Igna halqasini o’lchamlari qisqarib iplar chalishuvlari hosil bo’lganidan keyin baxyani tortish zaruriyati kelib chiqadi, ya’ni moki ipini tikilayotgan mato o’rtasigacha tortib, uni normal holatga keltirish baxyani tuzilishini to’g`ri hosil etishga imkon beradi, Baxyani tortish vazifasini-ip apparati, ip tarangligini sozlovchi tortuvchi va yo’naltiruvchilar bilan birgalikda ipga qo’shimcha taranglik hosil qilgan xolda bajaradi.
Agar ikkita iplar chalishuvi tikilayotgan matoning o’rtasida hosil bo’lsa baxyaning tuzilishi to’g`ri hosil bo’lgan deb hisoblanadi, (Rasm 5.2.9.). Iplarni to’ g`ri chalishuvini hosil etish uchun moki ipiga qaraganda igna ipining tarangligini bir muncha oshirish kerak, chunki mato o’rtasiga moki ipini igna ipi tortadi.
Igna ipini tarangligi tormoz moslamasi tomonidan berilib, bu taranglik taranglik sozlovchi moslamadan va ip yo’naltiruvchi moslamadan, ipni matoga ishqalanish va igna pazini tagidagi ishqalanishlar natijasida hosil etiladi.
Moki ipini tarangligi plastinkali prujinani shpulya kalpokchasiga taьsiri natijasida hosil bo’ladi, Prujinani bosim kuchi shpulya kalpokchasiga siqish darajasi bilan vintni burash orqali sozlash mumkin.
Tikuv mashinalarda, moki ipining tarangligi minimal bo’lishi shart, chunki ortiqcha taranglik igna ipini mustahkamligini kamayishiga olib keladi. Undan tashqari baxya tortilganda moki ipi qo’shimcha qarshilikni, ip bilan mato orasidagi ishqalanishni engishi kerak. Baxyadagi iplar chalishuvini tenglashtirish uchun mokiga nechanchi nomerli ip taxtlansa, ignaga xam shu nomerli ip taxtlanishi kerak, faqat igna ipidagi iplar soni ko’proq bo’lishi kerak. Baxyani tortilish jarayonida, igna halqasini moki moslamasidan o’z vaqtida chiqishi katta axamiyatga ega. Masalan, aylanma xara-katlanuvchi mokili mashinalarda mokini kech xarakatida igna halqasi, mokini plastinkali burunchasida 10 uzoq ushlanib qolib, baxya tor-tilishida salbiy ta’sir ko’rsatadi (Rasm 5.2.9., g).
Ip tortuvchi igna mexanizmiga moslangan holda birga ishlay-di. Ip tortuvchini ishlashi moki bilan mos kelmaydi (moki ignani xarakatiga qarab sozlanadi). Mokida, igna halqasi ozgina bo’lsa ham ushlanib qolsa, ip tortuvchi
ipni yangi qismini taranglikni sozlov-chi tomonidan tortadi yoki uni uzib yuboradi. Bu holda baxyalarni tortilishi yomon bajariladi. Baxyalarni yaxshi tortilishi mokini ildam xarakatida hosil bo’lishi mumkin, chunki tashlangan halqa ip tortuvchi bilan mato ichiga engil tortiladi.
Moki ignaga yaqin o’rnatilgan xollarda, ya’ni shpulya ushlagich gorizontal yo’nalishda surilgan bo’ladi va o’yiqcha tomoni burunchaga yaqin kelib igna halqasini moki moslamasidan chiqib ketishini qiyinlashtiradi. Mokini bunday joylashishi baxyalarni baxya qator-larini yomon tortilishiga olib kelishi va xatto ipni uzilishiga sabab bo’lishi mumkin. O’z navbatida bu mashinani konstruktiv kamchiligi xisoblanadi, chunki mokidagi burunchani holatini sozlash imkoniyati yo’q.
Rasm. 5.2.9. Aylanma harakatlanuvchi mokilarda baxya hosil jarayonlari
Do'stlaringiz bilan baham: |