3
Iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishda bank
tizimi lokomotiv vazifasini bajarishi kerak.
Islom Karimov
KIRISH
Dastlab, shuni ta‟kidlash lozimki, O„zbekiston Respublikasining ho-
zirgi bank tizimi mustaqillikka erishgunga qadar bo„lgan davrdagi bank
tizimidan tubdan farq qiladi. Ma‟lumki, o„sha davrda bank tizimining
o„zagini:
Sobiq Ittifoq davlat banki;
Qurilish banki;
Davlat mehnat jamg„arma kassalari tashkil etar edi.
Ittifoqdosh respublikalarda esa ushbu banklarning respublika, vi-
loyat kontoralari va tuman (tashqi iqtisodiy faoliyat bankidan tashqari)
bo„limlari faoliyat ko„rsatardi, xolos. Bu banklarning joylardagi bo„-
limlari faqatgina ko„chiruvchi operator rolini bajarar edi. Butun bank tiz-
imi markazdan boshqarilib, kreditlash limitlari ham, naqd pul chi-qarish
limitlari ham markazning ruxsati bilangina amalga oshirilar, hamma ma-
salalar yuqoridan hal qilinardi.
Qisqasi, joylarda mustaqil ijodiy ishlashning o„zi yo„q edi hisob.
Bozor munosabatlari xususida umuman gap bo„lishi mumkin emas edi.
Respublika aholisiga faqat bir narsa ma‟lum bo„lib, u ham bo„lsa, o„z
qo„lida bo„sh pullarni Davlat mehnat jamg„arma kassalarida qat‟iy bel-
gilangan foizlar olish sharti bilan saqlashlari mumkin edi. Boz ustiga,
bank tizimini ommaviy axborot vositalarida yoritishga ruxsat yo„q, bino-
barin, bank faoliyati to„g„risida birorta ma‟lumot matbuotda yoritil-
masdi.
Faqatgina 1987-yilning ikkinchi yarmidan boshlab, asosan Davlat
banki negizida «Agrosanoatbank», «Uyjoy ijtimoiybank», «Sanoat-qu-
rilishbank» va boshqa tarmoq banklari tashkil etila boshlandi. Biroq bu
o„zgarishlar ham kutilgan natijalarni bermadi. Chunki markazlashgan
boshqaruv tizimi hali davom etar va o„z izmini o„tkazar edi.
O„zbekiston Respublikasining mustaqillikka erishishi iqtisodiy mus-
taqillik sari qo„yilgan ilk qadam bo„ldi. Mustaqil davlatimiz siyosatining
eng muhim yo„nalishlaridan biri bank tizimini isloh qilish va uni tubdan
o„zgartirishga qaratildi. Bank tizimini isloh qilish hukumatimizning bo-
zor iqtisodiyotiga bosqichma-bosqich o„tish dasturiga muvofiq amal-ga
oshirila boshlandi.
4
Bank tizimini isloh qilishning dastlabki bosqichida 1991-yilda qabul
qilingan «Banklar va bank faoliyati to„g„risida»gi O„zbekiston Respub-
likasi qonuni bozor sharoitlariga mos banklar institutini vujudga kelti-
rishning asosiy yo„nalishlarini belgilab berdi. Mazkur qonunga muvofiq
SSSR davlat bankining hududiy bo„limi O„zbekiston Respublikasining
Markaziy bankiga aylantirildi va u bevosita davlat boshchiligida bank
tizimini isloh qilishni boshladi.
Juda qisqa muddat ichida ikki pog„onali bank tizimini vujudga kel-
tirish borasida birinchi qadamlar qo„yildi. Markaziy bankning tashkiliy
strukturasi va ish uslublari qayta qurilib, tijorat banklari aksiyalashtirildi
va bugungi kunda ularning soni 29 taga yetdi.
Bundan tashqari, O„zbekiston Respublikasi Markaziy banki, va tijo-
rat banklaridan tashqari yuzlab nobank kredit tashkilotlari ham faoliyat
yuritmoqda. 2008-yilda yuzaga kelgan va barcha rivojlangan mamla-
katlar moliya-kredit tizimi hamda iqtisodiyotini larzaga keltirgan jahon
moliyaviy-iqtisodiy inqiroz moliya-bank tizimida izchil islohotlar doi-
miy ravishda olib borilishi lozimligini yana bir bor isbotlamoqda.
Prezidentimiz I.A. Karimov ta‟kidlaganlaridek, “Jahon moliyaviy
inqirozining har bir mamlakatga ta‟siri, undan ko„riladigan zararning
darajasi va ko„lami birinchi navbatda shu davlatning moliyaviy-iqtisodiy
va bank tizimlarining nechog„liq barqaror va ishonchli ekaniga, ularning
himoya mexanizmlari qanchalik kuchli ekaniga bog„liqligini isbotlashga
hojat yo„q...”
1
Mazkur o„quv qo„llanmaning o„ziga xos xususiyati shundan iborat-
ki, undan bank ishining nazariy asoslari naqt pulsiz hisob-kitoblar, xal-
qaro valuta-kredit munosabatlari va pul muomalasiga oid savollarga ham
javob topasiz.
Qo„llanmaning oxirida keltirilgan masalalar to„plamini tuzishda
dots. X.K. Kashapovning “Bank ishi” fanidan tayyorlangan to„plamidan
foydalanildi.
Mualliflar o„quvchilarni bugungi kunda bank tizimida bo„layotgan
islohotlar ko„lami, shuningdek, «Bank ishi» fani dasturiga binoan o„z-
lashtirilishi lozim bo„lgan nazariy va amaliy masalalar bilan tanishti-
rishni o„z oldilariga maqsad qilib qo„yganlar. O„quv materiallari jamlan-
gan ushbu o„quv qo„llanma o„quvchilar bilimini oshirishga xizmat qilsa,
barcha sa‟y-harakatlarimiz bekor ketmagan bo„lardi.
1
Karimov I.A. Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi, O„zbekiston sharoitida uni bartaraf etish
yo„llari va choralari. – T.: “O„zbekiston”, 2009, 7-bet.