Uchinchi davr - jismoniy tarbiya haqidagi nazariy bilimlarni intensiv to’planishi. Uyg’onish davridan XIX asrning oxirigacha bo’lgan davrni o’z ichiga oladi. Inson tarbiyasi, uni o’qitish, davolash haqidagi fanning rivojlanishi, faylasuflar, padagog va vrachlarning jismoniy tarbiya muammolariga e’tibor qila boshlashlari davri, jismoniy tarbiyaning moxiyati haqidagi falsafiy, padagogik va tibbiy ma’lumotlarning, bilimlarning vujudga kela boshlagan davri. Bu ma’lumotlar hali turlicha edi, chunki ko’pincha o’sha davrda mustaqilroq sanalgan filosofiya, pedagogika, meditsina, fanlari tarkibida voyaga yetar edi. Yo’l- yo’lakay, ammo zarur bo’lgan darajada bunday ilmiy fanlarning vaqtlari ko’pincha o’z muammolarini jismoniy tarbiyanning rolini hisobga olmay hal qilish mumkin emasligini tushuna boshladilar. Yangilanish davridayoq pedagog-gumanistlar va xayoliy sotsialistlar jismoniy tarbiyaga bir butun tarbiyaning majburiy qismlardan biri deb qaray boshladilar.
Jumladan, shvetsariyalik demokrat, pedagog M.G. Pestalokki tomonidan (1746-1827) bolalar harakat qobiliyatini rivojlantirish uchun tuzilgan jismoniy mashqlar tizimini yaratishdan bo’ganlar (sustav naya) gimnastikasi umumiy pedagogika nazariyasi ichida alohida o’rinni egallaydi. XVIII asrda anatomlar tomonidan jismoniy mashqlar "biomexanikasi" bo’yicha izlanishlar olib borildi, XIX asrda esa jismoniy tarbiya haqida ilmiy nazariy ishlar vujudga keldi.Jamiyat hayotida jismoniy tarbiyaning roli, tarbiyani s i n f i y xarakterga ega ekanligi ilmiy asoslandi. Tarbiyaning mazmuni ochildi va unda jismoniy "tarbiyaning o’rni aniqlandi hamda shaxsni har tomonlama rivojlantkrish
yo’llari belgilandi.Aynan shu davrda jismoniy tarbiya nazariyasiga asos solindi deb hisobga olinib, shu soha bo’yicha ilmiy farazlar va bilimlar to’planishi orqali mustaqil fan sifatida ajralib chiqdi. To’rtinchi davr - XIX asrning oxiridan ilmiy va o’quv fani sifatida jismoniy tarbiyaning nazariyasi va metodikasi shakllana bordi. Bu davrning harakterli tomoni shundaki, fan sifatida jismoniy tarbiya jamiyat hayotining boshqa jabhalariga ham ta’sir ko’rsata boshladi. Jismoniy tarbiya sohasi nazariyasi olimlaridan biri Petr Fransevich Lesgaft (1837-1909) o’zining tarix, anatomiya, pedagogika, antropologiya, jismoniy tarbiya metodikasiga oid asarlari bilan hozirgi zamon jismoniy tarbiya nazariyasi va metodikasi mustaqil ilmiy nazariy va o’quv fani (predmeti) ekanligini ilmiy - amaliy isbotladi.
Beshinchi davr - rivojlangan mamlakatlar va sobiq sho’rolar davlati olimlarining izlanishlari davri bo’lib, fanning intensiv rivojlanishi materialistik dialektikaga asoslangan holda o’sha davrda progressiv hisoblangan metodlarga tayanib amalga oshirildi.Jismoniy tarbiya muammolarini kompleksli hal etishda butun bir olimlar jamoalari, mutaxassislashtirilgan ilmiy va o’quv muassasalari samaralk mehnat qildilar. Amaliy materiallarning mo’lligi, yaxshi qonuniyatlarning ochilishi, dastlabki yagona jismoniy tarbiya nazariyasi va metodikasining differensiyalanishiga olib keldi. Yangi maxsus fanlar “Jismoniy madaniyatni tashkillash va boshqarish", "Jismoniy mashqlar biomexanikasi", "Sport psixologiyasi", "Sport metrologiyasi", "Sport fiziologiyasi", "Davolash fizkulturasi", "Jismoniy mashg’ulot gigiyenasi" va boshqalar ajralib chiqdi. Yuqoridagi fanlarning ayrim sohalari qator aralash fanlarning bilimlaridan keng foydalanish lozimligini ko’rsatdi. Masalan, bolalarning sport mutaxassisligi muammosi -bu faqatgina sport pedagogikasi muammosigina bo’lib qolmay, ijtimoiy, psixologik, sotsiologik va biologik muammolardir. Jismoniy tarbiya nazariyasi va metodikasi kursida pedagogik jarayon muammolarini umumiy psixologiya, pedagogika, fiziologiya va boshqa fanlarning dalillarini to’la izohlab, isbotlab bo’lmaydi.
Jismoniy tarbiya nazariyasi va metodikasining boshqa fanlar
Do'stlaringiz bilan baham: |