Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта



Download 4,68 Mb.
Pdf ko'rish
bet229/511
Sana13.07.2021
Hajmi4,68 Mb.
#117751
1   ...   225   226   227   228   229   230   231   232   ...   511
Bog'liq
bank ishi

[158].  Chet  el  tajribalari  iqtisodiyotimizning  turli  tarmoqlarida 

lizingning  turli  shakllaridan  foydalanish  imkoniyatini  yaratmoqda.  Shu 

jihatdan  rivojlangan  mamlakatlarda  70-yillarda  paydo  bo„lgan  lizing 

operatsiyalarini qo„llash tartiblari bilan tanishish o„rinli bo„ladi. 

Masalan,  Fransiyada  lizing  –  murakkab  moliyaviy  operatsiya 

jarayoni  sifatida  ko„rilib,  unda  maxsus  lizing  firmasi  (ijara  beruvchi) 

buyurtmachining  (ijarachining)  talabi  va  ehtiyoji  uchun  ishlab  chiqa-

ruvchidan  zarur  bo„lgan  uskunalarni  sotib  olib,  uni  ijarachiga  ma‟lum 

vaqtga va ma‟lum ijara haqiga beradi. 

AQShda  lizingga  tadbirkorlik  faoliyati  sifatida  qaralib,  unda 

buyurtmachi  ehtiyoji  uchun  mulkdan  vaqtincha  foydalanish  huquqi 

mulkdordan ijarachiga beriladi va uning natijasida lizing firmasi ma‟lum 




 

256 


darajada  daromad  oladi.  Lizing  natijasida  hech  qanday  narsa  ishlab 

chiqarilmaydi  va  hech  narsa  sotilmaydi.  Faqat  ishlab  chiqarish 

vositasidan  foydalanish  huquqi  vaqtincha  bir  yuridik  shaxsdan  ikkinchi 

yuridik shaxsga o„tkaziladi. 

1990-yil oxirlarida jahon bo„yicha lizing operatsiyalari hajmi 1 trln. 

AQSh dollariga teng bo„lgan. Lizing firmalari 70-yillarda paydo bo„lib, 

hozirgi paytda bunday faoliyat bilan Angliyada 1,5 ming, Germaniyada 

2,5  ming  firma  shug„ullanmoqda.  30  yillik  kuzatish  shuni 

ko„rsatmoqdaki, bozor iqtisodiyoti sharoitida lizing firmalarining sinishi 

kamdan-kam uchraydigan hol. 

AQShda  barcha  yirik  firmalar  qoshida  lizing  ishlari  olib  boriladi. 

Kompaniyalar  umumiy  daromadining  25-30  foizini  uskunalarni  lizing 

operatsiyalari  orqali  ijaraga  berish  sababli  olmoqdalar.  1990-yilda 

barcha lizing operatsiyalari bu mamlakatda 500 milliard dollarni tashkil 

qilgan  bo„lsa,  shundan  120  milliard  dollari  uskunalar  hissasiga  to„g„ri 

keladi.  Zero,  g„arb  kompaniyalarining  shiori:  «vaqtdan,  xomashyo  va 

materiallardan  tashqari  hamma  narsani  ijaraga  berish  mumkin». 

Aviakompaniyalar  foydalanayotgan  samolyotlarning  ham  43  foizi 

ijaradagi samolyotlardir. 

Lizing  o„rta  va kichik  firmalar uchun  ham juda qulay.  Ularning 60 

foizi  lizingdan  foydalanishadi.  AQShdagi  3,5  ming  kichik  firmalar 

lizingga  olingan  uskunalarda  ishlashadi.  Ba‟zi  korxonalarning  o„z 

ishchilari  ham  bo„lmaydi.  1990-yilda  kompaniyalarda  1,5  million 

kishilar  ijarada  ishlagan  bo„lsa,  1995-yilga  kelib  ularning  sonini  15 

million  kishiga  yetkazish  mo„ljallangan.  Bular  odatda  xizmatchilar, 

haydovchilar,  yuristlar,  kadr  xodimlar,  buxgalterlar,  o„qituvchilar, 

referentlar, tarjimonlar, tarbiyachilar va boshqalar. 

Lizing kompaniyalari ijaraga aniq kishini emas, balki mutaxassisni, 

masalan, buxgalterni beradi. 

Yevropa  mamlakatlarida  bugungi  kunda  lizing  operatsiyalari  250 

milliard  dollarni  tashkil  qiladi.  Ularning  barchasida  lizing  to„g„risida 

maxsus qonunlar qabul qilingan. 

Ijaraga berish muddatiga ko„ra lizing: 

  renting (1 soatdan 1 oygacha, masalan, avtomobillar, samolyotlar 



va hokazo); 

  xayring (1 oydan 1 yilgacha, masalan kompyuterlar); 



  odatdagi  lizing  (1  yildan  oshiq,  lekin  uskuna  yoki  ijaradagi 

buyum  amortizatsiya  muddatining  80  foizi  qismigacha)  turlarga 



 

257 


bo„linadi. 

Odamlar  orasida  “Amerikaliklarning  barchasi  shaxsiy  kompyuter-

larga  ega”  degan  fikr  keng  tarqalgan.  Aslida  esa  90  foiz  kompyuterlar 

ijaradadir. Mamlakatda lizing operatsiyasi natijasida xizmat tugaganidan 

so„ng  uskuna  ijarachiga  sotilmaydi,  agar  xizmat muddati ichida 80  foiz 

amortizatsiyasi  hisoblangan  bo„lsa,  u  holda  lizing  uchun  belgilangan 

imtiyozlardan mahrum qilinadi. 

Ilgari  paytlarda  korxonalar  yangi  sexlarni  davlat  ajratgan  kapital 

mablag„lar hisobiga qurar edilar. Hozir esa bunday imkoniyat juda kam. 

Albatta,  kredit  olish  mumkin,  lekin  qisqa  muddatli  kreditlarni  olish 

qiyin, foiz stavkalari ancha yuqori. Bunday paytda lizingdan foydalanish 

ijobiy natijalarga olib kelishi rivojlangan mamlakatlar amaliyotida ko„p 

sinalgan. 

Qoldiq  qiymat  bo„yicha  ishlayotgan  uskuna  lizing  kompaniyasiga 

sotiladi,  natijada  yirik  investitsiyaga  ega  bo„ladi.  Lizing  kompaniya-

sining  sharti  –  olingan  pul  mablag„lari  aniq  ishlarga  sarflanishi  lozim. 

Bu  pullar  hech  kimga  qaytarilmaydi,  foizlar  to„lanmaydi,  mulkka 

bo„lgan soliqdan ozod etiladi. Chunki uskunalar lizing kompaniyasining 

mulkiga  aylanadi.  Biroq  ishlab  chiqarish  jarayoni  davom  etaveradi, 

asosiy  fondlar  esa  korxonada  qoladi,  bir  vaqtning  o„zida  yangi  sex 

qurilishi  ham  olib  borilaveradi.  Korxona  esa  o„sib  borish  tartibi 

(shkalasi)  bo„yicha  ijara  haqi  to„lab  boradi:  birinchi  yili  eng  oz,  oxirgi 

yili esa eng katta miqdorda. 

Ammo lizing kompaniyalari hamma uskunalarni sotib olavermaydi. 

Ularni  loyihaning  maqsadga  muvofiqligi,  foydali  ekanligini  ishontirish 

lozim. Odatda, lizing kompaniyalari loyihani  o„rganish uchun mutaxas-

sislarni taklif qilishadi. 

 

 



 

 

 



 

Lizing  munosabatlarida  ijarachining  kafolati  muhim  hujjat 

hisoblanadi.  Kafolatsiz  bozor  iqtisodiyotida  hech  qanday  oldi-sotdi  va 

boshqa ishlar amalga oshirilmaydi. 

Rivojlangan mamlakatlarda lizing operatsiyalari bo„yicha xarajatlar 

umumiy  kapital  qo„yilmalarning  AQShda  –  30%,  Angliya,  Fransiya, 

 

Lizing kompaniyalarining 70-75 foizi banklar tomonidan tuzilib, muttasil nazo-



rat  qilib  turiladi.  Banklarning  o„zi  lizing  ishlarida  to„g„ridan-to„g„ri  kamdan-

kam  hollarda  qatnashadilar.  20  foiz  lizing  kompaniyalarini  yirik  ishlab 

chiqaruvchilar tuzadi va qolgan 5 foizi mustaqil lizing kompaniyalaridir.  



 

258 


Shveytsiyada va Ispaniyada – 13-17% ni, Italiya va Gollandiyada – 12-

14%  ni,  Avstriya,  Daniya  va  Norvegiyada  –  8-10%  ni  tashkil  etadi. 

Yaponiyada  lizing  operatsiyalari  bo„yicha  xarajatlarning  yillik  o„sishi 

25-30%  ni  tashkil  etadi.  AQSh  da  ishlab  chiqarish  vositalarining 

kengaytirilishi va modernizatsiya uchun sarflanayotgan kapital qo„yilma 

xarajatlarining  1/4  qismi;  vositalarning  to„la  xarid  qilish  uchun  emas, 

balki ulardan vaqtinchalik foydalanishga sarflanadi. 


Download 4,68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   225   226   227   228   229   230   231   232   ...   511




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish