Muddatli depozitlar – yuridik va jismoniy shaxslarning shartno-
mada qat‟iy kelishilgan muddat va unda ko„rsatilgan foizlarni to„lashga
doir mablag„laridir.
Muddatli depozitlar quyidagi muddatlar bo„yicha tasniflanadi:
muddati 30 kungacha bo„lgan depozitlar;
muddati 90 kungacha bo„lgan depozitlar;
muddati 180 kungacha bo„lgan depozitlar;
muddati 365 kungacha bo„lgan depozitlar;
muddati 365 kundan ortiq bo„lgan depozitlar;
Agar muddatli depozit muddati o„tgandan keyin mijoz tomonidan
talab qilib olinmasa, shartnomada boshqa hollar ko„zda tutilmagan
taqdirda, asosiy talab qilib olinguncha depozit hisobvarag„iga o„tka-
ziladi.
Muddatli depozitlar ikki xil bo„ladi:
xususiy muddatli depozitlar;
avvaldan ogohlantirish sharti bilan qo„yiladigan muddatli depo-
zitlar.
Do'stlaringiz bilan baham: |