40
Mashina quyidagi asosiy qismlardan iborat: yuklovchi stol,qiya ta`minlovchi
transportyor 1 titish barabanlari 2 va 3 ,qisib olib yuruvchi transportyorlar 4 va
5,qisuvchi moslama 6 va chiqaruvchi transportyor 7.Mashinada po‘stloqni yuvish uchun
suv beradigan truboprovodlar sistemasini 8,tolani mashinadan eruvchi pressga
o‘tkazadigan mexanizm xam bor.
Ta`minlovchi transportyor beshta blok ustida o‘rnatilgan (xar qaysi blokda ikkit-
adan yulduzcha bor) kalibrlangan,ikkita parallel joylashgan SK-7-21 markali dumaloq
zvenoli zanjirdan iborat.Bu tansportyor zanjiridan do‘ngliklar bo‘lib,ular po‘stloqni olib
yurishga va birinchi sektsiya titish barabani zonasiga kiritishga imkon beradi.Mashina
birinchi va ikkinchi sektsiyasining materialni olib yuruvchi transportyorlari bir-biriga
o‘xshash bo‘lib,pastki ponasimon va yuqoriga fason tasmalardan tuzilgan.Ponasimon
tasmali transportyorning yuqorigi tarmoQi po‘lat yo‘lakchaga tayanadi,pastki tarmoQi
mashinaning yon tomonidan tituvchi baraban tagidan o‘tadi.Mashina ning xar qaysi
sektsiyasidagi yuqorigi transportyorning ish organi ikkitadan shkiflarga o‘rnatilgan
uzluksiz tasmadan iborat.
Birinchi va ikkinchi sektsiyalardan uzaytirilayotgan materialning yaxshi siqi-
lishini ta`minlash uchun transportyorning pastki tarmo-i richagi roliklar orqali pastki
transportyorning yuqorigi tarmoQiga siqilib turadi.
Birinchi va ikkinchi sektsiya transportyorlarning o‘qlari parallel joylashgan va
bir-biriga nisbatan 300 m siljitib o‘rnatilgan. Bu transportyorlarning tezligi bir-xilda
(16,20-24 m/sek). Titish barabanlari 1 ta xar qaysining balandligi 145 mm
bo‘lgan,radial joylashgan beshta urgich 2 bor.Urgichning oldingi qismi (400 mm uzun-
likda) 130
0
burchak ostida qiya qilingan,chiqadigan (800 mm uzunlikda) tomoni
6
0
burchak ostida vint chiziQi bo‘ylab ketgan.Barabanning oldingi konus qismi materi-
alni titish zonasiga berishni osonlashtiradi,oxirgi qismidagi vint chiziQi bo‘yicha
o‘rnatilgan urgich materialni chiqishini osonlashtiradi.Xar qaysi barabanning uzunligi-
2500 mm,diametri 1000 mm.SHunday katta dametrda bo‘lganligi uchun materialning
41
barabanga o‘ralib qolish xollari bo‘lmaydi va uzun tola chiqindiga qo‘shilib
ketmaydi.Birinchi va ikkinchi sektsiya barabanlari bir-biriga g‘arama-qarshi tomonga 5
va7 m/sek tezlikda aylanadi.Xar qaysi baraban aloxida elektr dvigateldan
xarakatlanadi.Baraban oldidagi ustunga sektor maxkamlangan,unga to‘rtta dekaning
burchaklari o‘rnatilgan.Dekalarning turtib chiqib turgan joydan barabanning urgichi
qirrasi bo‘yicha traektoriyadagi zazor ikkala sektsiyada bir-xil,birinchi yuqori
do‘nglikda -20 mm,ikkinchisida 15 mm,uchinchisida -10 mm va to‘rtinchisida -5 mm ni
tashkil qiladi.Materialni yuvish uchun xar qaysi sektsiyada ikkitadan teshikli trubalar
o‘rnatilgan va xar qaysi sektsiyada sekundiga 50 metrdan suv beriladi.Keyingi vaqtlarda
LS mashinasida olingan va kanop korxonalarida tayyorlangan ko‘k po‘stloqning xarak-
teristikalari o‘zgarganligi va po‘stloqda qoldiq yog‘ochlik miqdori ko‘pligi (30-40%)
ALV mashinasini ba`zi bir uzellarini modernizatsiya qilishga olib keladi va ALV-
mashinasi yaratildi.
ALV-M mashinasining titish barabanlarida materialga beriladigan ta`sirni
oshirish maqsadida urgichlar soni beshtadan oltitaga ko‘paytiriladi.Mashinaning
yuqorigi va pastki qisib olib yuruvchi moslama titish sektsiyasidan chiqishda (taxminan
1/3 uzunligida) qiya yo‘l bilan xarakatlanadi va uzun tolaning uchki qismini
yog‘ochlikdan tozalashga erishildi.
Mashinadan tolani chiqarish xamda uni pressdan o‘tkazish ikkinchi sektsiyaning
pastki olib yuruvchi moslamasi yordamida bajariladi va uzun tolani chiqindiga qo‘shilib
ketishiga barxam berildi.Bu mashinada po‘stloq ishlanganda bir smenda 4650 kg yoki
bir soatda 664 kg gacha etkazib tola olingan.Toladagi qoldiq yog‘ochlik esa ALV da
ishlanganga qaraganda 1,2 % kamaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: