Ўзбекистон Республикаси Олий ва ўртаMatematika va tabiiy-ilmiy fanlar
ESTETIKA1
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI ESTETIKA FANIDAN NAMUNAVIY D A S T U R (bakalavr yo‘nalishi uchun) Toshkent – 2011 Mazkur namunaviy dastur Oliy va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi o‘quv-metodik birlashmalari faoliyatini muvofiqlashtiruvchi kengashning 2011 yil 9 sentyabrdagi 3-son majlis bayoni bilan tajribaviy dastur sifatida ma’qullangan. Ushbu dastur “Estetika” fanidan bakalavrning tayyorgarlik darajasi va zaruriy bilimlari mazmuniga qo‘yiladigan talablar asosida tayyorlangan. Tajribaviy dasturni kelgusida to‘ldirilgan va boyitilgan holda chop etish zaruratini hisobga olib, fikr-mulohazalaringizni quyidagi manzilga yuborishingizni so‘raymiz: Toshkent shahar, 2-CHimboy ko‘chasi 96-uy, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi “Ma’naviy-axloqiy tarbiya” boshqarmasi, tel: 246-10-58, 246-10-54 Fanning o‘quv dasturi Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetida ishlab chiqildi. Tuzuvchilar: Husanov B.E. - falsafa fanlari nomzodi, dotsent (O‘zMU) Nurmatova M.A. - falsafa fanlari nomzodi, dotsent (O‘zMU) Taqrizchilar: SHermuxamedova N.A. - falsafa fanlari doktori, professor (O‘zMU) Nishonova O.J. - falsafa fanlari nomzodi, dotsent (O‘zDSI) Fanning o‘quv dasturi Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti Ilmiy-uslubiy kengashi tomonidan tavsiya etilgan (2011 yil 19 avgustdagi 1-son bayonnoma). 2 KIRISH O‘zbekistonda mustaqillikka erishilgan dastlabki kundan boshlab fan, ta’lim va tarbiya mazmuniga alohida e’tibor qaratildi. Mustaqilligimizning yigirma yillik tarixida erishilgan yutuqlar yoshlarda milliy ma’naviy meros va qadriyatlarni estetik idrok qilish, ularda voqealarning hodisa sifatida namoyon bo‘lishi emas, balki estetik mohiyatini chuqur anglash malakalarini shakllantirishni taqozo etmoqda. Ayni paytda bu jarayon estetika fanining metodologik asoslari hamda ilmiy mazmunini milliy va umuminsoniy tamoyillar bilan mushtarakligini ta’minlashni talab etadi. Zero, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov ta’kidlaganidek: “Tariximizga kirib kelayotgan bu buyuk marra munosabati bilan o‘tgan davr mobaynida hayotimiz sifati, mamlakatimiz qiyofasi qanday o‘zgarib borayotgani, qanday yutuq va natijalarga erishganimiz, ijtimoiy yo‘naltirilgan bozor iqtisodiyotiga asoslangan ochiq demokratik davlat va fuqarolik jamiyatini barpo etish yo‘lida qanday sur’atlar bilan rivojlanib borayotganimizni baholash ehtiyoji tug‘ilmoqda.”1 Mazkur dastur estetik tafakkurning ijtimoiy siyosiy asoslari har qanday jamiyat xalqining ijtimoiy ongini o‘zgartirishga, uning pirovard maqsadlariga xizmat qilishga qaratilgan. SHu bois, unda san’at, adabiyot, ekologiya, texnika va dizaynning estetik mazmunini yoritish, san’at sotsiologiyasi, atrof-muhit estetikasi, sog‘lom turmush tarzi estetikasi kabi yangi yo‘nalishlarning ilmiy-nazariy asoslari ko‘rsatib berilgan. CHunki bugungi kundagi globallashuv davrida yoshlar tafakkurini turli g‘ayriestetik g‘oyalar ta’siridan himoya qilish, ayniqsa elektron vositalar orqali kirib kelayotgan turli ko‘rinishdagi omillarning estetik mazmunini to‘laqonli anglash davr talabiga aylangan. Ana shu talabga mos ta’lim tizimini yaratish, ta’lim oluvchilarda estetik dunyoqarashni yuksaltirish, badiiy tafakkur, estetik ma’naviyat va ijodiy fikrlarni shakllantirish muhim vazifa hisoblanadi. Bu vazifaga esa oliy ta’lim tizimida estetika fanini chuqurroq o‘qitish orqali erishish mumkin. “Estetika” fani bo‘yicha ishlab chiqilgan mazkur o‘quv dasturi doirasida talabalarning tabiat, jamiyat va san’atdagi go‘zalliklarning falsafiy mohiyati, narsalar olamini badiiy-estetik jihatdan loyihalashtirishning falsafiy asoslari haqida bilim, ko‘nikma va malakalarini shakllantirish nazarda tutiladi. Fan dasturi fanlarning amaliy estetikaga doir xususiyatlarini anglab etishda o‘ziga xos ahamiyat kasb etadi. Download 4,25 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024 ma'muriyatiga murojaat qiling |
kiriting | ro'yxatdan o'tish Bosh sahifa юртда тантана Боғда битган Бугун юртда Эшитганлар жилманглар Эшитмадим деманглар битган бодомлар Yangiariq tumani qitish marakazi Raqamli texnologiyalar ilishida muhokamadan tasdiqqa tavsiya tavsiya etilgan iqtisodiyot kafedrasi steiermarkischen landesregierung asarlaringizni yuboring o'zingizning asarlaringizni Iltimos faqat faqat o'zingizning steierm rkischen landesregierung fachabteilung rkischen landesregierung hamshira loyihasi loyihasi mavsum faolyatining oqibatlari asosiy adabiyotlar fakulteti ahborot ahborot havfsizligi havfsizligi kafedrasi fanidan bo’yicha fakulteti iqtisodiyot boshqaruv fakulteti chiqarishda boshqaruv ishlab chiqarishda iqtisodiyot fakultet multiservis tarmoqlari fanidan asosiy Uzbek fanidan mavzulari potok asosidagi multiservis 'aliyyil a'ziym billahil 'aliyyil illaa billahil quvvata illaa falah' deganida Kompyuter savodxonligi bo’yicha mustaqil 'alal falah' Hayya 'alal 'alas soloh Hayya 'alas mavsum boyicha yuklab olish |