqni  birjaning 

hisob-kitob  (kliring)  palatasi  to„lab  beradi.  Fyuchers  shartnomalari 

imzolanishi bilan birjaning hisoblash markazida ro„yxatdan o„tadi. 

Fyuchers  va  boshqa  muddatli  shartnomalarning  maqsadi  valuta 

operatsiyalarini  xejirlash  yoki  chayqovchilik  asosida  foyda  olishdir. 

Banklar  o„z  mijozlarining  valuta  risklarini  o„z  zimmasiga  olsalar 

(forvard  operatsiya  o„tkazganda),  unga  teskari  fyuchers  bitimi 

yordamida  bu  risklarni  kamaytiradi  (yo„qotadi)lar.  Fyuchers  bitimi 

tugaganda  esa  ular  real  tovarlar  bitimidan  ko„rgan  zararni,  valuta  kursi 

orasidagi  farqdan  olgan  daromadi  hisobidan  qoplash  imkoniyatiga  ega 

bo„ladilar. 


Download 4,68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   253   254   255   256   257   258   259   260   ...   511




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish