Matoni igna bilan teshish jarayoni
Dastlab, tikilayotgan matoni igna bilan teshishda igna «e» strelka yo’nalishi bo’yicha harakatlanib (Rasm 5.2.1.), uni orasidan igna ipini o’tkazish uchun, mato
iplarini suradi. Igna mato iplarini shunday surish kerakki, bunda u iplarga shikast etkazib qo’ymasligi kerak.
Igna matoga o’tayotib matoni qarshilik kuchi R ni engib o’tadi. Bu kuch matoni hossalariga, aniqrog`i uni bikirlik xususiyatlari va mato bilan igna orasidagi ishqalanish koeffitsientiga bog`liq. Koeffitsient «m» ni R kuchga hosilasi ishqalanish kuchi T ni beradi. R kuchni ikkita kuchlarga ajratish mumkin: ulardan biri Q mato bo’ylab yo’nalgan, ikkinchisi S igna harakati yo’nalishi bo’yicha yo’nalgan. Q kuch mato iplarini itarishga intiladi, S kuch esa matoni igna plastinkasini tirqishga tushirishga harakat qiladi. S kuch igna uchi bilan iplarni g`ijimlash va titishi natijasida matoga shikast etkazishi mumkin. Shu boisdan Q kuch ijobiy hisoblanadi, chunki ignani matoga kirishiga yordam beradi, S kuch esa. igna uchi bilan iplarni g`ijimlab, titishi natijasida matoga shikast etkazishi mumkin. Shu boisdan Q kuch ijobiy hisoblanadi, chunki ignani matoga kirishiga yordam beradi. S kuch esa tikilayotgan matoga nisbatan salbiy hisoblanadi.
5.2.1- rasm asosida Q va S kuchlarni quyidagi formulalar yordamida aniqlash mumkin:
Q - R sos
S - P sin
- igna uchi burchagini yarmi.
Formulalardan ko’rinib turibdiki, burchak qancha kichik bo’lsa, shunga ko’ra ijobiy Q kuch ko’proq va salbiy S kuch kamroq bo’ladi. Igna uchi burchagi igna qalinligiga va igna uchi uzunligiga bog`liq.
Igna uchi burchagini quyidagi tenglamadan aniqlash mumkin:
tg - d /2h
bunda: d - igna diametri, h - igna uchini uzunligi.
Odatda igna diametrini kamaytirib igna uchi burchagini kamaytirish mumkin. Ammo bunda prorubka hosil bo’lmasligi uchun igna diametri tikilayotgan mato bilan bog`liq holda tanlanadi. Igna uchi uzunligi kattalashgan sari ignani salx yurishi oshadi va ignani mustahkamligi kamayadi. Shuning uchun igna uchini uzaytirib, burchakni kamaytirish noto’g`ri. Igna bilan matoni
1 - igna, 2 – mato, 3 – igna plastinkasi
Rasm. 5.2.1. Matoni igna bilan teshish jarayoni
teshish jarayonini yaxshilash uchun, R kuchni doimiy bir xilda bo’lmasligini e’tiborga olish kerak. Igna matoga kirgan sari R kuch kattalashadi. Buni asosida igna uchini oxiridagi burchakni kattaroq va ko’zchaga yaqinlashgan sari kichrayishi kerakligi ma’lum bo’ladi. Bundan kelib chiqib, ikki burchakli uchlangan ignalar qo’llaniladi. Ulardan, biri katta burchakligini (-30) uch qismida va kichik burchagini (-18) ko’zchaga yaqinroq joyda qilinadi.
Shunday qilib, ikki burchakli igna qo’llansa, igna uchini uzunligi kamayadi va uni mustahkamligi ortadi.
Igna bilan mato orasida ishqalanish kuchi T ni kamaytirish uchun ishqalanish koeffitsientini kamaytirish zarur. Buning uchun igna uchi yaxshilab silliqlanadi va yog` yoki emulьsiya bilan moylanadi.
Yuqorida aytilganidek, igna matoni teshayotganda S kuch igna plastinkasini tirqishda matoni bukishga intiladi. Bukilish kattaligiga materialni bikirlik, cho’ziluvchanlik xususiyatlari va igna plastinkasini tirqishni o’lchami ta’sir qiladi. Igna iplarni surib, ularni igna plastinkasi tirqishini chet qismlariga qisadi. Agar igna bilan tirqish chet qismlari orasidagi masofa uncha katta bo’lmasa, unda igna
va tirqish orasida qolgan mato iplari uziladi. Igna va tirqish chet qismlari orasidagi masofa qancha kichik bo’lsa, mato iplari shuncha tez uziladi. Igna tirqishi kattalashishi bilan, ignani pastga harakati davomida mato iplariga surilish imkoniyati bo’ladi. Bundan tashqari igna tirqishi ustida mato, lapka bilan igna plastinkasiga qisilmaydi. Shuning uchun tirqish qancha katta bo’lsa, mato igna ta’siridan har tarafga shuncha oson suriladi. Bularni hammasi iplarini shikastlanish ehtimolini kamaytiradi. Matoni shikastlanishi ignani qanday o’rnatishga ham boQliq. Igna tirqishni o’rtasiga o’rnatilishi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |