raqami mijozni elsktron imzosidan foydalanish orqali shifrlanadi. Deshifrovkani,
ya’ni, shifrni ochishni esa faqat kartochka bo’yicha
transaktsiyalarga ishlov
berishni amalga oshiruvchi kompaniya va vakolatlangan banklar amalga oshira
oladi.
Plastik kartochkalardan foydalanishdagi cheklanishlardan biri amalga
oshirilayotgan haridlarga 5 AQSh dollaridan iborat quyi chegarani qo’yilishidir.
Kartochka emitenti har bir transaktsiya umumiy summasidan 1,5-3%, biroq 20
tsentdan kam bo’lmagan, xizmat haqi olar ekan, tizim uchun mahsulotlarga qo’yi
baho diapazonida to’lovlarni amalga oshirish foydasiz bo’lib qoladi.
Zamonaviy smart-kartochkalar o’zida protsessorli, xotirali dasturiy ta’minot
va axborotlarni kiritish-chiqarish tizimlariga ega bo’lgan
miniatyura
kompyuterlarni ifoda qiladi. Asosida plastik kartochkalar bo’lgan har qanday
to’lov tizimlarini eng muhim xususiyatlaridan biri - unda xavfsizlik tizimining
mavjudligidir. Smart-kartochkaning yana bir ustunligi - ularni ko’p
funktsionalligidir, ya’ni, bitta kartochkadan turli moliyaviy ilovalar va turli
kommunikatsiya infrato`zilmalarda foydalana olishlik imkoniyatidir. Smart-
kartochkalar asosidagi raqamli naqd pullar nafaqat konfideitsiallik
va anonimlik
zaruriy darajasini ta’minlash imkonini beribgina qolmay, shu bilan birga,
to’lovlarni amalga oshirilganligini tasdiqlashda markaz bilan aloqani ham talab
qilmaydi.
Internetda hisob-kitoblarni olib borishning yangi ko’rinishi raqamli naqd
pullar hisoblanadi. «Raqamli naqd pullar» atamasi real
dunyoda foydalaniladigan
naqd pullar ustuvorligiii internet dunyosiga o’tkazishga harakat qilayotgan elektron
to’lov tizimlari toifasini aniqlab beradi.
Raqamli naqd pullar o’zida pul belgilari vazifalarini bajaruvchi juda katta
sonlar yoki fayllarni ifoda qiladi. To’lov tizimlarining boshqa turlaridan farqli
ravishda bu fayllar pul mablag`’lari haqidagi ma’lumotlar bo’lib qolmay, balki
aynai pulning o’zini ifoda qiladi.
Evropa ittifoqi davlatlarida kredit muassasalari maqomiga ega bo’lmagan
shaxs yoki korxonalarga elektron pul emissiyasi
jarayonlarini olib borish
taqiqlanadi. Evropa qonun chiqaruvchilarining elektron pul emmissiyasiga bunday
taqiqlarni kiritishi elektron pul sohasiga ham bank faoliyatiga o’xshash etarlicha
qat’iy tartibga solishlarni kiritishga intilayotganliklaridan dalolat beradi.
Uchinchi shaxslarga elektron pulning to’lov vositasi sifatida tan olish
mexanizmi aniqlab berilgan bo’lib, bunday tan olish ko`pyur va tangalar
ko’rinishidagi to’lov vositalaridagi
kabi qonun kuchi bilan emas, balki emitent
bilan turli usullar bilan amalga oshirish mumkin bo’lgan shartnomalar asosida
amalga oshiriladi. Shunday ekan, elektron pullar o’zida emitentga qo’yiladigan
talablarni ham ifoda qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: