3-ma`ruza
Haqiqiy sonlar
Son tushunchasi uzoq o`tmishdan ma`lum. Odamlar sanash taqozosi bilan dastlab 1, 2, 3, ... - natural sonlarni qo`lla-ganlar. So`ngra manfiy son, ratsional son va nihoyat, haqiqiy son tushunchasi kiritilgan va o`rganilgan.
Biz o`quvchiga o`rta maktab, kollej va litseylarda matematika kursidan natural, butun, ratsional sonlarni, ular ustida bajariladigan amallarni, amallarning xossalarini, shuningdek to`g`ri chiziqda (sonlar o`qida) geometrik ifodalanishini ma`lum deb hisoblaymiz.
Haqiqiy sonlarning matematik analiz kursida muhimligini e`tiborga olib, ular haqidagi ma`lumotlarni talab darajasida bayon etamiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |