tarkibiga quyidagilar kiradi: amaldagi muhandislik tarmoqlarini ko’chirish yoki
ketkazish qurilmalarini o’rnatish; bino erto’la qismining o’rnini belgilash va enli
handaq qazish; maydonga vaqtinchalik yo’llar va devorlar qurish;tashqi yoritish,
vaqtinchalik elektr energiya tarmoqlari, suv, bug’, siqilgan havo qurilmalarini
o’rnatish; qoziqlar va boshqa ashyolarni saqlash uchun maydonlar tayyorlash;
Qoziqlarni qatorlari o’qlari o’rnini geodezik belgilash. Maydonni tayyorlash
va bino yoki inshootning asosiy o’qlarini belgilash bo’yicha ishlar tugagandan
so’ng qoziqlarni joylashish rejasiga mos holda qoziq qatorlarini o’rnini belgilashni
ixotalash va o’qlarni mahkamlash belgilarini o’rnatish bilan amalga oshiriladi.
Qoziq o’rnatiladigan joy metall qoziqlar bilan belgilab qo’yiladi. Bosh
qismining vertikal sathi va rostverk osti sathi maxsus o’rnatilgan reperlarga asosan
nazorat qilinadi. Reperlar davlat geodezik tarmog’iga bog’langan bo’lishi kerak.
Qoziqlar o’qlarini belgilanganligi va mahkamlanganligining bajarilish sxemasi
ishlarni bajarilganligi to’g’risidagi dalolatnomaga ilova qilinadi.
Qoziqlarni tashish va taxlash.
Qoziq tashuvchi yoki boshqa transport vositalarida qoziqlar ob’ektga
keltirilgandan so’ng unsurlarni to’g’ri nishonlanganligi tekshiriladi va qoziq tashqi
tomondan nazorat qilinadi. Qoziqlarni to’qmoq ishlaydigan joyga tushirib taxlansa
maqsadga muvofiq bo’ladi. Qoziqlar yakka yoki taxlam holida, bosh tomoni
bolg’aga qaratib, uning harakat o’qiga perpendikulyar holda tashlab chiqiladi.
Qoziqlar to’qmoq ostiga qoziq o’rnatkichlar, o’zi yurar kranlar, avtoyuklagichlar,
maxsus ushlovchi moslamalar yoki to’qmoq chiQiri yordamida beriladi.
Temir-beton qoziqlar 3-4 qator taxlam holida saqlanadi. Ular orasiga montaj
ilgaklari ostiga o’lchami 10x6x20 sm li yog’och qo’yiladi.
Qoziqni va shpuntni o’rnatishga tayyorlash.
Qoziqlarni o’rnatishga tayyorlash jarayonida hujjatlar tekshirilishi zarur,
tashqi nazorat qilinishi kerak, qoziqni yig’ish va jihozlash, belgilar qo’yish kerak.
Qoziqlarni uzunlik bo’yicha yiriklashtirib yig’ish IBL asosida amalga
oshiriladi, oldindan maxsus maydonchalarda yoki o’rnatilishi jarayonida yig’ma
temir-beton qoziqlarni zvenolarini oshirish quyma qismlarini elektrpayvandlab,
gardishlarni boltlar bilan ponali yoki qoziqli qurilmalar bilan amalga oshiriladi,
kalta quvursimon qoziqlar tiqinlar yordamida biriktiriladi.
Metall shpunt o’rnatilishdan oldin to’g’ri chiziqliligi va qulfli birikishining
saqlanishi tekshiriladi, oqqan qismlar kesib tashlanadi, qoziqli vibratsion
o’rnatkich bilan mahkam birikishi ta’minlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: