Ўзбекистон Республикаси Олий ва ўрта



Download 4,25 Mb.
bet63/113
Sana31.12.2021
Hajmi4,25 Mb.
#218005
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   113
Bog'liq
ESTETIKA1

Estetik mushohada. Odatda biz «mushohada» deganimizda «kuzatish» so‘zining sinonimini tushunamiz. Aslida esa bunday emas: kuzatish, falsafiy qilib aytganda, bilish munosabatining tajribaviy asosi, u ob’ektga yo‘naltirilgan bo‘lib, qo‘yilgan maqsad va ilmiy bilim mantiqi tomonidan boshqarib, tuzatilib boriladi, unga o‘zgartirishlar kiritib turiladi, ya’ni u maqsad asosida ish ko‘radigan fikriy faoliyat. Kuzatishda inson o‘z diqqatini ob’ektga yo‘naltirar ekan, uning qiziqishi hodisadan mohiyatga qarab boradi; unda bor narsaning borligini yoki yo‘q narsaning yo‘qligini tasdiqlash muhim. Mushohada esa muayyan narsa-hodisaning idrok etayotgan kishi tomonidan tanlangan rakursda olib qaralishini ta’minlovchi fikriy faoliyat. Unda sub’ektning estetik ehtiyoji, hissiyoti, hayotiy tajriba mobaynida vujudga kelgan estetik yo‘nalmasi birinchi o‘rinda turadi, sub’ekt ob’ektni o‘ziga xos «ko‘radi», voqelikning ahamiyati sub’ekt tomonidan maqsad emas, maqsadga muvofiqlik bilan belgilanadi; sub’ekt ob’ektni «insoniylashtiradi» unga qalb, hissiyot, ijod, obrazlilik durbini bilan qaraydi, natijada boshqalar ko‘rmagan narsani ko‘radi, boshqalar eshitmagan tovushlarni eshitadi, ya’ni estetik mushohada tufayli muayyan bir ob’ekt har bir sub’ekt tomonidan har xil idrok etiladi va har xil talqin qilinadi.

Estetik mushohadaga bir misol. ¡rdadagi Anhorga tikilgan shoir suvning qandaydir sehrli jimirlashini, qirg‘oqdagi majnuntol navdalarini uchidagi yaproqlarni oqizmoqchi bo‘lib rosa urinayotganini, lekin majnuntol ularni atayin bir masofada tortib turganini ko‘radi, unga mavjlar bilan majnuntol o‘ynashayotgandek tuyuladi. Keyin nazari majnuntolga ko‘chib, xayolidan majnuntollar tanasi avval suvga egilib, keyin yana ko‘kka qarab o‘sishini ilg‘aydi: bu unga majnuntol xuddi ko‘zasini suvga botirar ekan, bir lahza engashgan ko‘yi boshini ko‘tarib qirg‘oqqa qarab qo‘ygan go‘zal qizni eslatadi; «qanday go‘zal!» deydi u va yovuz jodugar tomonidan sehrlab qo‘yilgan qiz haqidagi afsona hayolidan o‘tadi...

Endi kuzatishga misol: Anhor bo‘yida cho‘ldagi yangi o‘zlashtirilgan erlardan kelgan fermer-dehqonni turibdi deylik. U bir qarashdayoq anhorning uyurim-uyurim bo‘lib oqishidan, qirg‘oqlarning ancha-muncha tikligidan uning o‘ziga yarasha chuqurligini ilg‘aydi. Demak, anhorda ancha suv bor. Qani endi, shu anhor o‘zi dehqonchilik qilayotgan erlarda bo‘lsaydi: «Kattagina suv ekan! Naq besh yuz gektarlik paykalni chilla suviga to‘ydirsa bo‘ladi. Afsus, shuncha suv uvol, bekorga oqib yotibdi-ya!» deydi.

Estetik baho. Qadriyat shaxs, millat, jamiyat tomonidan qadrlanadigan ma’naviy-moddiy ob’ektlardir. Har qanday qadriyat yoki qadriyat darajasiga ko‘tarilgan har bir ob’ekt inson tomonidan baholanmay qolmaydi. Qadriyatlar sohaviylik tabiatiga ega (axloqiy, estetik, diniy va h.k.) bo‘lishi barobarida darajalarga bo‘linishi bilan ham ajralib turadi.

Bir yoki bir necha estetik xususiyatni o‘zida jam qilgan qadriyatni biz estetik qadriyat deymiz. Estetik qadriyatlar inson va jamiyat hayotida muhim o‘rin egallaydi. Go‘zallik, ulug‘vorlik, Registon me’morlik majmui, «SHashmaqom», Navoiyning «Xamsa»si, Rafaelning rang tasviri, SHekspir asarlari – bular hammasi estetik qadriyatlardir. Biz ular haqida fikr yuritar ekanmiz, odatda «bebaho» degan so‘zni ishlatamiz, bu bilan biz ularning qadri nihoyatda balandligini, oddiy-kundalik baholash mezonlaridan yuksak turishini ta’kidlaymiz. Estetik qadriyatlar sof ma’naviylik, ya’ni itellektual-hissiy jihati bilan birga, ma’naviylik va moddiylikning omuxtasi sifatida namoyon bo‘ladi. Masalan, go‘zallik, ulug‘vorlik singari sof ma’naviylik xususiyatiga ega mavhum hodisalarni ma’naviy estetik qadriyatlar desak, konkret estetik ob’ekt bo‘lmish Registon me’moriy majmuini moddiy estetik qadriyatlar sirasiga kiritishimiz mumkin. Ulardagi moddiylikning estetik xususiyati ma’naviylikni namoyon etishi bilan belgilanadi.

Barcha moddiy estetik qadriyatlar tarix, jamiyat va shaxs tomonidan mulk sifatida qabul qilinib, ularga ikki xil munosabat ko‘rsatiladi. Birinchisi – moddiy buyum, tovar sifatidagi, ikkinchisi esa, qadriyat tarzidagi munosabat. Natijada ularning qiymati mulk, tovar sifatida ham narx, ham baho bilan belgilanadi. Masalan, Navoiyning «Xamsa»siga bo‘lgan ma’naviy-estetik munosabat, uni kitob, ya’ni tovar shaklida xarid qilinishiga olib keladi. «Xamsa» kitob-tovar tarzida, boshqa qadriyat darajasiga ko‘tarila olmagan kitoblar bilan bir xilda narxlangani holda ayni paytda ma’naviy boylik –estetik qadriyat sifatida baholanadi. YA’ni, har bir mulkning qiymati iqtisodiy-moliyaviy birlik – pul bilan narxlanadi, estetik qadriyatlar esa ma’naviy-ruhiy ta’siri darajasiga qarab baholanadi.

Ma’lumki, har bir mulk foydalilik xususiyatiga ega. Foydalilik esa ikki xil bo‘ladi – moddiy-iqtisodiy va ma’naviy-ruhiy. Qadriyat darajasiga ko‘tarilmagan narsa-hodisalarning foydaliligi kundalik iqtisodiy ehtiyojlarni qondiradi. Qadriyatlar uzoq muddatli ma’naviy-ruhiy ta’sirga ega bo‘ladi. Lekin, shuni ham aytish kerakki, estetik qadriyatlar, ko‘pincha muayyan davr uchun kundalik iqtisodiy foydalilik xususiyatiga ega bo‘lgani holda, keyinchalik ma’naviy foydalilik xususiyatini kasb etadi. Masalan, XIX asrda buxorolik misgarlar ishlagan qumg‘onlar to XX asrning ikkinchi yarimigacha oddiy oilaviy hayotda qo‘llaniladigan kundalik turmush buyumlari edi. Hozir esa ular xalq amaliy san’atining namunalari – estetik qadriyat sifatida muzeylardan joy olgan. Endi ular santexnika jihozlari olamida yo‘q, faqat ma’naviy-ruhiy foyda keltiradilar, xolos. Demak, bu erda insonga zarur, kerakli narsa endi inson uchun qadrli narsaga aylandi.

Alohida ta’kidlash kerakki, umuman qadriyatlar, xususan estetik qadriyatlar doimo ijobiy hodisalardir, nimaiki qadriyat ekan, hech qachon uning salbiy xususiyatiga ega bo‘lishi mumkin emas.

SHunday qilib, biz estetik qadriyatlar o‘zi nima ekaniga, ular nima uchun qadriyat sifatida baholanishiga to‘xtaldik. Endi ularni baholash qanday yuz beradi, estetik baholash o‘zi nima degan savollarga javob qidirib ko‘ramiz.

Qadriyat va baho, yuzaki qaraganda, mohiyatan bir xil bo‘lishi kerakdek tuyuladi. Aslida ular orasida o‘ziga xos farq mavjud. To‘g‘ri, estetik qadriyat ob’ektning sub’ektga munosabatini anglatadi, ob’ekt, odatda, o‘ziga xos xususiyatlarga ega bo‘ladi. Lekin bu – muayyan go‘zallik yoki ulug‘vorlik hamma uchun ham, hamma vaqt ham bir xildagi go‘zallik va ulug‘vorlik bo‘lib qolaveradi, degani emas. CHunki estetik baho sub’ektning ob’ektga munosabati, u ob’ektning qadriyatini belgilaydigan xususiy mezon, bu xususiylik shaxsga, jamiyatga va zamonga tegishlidir. SHu jihatdan bir ob’ekt-qadriyat har xil baholanishi va hatto muayyan vaqt mobaynida baholanmasligi mumkin. SHunday qilib, estetik baho shunday ma’naviy hodisaki, garchand qadriyat yaratmasa ham, qadriyatni idrok etish faqat u orqali amalga oshadi.

Estetik bahoning yana bir muhim xususiyati shundaki, u estetik anglash tuzilmasi ichidagi eng qamrovli, eng miqyosli ta’sirga ega. U ma’lum ma’noda estetik anglashning deyarli barcha unsurlari uchun mezon vazifasini o‘taydi. CHunonchi, estetik hissiyot, estetik did va estetik idealda buni yaqqol ko‘rish mumkin. Ayniqsa, u estetik did bilan chambarchas bog‘liq. Endi ana shu estetik did masalasini ko‘rib chiqamiz.




Download 4,25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   113




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish