Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта



Download 4,68 Mb.
Pdf ko'rish
bet93/511
Sana13.07.2021
Hajmi4,68 Mb.
#117751
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   511
Bog'liq
bank ishi

3-bob. TIJORAT BANKLARI 

 

3.1. Tijorat banklari to„g„risida umumiy tushunchalar 

 

[68].  Tijorat  banklari  –  bank  tizimining  quyi  bo„g„ini  bo„lib,  jis-

moniy va yuridik shaxslarning bo„sh turgan pul mablag„larini jalb qilish 

va ularni o„z nomidan, to„lovlilik, muddatlilik, qaytib berish sharti aso-

sida  joylashtirish  operatsiyalarini  va  boshqa  bank  faoliyati  deb  hisob-

lanadigan barcha operatsiyalarni bajaruvchi tijorat tashkilotidir. 

Hozirgi  davrda  tijorat  banklarining  faoliyati  juda  ham  xilma-xildir. 

Ular  pul  muomalasi  va  kredit  munosabatlarini  tashkil  qilishdan  tashqari, 

xalq xo„jaligini mablag„ bilan ta‟minlash, sug„urta operatsiyalari, qimmatli 

qog„ozlar  oldi-sotdisi,  ayrim  hollarda  vositachilikni  va  mulkni  boshqa-

rishni  amalga  oshiradi.  Shuningdek,  maslahatchi  sifatida  xalq  xo„jalik 

dasturlarini muhokama qilishda ishtirok etadilar, statistikani olib boradilar. 

Tijorat bankining mohiyatini aniqlash uchun ularning: 

 



nima bilan shug„ullanishini; 

 



qanday operatsiyalarni bajarishini; 

 



qanday sifatlarga egaligini; 

 



o„ziga xos xususiyatlarini; 

 



asosi nima bilan belgilanishini; 

 



ichki tizimi qandayligini tushunib etmoq lozim. 

Demak,  tijorat  banki  tushunchasi  bank  faoliyatini  xarakterlovchi 

tasodifiy  savollar  yig„indisi  emas,  balki  uslub  bo„yicha  qo„yiladigan 

aniq  savollarni  ko„rib  chiqishni  talab  etadi.  Bunday  yondashish  bankka 

quyidagilar nuqtayi nazaridan ta‟rif berishga asos bo„lishi mumkin: 

 



bank tashkilot yoki muassasa sifatida; 

 



bank korxona sifatida; 

 



bank tijorat yoki savdo korxonasi sifatida; 

 



bank vositachi korxona sifatida; 

 



bank birja agenti sifatida; 

 



bank kredit beruvchi korxona sifatida. 

Bankka tashkilot nuqtayi nazardan qarash ko„z oldimizga boshqaruv 

apparatini  gavdalantirsa,  korxona  sifatida  qarash  esa  uni  har  qanday 

korxona  singari  mustaqil  xo„jalik  subyekti  ekanligiga  ishonch  hosil 

qildiradi.  Bank  faoliyatini  savdo  bilan  qiyoslash  ham  tasodifiy  emas. 

Haqiqatan  ham,  banklar  resurslarni  «sotib  oladi»,  ularni  «sotadi», 

taqsimlash  sohasida  faoliyat  ko„rsatib,  tovarlar  ayirboshlashini  amalga 

oshiradi. 




 

99 


Bank yetarli miqdorda mablag„ to„plab, turli qarz oluvchilar talabiga 

ko„ra har xil muddatli kreditlarni tanlash imkonini hosil qiladi. Bu holda 

bank  ikki  subyekt  –  qarz  beruvchi  va  qarz  oluvchi  o„rtasida  vositachi 

rolini  o„ynaydi.  Lekin  shuni  qayd  qilish  lozimki  turli  vositachilar  bir 

qator  xizmat  turlarini:  yuridik,  komission,  pochta  kabi  xizmatlarni 

bajarishlari  mumkin.  Lekin  bu  bilan  ular  bank  bo„la  olmaydilar.  Bank 

vositachi  sifatida  bir  qator  oddiy  vositachilardan  farq  qiluvchi,  ya‟ni 

ham  qarz  beruvchi,  ham  qarz  oluvchi  hamda  ular  o„rtasida  aloqa 

bog„lovchi, shuningdek, hisob-kitoblar vositachisidir. 

Bankning  muomala  sohasidagi  faoliyati  bilan  bog„liq  birja  agenti 

sifatidagi tasavvurlar 20-yillarda paydo bo„lgan. Bunda banklar mustaqil 

ravishda birja operatsiyalarini amalga oshirishi, qimmatli qog„ozlar oldi-

sotdisi bilan bog„liq operatsiyalarni bajarishi mumkin. 

Nihoyat,  banklar  valuta  ayirboshlashi  (oldi-sotdisi)  kredit  savdosi, 

korxona  va  aholi  tomonidan  qo„yilgan  bo„sh  mablag„larga  to„lovlar 

berish va ularni qarz oluvchilariga «sotish» bilan bog„liq operatsiyalarni 

amalga  oshiradi.  Aytish  joizki,  bank  aslida  bank  zaminini  yaratgan 

kreditning  rivojlanish  natijasida  paydo  bo„lgan.  Shu  yerda  bank 

faoliyatining  savdo  tashkiloti  sifatidagi  ta‟rifdan  farqini  qayd  etish 

kerak. Savdoda tovar o„z mulk egasini o„zgartirsa, kreditlashda esa mulk 

egasi o„zgarmaydi. 

Tijorat banklari bir-biridan quyidagilar bilan farq qiladi (7-jadval). 

Yuksak  rivojlangan  mamlakatlarda  tijorat  banklarning  aksariyat 

qismi mulk shakli bo„yicha aksioner va xususiy banklar hisoblanadi. Va 

hozirgi  paytda  ham  omonatchilar,  kichik  va  o„rta  biznes  korxonalarga 

xizmat  ko„rsatish  asosan  unchalik  katta  bo„lmagan  xususiy  banklar 

hissasiga to„g„ri keladi. Xususiy banklar: 

 



iqtisodiyotga xususiy sarmoyalarni jalb etish orqali samaradorligi 

yuqori  ilg„or  investitsiya-loyihalariga  yo„naltirilgan  mablag„larning 

ko„payishiga; 

 



kichik  va  o„rta  tadbirkorlarga  bank  xizmati  ko„rsatish  saviyasi-

ning oshishiga; 

 

yangi turdagi bank instrumentlarining rivojlanishiga ijobiy ta‟sir 



etadi. 

Ayniqsa,  O„zbekiston  Respublikasi  Prezidentining  1997-yil  aprel-

dagi  «Xususiy  tijorat  banklarini  tashkil  etishni  rag„batlantirish  chora-

tadbirlari  to„g„risida»gi  farmoni  mazkur  jabhada  muhim  ahamiyatga 

molik  bo„ldi.  Faqat  1998-1999-yillar  ichida  Toshkentda  «Alp-Jamol-



 

100 


bank», «Turkistonbank», «XIFbank», Andijonda «Hamkorbank», Qarshi 

shahrida «O„ktambank», Qoraqalpog„istonda «Adiletbank», Samarqand-

da «Parvinabank» kabi banklar tashkil etildi. 


Download 4,68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   511




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish