Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта махсус



Download 0,53 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/5
Sana05.11.2019
Hajmi0,53 Mb.
#25100
  1   2   3   4   5
Bog'liq
nemis va ozbek adabiyotida oqituvchi obrazining talqin etilish xususiyati-1


 



 



 

 

              

ЎЗБЕКИСТОН  РЕСПУБЛИКАСИ  ОЛИЙ  ВА ЎРТА МАХСУС 

ТАЬЛИМ ВАЗИРЛИГИ 

АНДИЖОН ДАВЛАТ УНИВЕРСИТЕТИ 

Хорижий тиллар факулътети 

Олмон тили ва адабиёти кафедраси 

 

                                                      Қўлёзма хуқуқида  

 

МИРЗАХОНОВА ЗИЛОЛА 



 НЕМИС ВА ЎЗБЕК АДАБИЁТИДА ЎҚИТУВЧИ 

ОБРАЗИНИНГ ТАЛҚИН  ЭТИЛИШ ХУСУСИЯТИ 

  

5111400- хорижий тил ва адабиёти таьлим йўналиши бўйича 



бакалавр академик даражасини олиш учун  

 

БИТИРУВ  МАЛАКАВИЙ  ИШИ 



 

 

Илмий рахбар:                 И. ЖАББОРОВ    



 

Андижон – 2015 

 


 



M U N D A R I J A 



 

Kirish ……………………………………………………………………………..3 

Haynrix  Mann  ijodiy  biografiyasi  va  unda  “Proffessor  Unrat”      qissasini    o`rni,  

asar yozilgan tarixiy sharoit................................................................................. 10 

Parda  Tursun  adabiiy  faoliyati  va  “O`qituvchi”  romani  yozilgan  tarixiy 

sharoit.................................................................................................................. 16 

Ikkala  asar  bosh  qaxramonlari    qiyofasidagi  mushtarak  va  alohida    xususiyatlar  

haqida................................................................................................................... 34 

“Proffessor 

Unrat” 


qissasida 

“gimnaziya” 

o`qituvchisi 

obrazining 

talqini…................................................................................................................ 42 

O`qituvchilik 

kasbi, 

uning 


huquqiy 

demokratik 

jamiyatdagi 

o`rni…………...................................................................................................... 45 

O`qituvchining  kasbiy sifatlari............................................................................ 52 

Pedagogik fikr tarixida o`qituvchi mahorati masalalari....................................... 56 

XULOSA.............................................................................................................. 62 

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO`YXATI.......................................... 64 



 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 



“Olmon va o`zbek adabiyotida o`qituvchi obrazining  



talqin etilish xususiyati” 

(XX asr badiiy prozasi asosida) 



REJA:

 

  Kirish 

Mavzuning dolzarbligi 

Mavzuning o`rganilganlik darajasi 

BMI ning ilmiy yangiligi 

BMI ning maqsad va vazifalari 

BMI ning predmeti va ob`yekti 

BMI ishni bajarishda qo`llanilgan tadqiqot metodlari 

BMI ning metodologik asosi 

BMI ning amaliy ahamiyati 

BMI natijalarining amaliyotda sinalganligi 

BMI strukturasi 

 

 I Bob.  Mavzuga oid asarlar mualliflari va asarning qisqacha mazmuni haqida. 

     1.  1.    Haynrix  Mann  ijodiy  biografiyasi  va  unda  “Proffessor  Unrat”  qissasini 

o`rni,  asar yozilgan tarixiy davr.  

     1. 2.   Parda Tursun adabiiy faoliyati va “O`qituvchi” romani yozilgan tarixiy 

sharoit. 

     1.  3.      Ikkala  asar  bosh  qaxramonlari    qiyofasidagi  mushtarak  va  alohida 

xususiyatlar   haqida. 

      1. 4.  “Proffessor Unrat” qissasida “gimnaziya” o`qituvchisi obrazining talqini  

 II.  Bob.  Mustaqil  O`zbekiston  o`qituvchisining  yosh  avlod  tarbiyasida  muhim 

shaxs ekani haqida. 

      2. 1. O`qituvchilik kasbi, uning huquqiy, demokratik jamiyatdagi o`rni. 

      2. 2. O`qituvchining kasbiy sifatlari 

      2.  3.    Pedagogik  fikr  tarixi  va  maktab  amaliyotida  o`qituvchi  mahorati   

masalalari 



 

                         



 

 

 KIRISH 



   

Mustaqillk  sharofati  bilan  o`zbek  diyorida  ham  yangillanish,  rivojlanish 

davri  boshlanib,  ijtimoiy  hayotimiz  umumjohon  andozalaridga  mos  tarraqiyot  

yo`nalish-  lariga  jadal  suratlar  bilan  kirib  bormoqda.  Xalq  xo`jaligini  barcha 

sohalarida,  shu  jumladan  ta’lim  sohasida  ulkan  islohatlar  amalga 

oshirilmoqda.Mustaqillikning dastlabki kunlaridayoq mamlakatimizda yosh avlod 

tarbiyasiga jiddiy e’tibor berila boshladi.    

       "Ta’lim  to`g`risida"  gi  qonun    "  Kadrlar  tayyorlash  milliy  dasturi  ",  "Davlat 

talim  standartlari"  ning  hayotga  tatbiq  etilishi  ushbu  jarayondagi  eng    muhim 

bosqichlardir.  O`zbekiston  Respublikasi  Oliy  majlisi    IX  sessiyasida  "Barkamol 

avlod-  O`zbekiston  taraqqiyot  poydevori"    nutqida  prezdentimiz    I.A.Karimov 

shunday takidlagan.  

       "Barchangiz  yaxshi  bilasizki,  kelajak  avlod  haqida  qayg`urish,  sog`lom 

barkamol naslni tarbiyalab yetishtirishga intilish bizning milliy xusiyatimizdir."   

     "Mamlakatimizning 

istiqlol 

yo`lidagi 

birinchi 

qadamidayoq, 

buyuk 


manaviyatimizni tiklash va yanada yuksaltirish milliy ta’limning tarbiya tizimini 

takomillashtirish,  uning  milliy  zamirini  mustahkamlash  zamon  talablari  bilan 

uyg`unlashtirish  asosida  johon  andozalari  va  ko`nikmalari  darajasiga  chiqarish 

maqsadiga katta ahamiyat berib kelinmoqda." 

    "Hammamiz  yana  bir  xaqiqatni  anglab  yetmoqdamiz.  Faqatgina  chinakam 

marifatli odam inson  qadrini millat qadryatlarini bir so`z bilan aytganda o`zligini 

anglash  erkin  va  ozod  jamiyatda  yashash  mustaqil  davlatimizning  johon 

hamjamiyatida  o`ziga  munosib  obro`li  o`rin  egallashi  uchun  fidoiylik  bilan 

kurashish mumkin".  

      O`zbekiston  Respublikasining  xalqaro  munosabatlarini  keng  quloch 

yoyayotgan  bir  paytda  chet  tillarini  o`rgatish-  o`rganish  o`ta  zaruriy  ehtiyojga 

aylandi.  Ushbu  masalani    muhimligini  alohida    uqtirib  mamlakatimiz  prezdenti  

I.A.K. shunday degan edi .   

    "Xozirgi  paytda  xorijiy  tillarni    o`rganish  va  o`rgatishga  yurtimizda  katta 

ahamiyat  berilmoqda.  Bu  ham  albatta  bejiz  emas.  Bugun  johon  hamjamiyatida 


 

o`ziga  xos  munosib  o`rin  egallashga  itilayotgan  mamlakatimiz  uchun  chet  ellik  



sheriklarimiz  bilan    hamjihatlikda  hamkorlikda  o`z  buyuk  kelajagini  qurayotgan 

xalqimiz  uchun    xorijiy  tillarni  mukammal  bilishning  ahamiyatini  baholashni 

hojati yo`qdir".  

     


 Mamlakatimizda  barkamol  avlodning  bilim  olishi,  jahon  miqyosida 

rivojlangan davlatlar darajasidagi yetuk kadrlar bo’lib yetishishiga juda ham katta 

e’tibor  qaratilmoqda,  yosh  avlodning  jahon  arenalaridan  istalgan  yo’nalish 

bo’yicha  o’zga  mamlakat  a’zolari  bilan  kuch  va  bilim  sinasha  oladigan,  ularni 

dog’da  qoldira  oladigan  qilib  tarbiyalash  davlat  siyosati  tusini  olgani  juda  ham 

ko’plab “ Kichkina demang bizni” deb yurgan millionlab O’zbekiston yoshlariga 

keng  imkoniyatlar  eshigini  ochib  bergani  siz-u  bizga  oydek  ayon.  Ayniqsa 

muxtaram Yurtboshimizning 2012-yil 10-dekabrdagi mamlakatimizda chet tillarni 

o’rgatish  va  o’rganishga  qaratilgan  qarorlari  yurtimizning  barcha  joylarida 

shaharlarimizdan  tortib  chekka  –  chekka  qishloq  va  ovullarimizda  ham  bog’cha 

tarbiyalanuvchilari,  maktab  o’quvchilari  va  o’rta  maxsus  ta’lim  dargohlari 

talabalari ham emin erkin, o’z hoxishlariga ko’ra, istagan, va ayniqsa birdan ortiq 

chet  tillarni  o’rganish  imkoniyatini  berdi  desam  mubolag’a  bo’lmaydi. 

Yoshlarning,  biz  iftixor  bilan  tilga  oladigan  kelajagimiz  asoslarining  o’z  fikr  va 

muloxazalarini nafaqat o’z ona tillarida balki, yana ikki - uch xorijiy tillarda ham 

ifodalay  olishlari,  ushbu  til  sohiblari  ega  bo’lgan  imkoniyatlar  va  qulayliklardan 

foydalanish, ularga o’z kuchimiz, bilimimiz, bizlarning aslida kim ekanligimizni 

ko’rsata olishimiz uchun bag’oyatda ko’p kerak bo’ladi deb o’ylayman. Tarixan 

bizga  buyuk  ajdodlarimizdan  qolgan  yuksak  ma’naviy  meros,  kundan  kunga 

umumbashariy  qiyofani  o’zida  aks  etib  borayotgan  milliy  qadriyatlarimiz,  hech 

bir xazinadan kami yo’q zaminimiz, umuman olganda esa Prezidentimiz qayd etib 

o’tgan eng katta boyligimiz - mexnatkash xalqimizni dunyoga tanitadigan, butun 

jahon  e’tirofiga  sazovor  etadigan  barkamol  avlodni  ham  ma’naviyatli,  ham 

ma’rifatli  shaxs  bo’lib  ulg’ayishlari,  muqaddas  vatan  xizmatida  bel  bog’lab 

turishlari uchun ularni jahon andozalariga mos ta’lim jaroyoni bilan ta’minlanishi 

ekanligiga  hech  qanday  shubham  yo’q.  Qayerga  bormang,  qayerda  bo’lmang 



 

o’zbek  yoshlarining  xorijdan  kelgan  iqtisodiy,  ijtimoiy  sheriklari  bilan  turli 



tillarda  suhbatlashayotganliklariga  ko’zingiz  tushadi,  dunyo  mamalakatlari 

kutubxonalaridan  xalqaro  internet  tizimi,  ijtimoiy  tarmoqlar  orqali  hech  qanday 

tarjimonlarsiz  o’zlariga  kerakli  kitoblarni  o’qiy  olayotganlari,  zamonaviy 

texnikalardan,    avval  o’rganilib  qolinganidek  ruscha  yo’riqnomalarni  izlab 

o’tirmasdan, bemalol foydalana olayotganliklari kishini xayratga solmasdan iloji 

yo’q. 


              Mavzuning  dolzarbligi.    Biz  milliy  ma`naviyatni  har  tomonlama 

yuksaltirish  masalasini  o`z  oldimizga  asosiy  vazifa  qilib  qo`yarkanmiz,  bugungi 

kunda  ma`naviyatimizni  shakllantiradigan  va  unga  ta`sir  ko`rsatadigan  barcha 

omil va me`zonlarni tahlil qilib, ularning bu borada qanday o`rin tutishini yaxshi 

anglab olishimiz maqsadga muvofiq no`ladi. 

             Ma`naviyatni  shakllantirishga  bevosita  ta`sir  qiladigan  muhim  hayotiy 

omillardan biri – bu ta`lim tarbiya tizimidir.  

             Ma`lumki,  ota-bobolarimiz  qadimdan  bebaho  boylik  bo`lmish  ilm-u 

ma`rifat, ta`lim tarbiyani inson kamoloti va millat ravnaqining eng asosiy sharti va 

garovi deb bilgan. 

            Albatta,  ta`lim-tarbiya  ong  mahsuli,  lekin  ayni  vaqtda  ong  darajasi  va 

uning  rivojini  ham  belgilaydigan,  ya`ni,  xalq  ma`naviyatini  shakllantiradigan  va 

boyitadigan eng muhim omildir. Binobarin, ta`lim-tarbiya tizimini va shu asosda 

ongni o`zgartirmasdan turib, ma`naviyatni rivojlantirib bo`lmaydi. 

           Shu  bois  bu  sohada  yuzaki,  rasmiy  yondoshuvlarga,  puxta  o`ylanmagan 

ishlarga mutlaqo yo`l qo`yib bo`lmaydi. Maktab, ta`lim – tarbiya masalasi davlat 

va  jamiyat  nazoratida  bo`lishi  asosiy  qonunimizda  belgilab  qo`yilgan.  Shu  bilan 

birga,  bu  keng  jamoatchilik,  butun  xalqimiz  ishtiroki  va  qo`llab-quvvatlashini 

talab qiladigan umummilliy masaladir.

1

 

Mavzuning  o`rganilganlik  darajasi.  Shuni  unutmasligimiz  kerakki, 

kelajagimiz  poydevori  bilim  dargohlarida  yaratiladi,  boshqacha  aytganda, 

                                                 

1

 I.A.Karimov “Yuksak Ma’naviyat-yengilmas kuch”, 2008, 34-bet. 



 

xalqimizning  ertangi  kuni  qanday  bo`lishi  farzandlarimizning  bugun  qanday 



ta`lim va tarbiya olishiga bog`liq. 

Buning  uchun har qaysi  ota-ona,  ustoz  va  murabbiy  har bir  bola timsolida 

avvalo  shaxsni  ko`rishi  zarur.  Ana  shu  oddiy  talabdan  kelib  chiqqan  holda, 

farzandlarimizni  mustaqil  va  keng  fikrlash  qobiliyatiga  ega  bo`lgan,  ongli 

yashaydigan  komil  insonlar  etib  voyaga  yetkazish  –  ta`lim-tarbiya  sohasining 

asosiy  maqsadi  va  vazifasi  bo`lishi  lozim  deb  qabul  qilishimiz  kerak.  Bu  esa 

ta`lim va tarbiyani ishini uyg`un holda olib borishni talab etadi. 

Ta`limni  tarbiyadan,  tarbiyani  esa  ta`limdan  ajratib  bo`lmaydi  –  bu 

sharqona qarash, sharqona hayot falsafasi. 

Bu  haqida  fikr  yuritganda,  men  Abdulla  Avloniy  “Tarbiya  biz  uchun  yo 

hayot, yo  mamot,  yo  najot, yo  halokat, yo  saodat, yo  falokat masalasidir”  degan 

chuqur  ma`noli  so`zlarini  eslayman.  Buyuk  ma`rifatparvar  bobomizning  bu 

so`zlari o`tgan asr boshida millatimiz uchun qanchalar muhim va dolzarb bo`lgan 

bo`lsa, hozirgi vaqtda  ham  biz  uchun shunchalik, balki undan ham  ko`ra  muhim 

va dolzarb ahamiyat kasb etadi.

2

 

Nega  deganda,  bizga  sobiq  tuzumdan  meros  bo`lib  qolgan  ma`orif 



tizimining  eng  noma`qul  tomoni  shundan  iborat  ediki,  unda  o`quv  jarayonida 

o`quvchi  va  talabalarning  mustaqil  va  erkin  fikrlashiga  yo`l  qo`yilmas  edi.  Har 

qanday  o`quv  yurtini  bitiruvchilarning  bilimiga  qarab  emas,  aksincha  ularning 

sobiq  sovet  tizimiga  va  sohta  g`oyalariga  sadoqatini  hisobga  olib  baholash  va 

hayotga  yo`llash  tamoyili  asosiy  o`rinni  egallar  edi.  Ko`p  hollarda  sifat  o`rniga 

son ketidan quvish ustunlik qilardi. Aksariyat  yoshlar haqiqiy bilim  yoki malaka 

orttirish maqsadida emas, ko`proq amalda diplomli bo`lib olish ilinjida texnikum 

yoki  institutlarga  kirar  edi.  Shuning  uchun  ham  mustaqillikning  dastlabki 

yillaridanoq  butun  mamlakat  miqyosida  ta`lim  va  tarbiya,  ilm  fan,  kasb-hunar 

o`rgatish tizimlarini tubdan isloh qilishga nihoyatda katta zarurat sezila boshladi.   



  BMI  ning  ilmiy  yangiligi.  Hozirgi  kunda  keng,  chuqur,  bilimli  va  o`z 

bilimlarini amalda qo`llay oladigan shaxslarga talab kuchayib bormoqda. Shuning 

                                                 

2

 I.A.Karimov “Yuksak ma’naviyat-yengilmas kuch”, 2008, 41-bet. 



 

uchun  ham  hozirgi  paytda  horijiy  tillarni  o`rgatish  va  o`rganishga 



mamlakatimizda  katta  ahamiyat  berilmoqda.  Shu  munosabat  bilan  ushbu 

tanlangan  mavzu  dolzarb  masaladir,  chunki  har  qanday  tilni  o`rganish  uchun 

avvalo  uning  tarixidan  va  adabiyotidan  xabardor  bo`lishi  zarur.  Biz  bo`lajak 

pedagoglar  ekanmiz,    tilini  o`rganayotgan  xalqimizning  va  albatta  o`z 

xalqimizning  pedagoglari  va  ularning  tadriji  tarixini  bilishimish  lozim.  Bu  es 

bizning amaliyotimizda yaxshigina  samarasini beradi.  

Shu  nuqtai  nazardan  men  bajarayotgan  BMIni  qiyosiy  adabiyotshunoslikda 

yangilik deb hisoblash mumkin. 



BMI  ning  metodologik  asosi.  Mazkur  bitiruv  malakaviy  ishning 

metodologik  asosini  O`zbekiston  Respublikasi  Prezidenti  I.A.Karimovning 

Respublikamizda  ta`lim  va  tarbiyani  rivojlantirishga  bag`ishlangan  nazariy 

asarlarida  oldinga  surilgan  g`oyalar,  xulosalar,  O`zbekistonning  “Ta`lim 

to`g`risida”gi,  “Kadrlar  tayyorlash  milliy  dasturi”  haqidagi  me`yoriy  hujjatlar 

hamda fan ta`lim – tarbiya va madaniyat sohasidagi strategik yo`nalishlarga doir 

qarorlar tashkil etadi. 

“O`nlab  o`zbek  allomalarining  jahon  sivilizatsiyasi  rivojiga  qo`shgan 

xissasi ulkandir. Jumladan, Mirzo Ulug`bek qoldirgan meros xalqingizning jahon 

ahliga bebaho in`omi, deyish  mumkin. Uning ko`plab  ilmiy  risolalari,  siyosat va 

iqtisodiyot  sohasidagi  faoliyati,  ilmiy  va  ma`rifiy  merosi  bugungi  avlod  uchun 

ham  katta  saboq  bo`lib  xizmat  qilmoqda.  Allomaning  jahon  ilm-fani,  ayniqsa, 

astranomiya rivojiga qo`shgan xissasi beqiyosdir. 

Mamlakatingizda  ajdodlaringizning  boy  merosini  o`rganish,  targ`ib  qilish, 

madaniy  yodgorliklarni  ta`mirlash  va  asrab-avaylash,  ta`lim,  fan  hamda 

madaniyat  sohalarini  rivojlantirish  borasida  amalgam  oshirilayotgan  keng 

ko`lamli islohotlar o`z samaralarini berayotgani tahsinga loyiq”.

3

 

                                                 



3

“Xalq  so’zi”  gazetasi,  2014,  may,  1-4-bet.  Amina  Adxer,  Evropa  tibbiyot  assotsiatsiyasi 



ilmiy loyiha direktori (Germaniya): 

 


 



 Mavzuning  predmeti.      “Olmon  va  o`zbek  adabiyotida 

o`qituvchi obrazining talqin etilish xususiyati” mavzusining  predmeti   

sifatida  ta`lim    muassasalari    o`quvchilarining    olmon    tili 

o`qitilishida,    ularning    bilimlarini  boyitish    va    darslarda  olmon  

adabiyotidan  keng  foydalanish    masalalariga    oydinlik    kiritishdir. 

Buning  uchun  men  ikkala  milliy  adabiyotning  ikkta  badiiy  asarni 

mavzu nuqtai nazaridan qiyoslab o`rgatishga qaratdim . 



Mavzuning  o`rganilishida    qo`llanilgan    metodlar.  “Olmon  va 

o`zbek  adabiyotida  o `qituvchi  obrazining  talqin  etilish  xususiyati”  

mavzusi    yuzasidan    olib    borilgan    tadqiqotlar    davomida    quyi dagi  

metodlardan  foydalanildi: 



Mavzu    yuzasidan  bizgacha  baja rilgan    tadqiqotlarni  

o`rganish; 

Ta`lim - tarbiya  jarayonini  kuzatish;  



Soxaviy    adabiyotlarni  qiyosiy  o`rganish    va    taxlil    qilish     

metodi. 

Mavzu  o`rganilishining     nazariy    va    amaliy    ahamiyati. 

 

“Olmon  va  o`bek 



adabiyotida  o`qituvchi  obrazining  talqin  etilish 

xususiyati” 

  

mavzusi  yuzasidan olib borilgan  tadqiqot    natijalari    olmo n  



adabiyoti,    olmon    adabiyoti    tarixi,    o`rta    umumta`lim    maktablarida  

olmon    tili    o`qitish    metodikasini    yaratish,    olmon    tili    darslari  

samaradorligini,    qiziqarliligini    oshirishga    xizmat    qiladi.  Tadqiqot  

davomida    olmon    adibi    Haynrix  Mann  va  o`zbek  adibi  Parda  Tursun   

ijodi    o`rganiladi,    u larning  muayyan  asarlari    tahlil    qilinadi,    asar  

qahramonlarining    ijobiy    va    salbiy    xususiyatlari    ifoda  qilinadi.  

Ulardan    olmon  va  o`bek  tili  o`qitilishida    foydali    uslubiy  

ko`rsatmalar    ishlab     chiqiladi.  Bu    esa    mavzu    o`rganilishining  

nazariy  va  amaliy  ahamiyatini  oshiradi.  

Tadqiqot    natijalarining    amalda    sinalganligi.  

“Olmon  va 

o`bek 

adabiyotida  o`qituvchi  obrazining  talqin  etilish  xususiyati” 



 

10 


mavzu    yuzasidan      olib    borilgan    izlan ishlar    jarayonida  Andijon  

viloyati  Marxamat  tumanidagi  31 -umumta`lim  maktabida    amalga 

oshirilgan  ta`lim-tarbiya    ishlari    va    olmon    tili    darslarini    tashkil  

qilish  amaliyotida  foydalanildi.  

Usbu  mavzu  yuzasidan  men  shu  maktabda  amaliyot  o `tash 

davrimda nemis tili, ona tili va adabiyoti  va tarix o `qituvchilari bilan 

maslahatiashdim  va  ularning  mavzu  yuzasidan  bergan  savollarimga 

javoblar  oldim.  Tajribali  bu  pedagoglarni  bergan  maslahatlari  va 

mulohazalaridan  men  BMI  tayyorlash  faoliyatimda  o`rni  bil an 

foydalandim.   



Bitiruv    malakaviy    ishning    tuzilishi.     Bitiruv    malakaviy    ish  

kirish,  asosiy  qism  va  xulosa lardan  iborat. 

Kirish    qismida    mavzuning  dolzarbligi,    mavzuning    o`rganilish  

darajasi,    maqsadi,    vazifalari,    obyekti,    predmeti,    ilm iy    yangiligi,  

ahamiyati  va  amaliyotda  sinalganligiga  to`xtalib  o`tiladi.  

Asosiy    qismda    olmon  va  o`zbek  adabiyotida  o`qituvchining  

tutgan      o`rni,    hamda  uning  o`ziga  xos  xususiyatlari    Haynrix  Mann  va  Parda 

Tursun asarlari asosida tahlil qilinish masalalar  bo`yicha  fikrlar  bildiriladi.  

Xulosada  esa    asosiy  qismda  bajarilgan  tadqiqotlarga  tayanib,  ikki  milliy 

adabiyotda  o`qituvchi  qiyofasini  yaratilishi  va  o`qituvchilar  faoliyatini  qiyosiy 

o`rganish natijalari bayon qilib beriladi.  

        

 

 

 

 

 

 

 


 

11 


 1.  1.      Haynrix  Mann  ijodiy  biografiyasi  va  unda  “Proffessor  Unrat” 

qissasining o`rni, asar yozilgan tarixiy sharoit. 

 

     Har  bir  millat  o`ziga  xos  yashash  sharoiti,  tili,  ma`daniyati,  psixologik 

xususiyatlari,  xullas  milliy  xarakterlariga,  urf-odatiga  ega.  U  yoki  bu  millatning 

o`ziga  xos  hususiyatlari  badiiy  asarlarda  aks  etib,  uning  milliy  koloritini  tashkil 

etadi.  XIX-  XX  asrda  nemis  adabiyoti  erishgan  ulkan  muvoffaqiyatlar  jahon 

ma`daniyatiga  bebaho  hissa  bo`lib  qo`shildi.  Nemis    adabiyoti      jahonda    haqli  

ravishda  peshqadam  o`rinlardan  birini  egallaydi.  Bir  asr  mobaynida  nemis  

tili    mamlakatlari    adabiyoti    vakillaridan    o`n    ikkitasi    Nobel        mukofatiga  

munosib    ko`rilgani    ham    fikrimizning    dalilidir.      Xalqning    ozodlik  uchun  

kurashi,    uning    ideallari    bilan    chambarchas    bog`langan    adabiyot    jahon  

madaniyatiga  ulkan   hissa  qo`shdi.  Herder,  Lessing,  Viland,  Gyote,  Shiller,  

Hayne,    Hesse,    Brext,  Haynrix  Mann,  Tomas  Mann  bu    ro`yhatni    yana    uzoq  

davom  etdirish   mumkin. Bu  kabi  mo`tabar  nomlar  nemis  millatining  faxri  

va    g`ururi    bo`libgina    qolmay,    jahon    madaniyati    hazinasini    boyitgan  

mutafakkirlardir.   Ular  ijodiga  bunday  yondoshuv  tushunarli  va  qonuniydir. 

 

Ulardan  biri  Haynrix  Mann  XIX  asrning  so`nggi  choragi  va  XX  asrning    

birinchi    yarmida ijod  qilgan  nemis  taraqqiyparvar adabiyotining  yirik vakili, 

antifashist yozuvchidir. U  murakkab  ijodiy yo`lni bosib o`tdi. Yozuvchining ilk 

asarlarida  mavhum  gumanizm  hukmron  bo`lsa,  so`nggi  ijodida  xalq  manfaatlari 

o`zining chuqur aksini topdi.   

Haynrix Mann Lyubek shahrida madaniyatli byurger — savdo  ishi     bilan  

shug`ullanuvchi  oilada  tug`ildi.  U  yoshligidan  tijoratni  o`rganadi.  Fransiya  va 

Italiya  bo`ylab  sayohatdan  so`ng  unda  adabiyotga  qiziqish  kuchayadi.  Atrofini 

o`rab  olgan  burjua  hayotiga    tanqidiy  munosabatda  bo`ladi.  Birinchi  mustaqil 

asari «Sharbat qirg`oqlari»da   («Orzu qilingan joyda», 1900)  uning fosh etuvchi 

satri ochiq ko`rinadi. 

«Sharbat  qirg`oqlari»  romanining  qaxramoni  chekka  viloyatdan  kelgan 

kambag`al  talaba  Andreas  Stumzedir.  Unga  Berlinning  g`arbiy  kvartali—



 

12 


birjachilar,  bankirlar,  savdogarlar,  sotqin  jurnalistlar  yashaydigan  boy  mahalla, 

tekin  daromad  manbai—sharbat  qirg`og`i,  sut  bulog`i  bo`lib  ko`rinadi  va  o`sha 

yerni orzu qiladi. Andreas qiynalib bo`lsa ham o`sha muhitga kirib oladi, so`ngra 

uning yaramas ta`siri ostida tez buziladi. 

Turkxaymerlar  muhitiga  tushib  qolgan  talaba  Andreas  Stumze  bankirning 

xotini  Turkxaymer  xonimning  diqqatini  o`ziga  tortadi.  Dastlab  u  o`z  baxtiga 

ishonmaydi, asta-sekin o`zini ushlab oladi,  so`ngra u surbetlik bilan Turkxaymer 

xonimga ham, xo`jayinning ma`shuqasi Agnessa Mastkega ham yaqinlashadi. Bu 

esa  mitti  odamning  boyligi  va  xukmronligi  uchun  o`z  xo`jayinidan  olgan 

qasosining  bir  turi  hisoblanadi.  Nayranglari  fosh  bo`lgach,  orzu  qilingan  joy 

sharbat  qirg`oqlaridan  quvilgan  Andreas  Stumze  o`z  taqdiriga  bo`ysunadi. 

Xo`jayin  «odamgarchilik»  qilib,  uni  Agnessaga  uylantirib  qo`yadi  va  kichik 

nafaqa belgilash  bilan undan xalos bo`ladi. 

Burjua  muhitida  salbiy  qaxramonning  ko`tarilishi  prinstipsizlik  va  faqat 

shaxsiy  manfaatni  ko`zlash  asosida  yuzaga  kelishini,  so`ngra  turli  ziddiyatlarga 

uchrab,  oxirida  yuztuban  ketishini  yozuvchi  Andreas  Stumze  obrazida  yorqin 

ko`rsatib berdi.. 

«Ma`budalar»  (1902—1903)  trilogiyasida  ijtimoiy  hayot,  san`at  va 

muhabbat  masalalari  tasvirlanadi.  Asar  qaxramoni  gertsoginya  Violenta  Assidir. 

U  shimoldan  Italiyaga  bostirib  kelgan  qadimgi  jaxongir  normannlar  urug`iga 

mansub  bo`lib,  yoshlikdan  o`z  avlodining  bosqinchilik  urushlari  va  jasoratlari 

haqidagi  xotiralar  bilan  yashaydi.  Undagi  favqulodda  iroda,  yuksak  go`zallik, 

manmanlikka  intilish  ham  o`shaning  oqibatidir.  Assi  ongli  ravishda  turmushi 

shod-xurramligini,  go`zallik  nashidasini  totib  ko`rmoqqa  intiladi,  oddiy  odamlar 

hayotiga esa  loqaydlik bilan qaraydi. 

Haynrix  Manning  sotsial-psixologik  va  hajviy  ruhdagi  «Unrat  muallim» 

(1905)  romanining bosh  qahramoni erlar gimnaziyasining keksa o`qituvchisi  Rat 

bo`lib,  o`quvchilar  unga  «Unrat»  laqabini  qo`yganlar.  Chunki  u  bolalarni 

monarxga  sadoqatu  «mangu  xizmatga  muhabbat»  ruxida  tarbiyalashga  undaydi. 

Unda  hammaga  dahshat  solish  kabi  istak  zo`r.  Uning  nutqlarida  rasmiy  (yuzaki) 



 

13 


tantanalilik  bor.  «Agar  men,—deydi  u,—o`quvchilarga  klassik  ideallarni  faqat 

bekorchi  xayol  sifatida  tushuntirsam,  u  vaqtida  o`zimga  bo`lgan  hurmatni 

yo`qotgan  bo`lur  edim».  Uning  tilida  chunki, hattoki, binobarin,  ya`ni,  masalan? 

so`zlari  ko`p  va  o`rinsiz  ishlatiladi.  Yozuvchi  bu  nochor  odam  obrazi  orqali 

miskin nemis hayotini masxara qiladi. 

Unrat  XIX  asr  oxiridagi  Germaniya  voqeligini  o`zida  mujassamlantirgan 

tipik  xudbin  obrazidir.  Birinchi  jahon  urushi  yillarida  Haynrix  Mann  urushga 

qarshi  antiimperialistik  mavqeni  egalladi.  Germaniyada  kuchayib  borayotgan 

revolutsion harakatga ijobiy munosabatda bo`ldi. 

Haynrix  Mann  hajviyotining  «Imperiya»  trilogiyasining  birinchi  romani 

«Sodiq  fuqaro»  (1914)dir.  Unda  zo`ravonlik  va  monarxiya  tartiblarining 

himoyachisi,  «mas`uliyatni  his  etmaydigan  shovinist»  obrazi  yaratiladi. 

Romanning  bosh  qaxramoni  Didrix  Gessling.  Ijtimoiy  hayotdan  uzoq,  qo`rqoq, 

filistr-meshchan  bu  odam  ekspluatator  bo`lib  qolgach,  jamiyat  taraqqiyoti  uchun 

xavfli kishiga aylanadi. 

Yozuvchi,  Didrix  Gessling  xarakterini  yuzaga  keltirgan  yaramas  muhitni, 

yomon  ta`sirni  ko`rsatadi.  Kichik  bir  qog`oz  fabrikasiga  xo`jayinlik  qilgan  otasi 

oilada qo`pol bir odam bo`lgan. Lapashang Didrix otasidan qo`rqadi va shu tufayli 

hurmat  qiladi. Didrix  maktabga  ham  yig`lab  borardi.  Darslarini  bilmagan  vaqtda 

ko`zlariga  yosh  oladi.  Bunday  holat  naf    keltirgach  endi  bu  narsa  odat  tusiga 

kiradi.  Maktabni  bitirgach,  Berlinga  o`qishga  boradi.  U  yerda  millatchi  burjua 

yoshlar tashkiloti «Yangi tevtoniya» safiga kiradi.. 

Didrix  voyaga  yetgach,  uyida  zulm  o`tkazuvchi  zolim  erga  aylanadi.  U 

xotinini  o`ziga  tobe  tutadi,  ona  esa  bolalarini  o`ziga  bo`ysundiradi.  Didrix 

bolalarini kichik xonaki itga ozor berishga o`rgatadi. Otasi vafotidan so`ng o`zini 

erkin  tutgan  Didrix  fabrikaning  egasi  bo`ladi  va  ishchilarni  qattiq  ekspluatatsiya 

qilishi  natijasida  katta  foyda  ola  boshlaydi.  Didrix  o`ziga  bo`ysunuvchilarga 

nisbatan o`ta qo`pol va shafqatsiz, aksincha o`zidan yuqori turuvchi amaldorlarga 

esa,  itoatkor  shaxs.  Bir  kuni  u  Berlinda  kayzerning  o`tib  ketayotganini  ko`rib 

qoladi. Turgan joyi balchiq bo`lishiga qaramay, o`sha yerda tiz cho`kib, imperator 



 

14 


Vilgelmga  ta`zim  qiladi.  Bu  esa  unga  sodiq  fuqaro  ekanini  bildirar  edi.  Didrix 

ishchilarga «ichki dushman» deb, ularning o`z ahvollarini yaxshilashga qaratilgan 

har bir harakatiga «isyon» deb qaraydi, ularni «yanchib tashlash»ga undaydi. «Biz 

qo`rqmaymiz,  kayzer  biz  bilan»,  deb  chiranadi.  Unda  agressorlik  kuchli,  ayni 

chog`da mehnatchilardan qattiq qo`rqadi ham. 

«Sodiq  fuqaro»  romanida  Haynrix  Mann  nemis  meshchanlarining  miskin 

hayotini,    burjuaziyaning  millatchilik,  bosqinchilikdan  iborat  siyosatini  masxara 

qildi. Didrix Gessling nemis hukmron tabaqalarining munofiqlik va yovuzliklarini 

aks ettirgan tipik obrazdir. 

«Imperiya» trilogiyasi   («Sodiq fuqaro»,    «Kambag`allar», «Boshliq»)dan 

so`ng  yozuvchi  ijodining  yangi  davri  boshlanadi.  1933  yilda  fashistlar  davlatni 

bosib  olgach,  Haynrix  Mann  ijodida  katta  burilish  ro`y  beradi.  U  Germaniyani 

tashlab  ketishga  majbur  bo`ladi.  Gitlerchilar  adib  asarlarini  yoqadilar,  o`zini  esa 

san`at akademiyasi a`zoligidan chiqaradilar. Dastlab u Pragada yashaydi, so`ngra 

Fransiyaga  ketadi.  U  yerda  fashizmga  qarshi  faoliyatini  davom  ettirib  maqolalar 

yozadi.  Agar  u  dastlabki  ijodida  («Unrat  muallim»,  «Sodiq  fuqaro»)  fashizmni 

yuzaga keltirgan muhitni ko`rsatsa, endi u sariq vabo—fashizmni, uning qonxo`r 

boshliqlari—Gitler,  Gering,  Gebbelsning  kirdikorlarini  keskin  fosh  etadi 

(«Nafrat»,  1933).  Bundan  so`ng  yozgan  «Shunday  kun  keladi»,  «Mardlik»  kabi 

publististik  asarlarida  esa  xaqiqat  uchun  mardonavor  kurashchilar  —  Ernest 

Telman, Rudolf Klaus va Edgar Andre obrazlarini fashistlarga qarshi qo`ydi. 

          Haynrix  Mann  shu  davrda  Genrix  IV  xaqidagi  epopeyasini  yaratdi.  Bu 

«Genrix IV ning yoshligi» va «Genrix IV ning yetuklik davri» (1935—1939) deb 

ataluvchi ikki tomdan iborat romandir. 

Haynrix Mann qirol Genrix xaqidagi asarida Fransiyaning XVI asri tarixiga 

murojaat etadi. O`sha vaqtda o`zaro  diniy nizolar avj olgan edi. Ayni chog`da bu 

davrda  yakka  xukmronlik  mustahkamlanib,  uning  o`zboshimcha  feodallarga 

qarshi  kurashi  ham  kuchaygan  edi.  Asar  personajlarining  ko`pi  tarixiy  shaxslar. 

Fransiya  taxtida  feodalizmning  so`nggi  vakillaridan  biri  qirolicha  Yekaterina 

Medichi  o`tiradi.  U  o`z  xukmronligini  saqlab  qolish  uchun  har  qanday  jirkanch 



 

15 


vositalarni  qo`llashdan  ham  qaytmaydi.  Xanjar  foyda  bermagan  joyda  zaxarni 

ishga  solib,  o`z  raqiblarini  bartaraf  etadi.  Bu  vaqtda  protestant-qirolichasi 

Navvarrskayaning  o`g`li,  yosh  shaxzoda  Genrix  (so`ngra  Genrix  IV)  qishloqda, 

buvasi qo`rasida, dehqon bolalari o`rtasida o`sadi va unga buvasi homiylik qiladi. 

Qirolicha  Yekaterina  dushman  partiyasini  zaiflashtirish  va  davlatni  o`z  qo`lida 

saqlab  qolish  maqsadida  qizini  protestantlarning  boshlig`i  Genrixga  berib, 

shunday  yo`l  bilan  uni  o`ziga  buysundirmoqchi  bo`ladi.  Yekaterinaning  o`z 

o`g`illari  Karl  IX  va  Genrix  III  mamlakatni  idora  etishga  noqobil  kimsalar  edi. 

Genrixning saroy qo`shinida xizmat qilayotgan otasi to`satdan o`ladi, ko`p o`tmay 

onasi  katoliklar  qo`lida  zaxarlanadi.    Uning    o`zi    uchun    ham      katta    xavf  

tug`iladi.  Genrix  Yekaterinaning  qizi  Margarita  Valuaga  uylanish  va  to`yni 

o`tkazish  maqsadida  o`zining  protestant  (gugenot)  qo`shin-lari  bilan  saroyga 

keladi.  Lekin  bu  qadar  ko`p  protestantlarning  kelishi  Parij  katoliklarini  g`azabga 

soladi.  Yekaterina  shahar  aholisining  bunday  kayfiyatidan  ustalik  bilan  foy-

dalanadi.  U  tinch  dam  olayotgan  protestantlarga  qarshi  1572  yilning  24  avgusti 

(avliyo Varfolomey kuniga o`tar kechasi)da yoppasiga ur-yiqit ushyutirib, ko`plab 

kishilarning boshini tanasidan judo qildiradi. Genrix esa, Luvr saroyida tutqundek 

qoladi. Varfolomey kechasidagi qonli voqealardan ko`zi ochil-gan yigit saroydan 

qochadi. 

           Bundan  so`ng  Genrix  IV  o`z  harbiy  qo`shinlari  safini  mustahkamlab,  o`z 

ta`sir doirasini kengaytiradi. Deh-qonlarning ahvolini yaxshilashga va`dalar berib, 

ular  bilan  yaxshi  munosabatda  bo`ladi,  xushchaqchaq  hazillar  qiladi.  Genrix 

hamma  janglarda  bevosita  o`zi  qatnashadi,  ko`p  shahar,  qishloq-larni  qo`lga 

kstritib, yanada obro` orttiradi. U endi Parijga hujum qilib. uni qo`lga kiritadi va 

tarqoq Franstiyani birlash-tiradi, xalqdan olinadigan soliqlarni kamaytiradi. 

            Endi  uning  oldida  Franstiyani  ispan  qiroli  Filippga  bo`lgan  qaramlikdan 

xalos  etish  vazifasi  turar  edi.  Lekin  Genrixning  bu  orzusi  amalga  oshmaydi—u 

katta  jangga  tayyorgarlik  ko`rayotgan  bir  vaqtda  yollangan  chet  el  josuslari 

tomonidan o`ldiriladi. 


 

16 


 Genrix  IV  asarning  birinchi  qismida  gugenotlarning  boshlig`i  sifatida 

kamsitishlarga  qarshi  shaxsiy  o`ch  olish  yo`lidan  borsa,  keyinchalik  sekin-asta 

aqliy  takomilga  erishib,  mamlakatning  birligini  yuzaga  keltiruvchi  yirik  harbiy 

qo`mondon va xalqparvar davlat boshlig`iga aylanadi. 

Asarda  Genrix  IV  Uyg`onish  davrining  ilg`or  namoyondasiqiyofasida 

gavdalantirilgan. Uiing do`stlari orasida faylasuf Monten, shoir Agrippad  Obine 

ham bor. Yozuvchi Genrix IV ni «qo`lida quroli bor otdagi gumanist», deb ataydi. 

U ham mutafakkir, ham sarkardadir. Bu bilan Haynrix Mann moddiy va ma`naviy 

kuchlar  birlashtirilgandagina  adolatli  tuzumni  o’rnatsh,  yovuz  g`oyalar 

hukmronligiga yo`l bermaslik mumkin degan xulosa chiqaradi. Chunki yozuvchi 

“Sodiq  fuqro”romanida  fashiatik  g`oyalar  tantanasini  taminlagan  xudbinlar 

muhitini qoralagan bo`lsa Genrix IV haqidagi asarida fashistik g`oya yo`lini to`sib 

qo`yish imkonini ko`rsatib beradi. 

Yozuvchi  «Sodiq  fuqaro»  romanida  fashizmni  keltirib  chiqargan  yaramas 

muhitni  tasvirlagan  bo`lsa,  Genrix  IV  haqidagi  epopeyada  uni  qanday  yo`l  bilan 

engish  mumkinligini  aniq  ko`rsatib  beradi.  Yozuvchi  Genrix  IV  ni  «xalqparvar 

arbob»,  deb  ta`riflaydi.  Tarixiy  Genrix  juda  ham  bunday  ijobiy  sifatlarga  ega 

emas.  Biroq  bu  asar  fashizm  ta`qibiga  uchragan  adib  tomonidan  yozilganini 

nazarga olganda, Genrix IV ning ideallashtirilishi sababi ravshanlashadi. 

1940  yilda  fashistlar  Germaniyasi  Fransiyani  bosib  olgach,  Genrix  Mann 

Amerikaga  ketishga  majbur  bo`ladi.  Keksa  adib  muhojirlikda  ham  fashizmga 

qarshi  asarlar  yaratadi.  Jumladan,  1943  yilda  chiqqan  «Lidista»  kinoromanida 

fashistlarning  Chexoslovakiyada  qilgan  vahshiyliklari,  Lidiste  va  Leshchan 

qishloqlariga  o`t  qo`yishi,  butun  erkaklarning  otib  o`ldirilishi  voqealari 

ko`rsatiladi. 

Yozuvchi  «Davr  obzori»  (1944)  publististik  asarida  Germaniyaning 

o`tmishi,  fashizmning  kelib  chiqishi  va  unga  qarshi  nemis  xalqi  olib  borgan 

mardonavor  kurashlar,  shuningdek  franstuz  qarshilik  ko`rsatish  harakati  haqida 

so`z  yuritadi.  Ayniqsa,  o`z  Vatanini  va  Evropa  xalqlarini  fashizm  asoratidan 

qutqargan ulug` sovet xalqi haqida, Oktyabrning olamshumul ahamiyati xususida 



 

17 


katta hayajon bilan hikoya qiladi. Genrix Mann gitlerizmning tormor etilishi bilan 

nemis xalqini tabriklaydi. Qasal bo`lishiga qaramay, bu keksa antifashist yozuvchi 

yangi Germaniyani tuzishda qatnashmoqni istaydi. Lekin yaxshi niyatlari amalga 

oshmaydi. Chunki AQSh reakstion doiralari uning o`z vataniga qaytishiga imkon 

bermaydilar.  Buiing  ustiga  ezgu  ishlarini  amalga  oshirishiga  to`sqinlik  qiladilar. 

Shu  tufayli  otashqalb  yozuvchi  Genrix  Manning  yaxshi  niyatlari  nihoyasiga 

etmaydi. G. Mann 1950 yilning 12- martida to`satdan vafot etadi. 

O`z  paytida ya`ni 1928-1932 - yillar davomida  Haynrix  Mann Germaniya 

ziyolilari    orasida  ayniqsa  Prussiya  san`ati  akademiyayasi    adabiyot  shobasining  

Prezidenti  lavozimida  sermahsul    faoliyatda  bo`lgan.  Bu  davrda    adib  ko`plab 

yosh  yozuvchilardan    adabiyot  sohasiga  jonkuyarlarni  tarbiyalab  yetishtiradi. 

Haynrix  Mannijodiy  takomilida  XIXasr  fransuz  romanchiligining  ta`siri  sezilib 

turadi.Shu  sababli  Haynrix  Mann  asarlari  shakllanib  kelayotgan  nemis  burjua 

madaniyati  ahloqini  ayovsiz  tanqid  ostiga  oladi.Imperiya  nomi  bilan  mashhur 

bolgan  roman-trilogiyasini  ayniqsa  shu  trilogiya  tarkibidagi  “Sodiq  fuqoro” 

romani  nafaqat  kayzer    Germaniyasidagi  talim-tarbiya  tizimini      balki  ko`plab 

ziyolilarga yuqqan buyuk millatning illatini ham qattiq tanqid ostiga olishga jur`at 

etdi.  Asarning  bosh  qahramoni  urushqoq  tarbiyasini  samarasi  o`laroq 

bosqinchinchilik  ruhi  bilan  balog`atga  yetgan.  Har  qaysi  hukmdorga  tiz  cho`kib 

ta`zim  qiladi.  Qo`shni  millatlarni  esa  mensimaydi.  Shunda  uning    yovuz    fe`l-

atvorlari tipik  ifodasini  topgandir.

4

 



 


Download 0,53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish