Ommaviy xizmat ko‘rsatish ob’ekti va uning tahlili
Тarmoqni joriy rejalashtirishni iqtisodiy-matematik masalasini umumiy ko„rinishi mavjud resurslar doirasida olinadigan natijani maksimallashtirishga qaratilgan bo„lib, yuqorida keltirilgan ma‟lum bir model yordamida yechiladi va tahlil qilinadi.
Тarmoq kelajakka - istiqboldagi rejalashtirishda esa aksincha, avvaldan ko„zlangan natijalarga erishish uchun zarur bo„lgan xarajatlarni minimallashtirish ko„zda tutiladi. Bunda asosan kelgusidagi bozor talabini bashorat qilish katta ahamiyat kasb etadi. Shunday qilib, tarmoqning istiqboldagi rejalashtirish masalasida uning korxonalarini joylashtirish, ixtisoslashtirish va kengaytirish muammolari hal qilinadi. Bunday masalani yechilishi natijasida tarmoq korxonalarini joylashtirish
punktlari, ularning quvvatlari, ishlab chiqarish korxonalarini iste‟molchilar bilan biriktirish muammolarini hal qiladi.
Masalani qo„yilishi va yechilishi jarayonida quyidagilarga e‟tibor berish kerak bo„ladi. Har bir punkt va tumanga taalluqli xom ashyo omborlari, xom ashyoning sifati va ko„rinishiga; transport tarmog„ining iste‟molchilarga yaqinligi va mahsulotga bo„lgan bozor talabi; yangi korxonalarni qurish va eskilarini kengaytirish va qayta jihozlash uchun zarur bo„lgan maydonlarni va kapital qo„yilmalarni mavjudligi va boshqalar.
Bir turdagi mahsulotlarni ishlab chiqarish korxonalarini joylashtirish va
rivojlantirish masalasini modelini tuzish uchun quyidagi belgilashlarni kiritamiz:
i - ishlab chiqarish korxonalari punkti indeksi, i 1, m;
j - iste‟mol qilish punktlari indeksi, j 1, n;
B j Ai Cij
j-punktning mahsulotga bo„lgan talabi;
i-punktning maksimal ishlab chiqarish quvvati;
bir birlik mahsulotni i-punktdan j-punktga tashish bilan bog„liq bo„lgan
xarajatlar;
Si - i-punktda bir birlik mahsulotni ishlab chiqarish bilan bog„liq bo„lgan ishlab
chiqarish xarajatlari (kengaytirish yoki qayta jihozlash);
X ij
i-ishlab chiqarish punktidan j-iste‟mol punktiga tashilishi zarur bo„lgan
mahsulot miqdori;
X i - i-punktdagi korxonaning ishlab chiqarish quvvati.
Yuqoridagi belgilashlar orqali masalaning maqsad funksiyasining mezoni va asosiy shartlarini ifodalaymiz: ishlab chiqarish va yetkazib berish xarajatlari belgilangan shartlar doirasida minimallashtirilsin:
F Si Xi Cij X ij min
i i j
Quyidagi chegaraviy shartlar bajarilsin:
Har bir iste‟mol punktiga tashib keltirilgan mahsulotlarning umumiy yig„indisi, uning talabiga teng bo„lsin:
X ij Bj ,
i
( j 1, n)
Har bir ishlab chiqaruvchi korxonadan tashib ketilgan mahsulotlar miqdori, korxonaning maksimal quvvatidan ortib ketmasin, korxonaning quvvati esa uning maksimal imkoniyatlari bilan aniqlanadi:
X ij Xi Ai ,
j
(i 1, m)
Bunda tashilayotgan mahsulotlarning hajmi va korxonalarning ishlab chiqarish quvvatlari manfiy bo„lmasliklari kerak:
X ij 0,
X i 0,
i 1, m,
i 1, m.
j 1, n
Ko„p turdagi mahsulotlarni ishlab chiqarish korxonalarini joylashtirish va rivojlantirish modellarida tarmoqda yangi qurilishi kerak bo„lgan va qayta jihozlanadigan korxonalaridan tashqari ularning ishlab chiqarish hajmi ham aniqlanadi. Bunda turli xildagi mahsulotlar ishlab chiqarish ko„zda tutiladi. Bu mahsulotlar korxonaning asosiy mahsulotlari bilan birga ishlab chiqarilishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |