159
tayyor mahsulotlarni ishlab chiqarish va qo’shimcha daromadni qo’lga kiritishga
olib keladi. Natijada qo’shimcha ishchi joylari va boshqa ijobiy ko’rsatkichlarni
amalga oshiriladi.
Bugungi kunda respublikamizda an’anaviy eksport mahsulotlaridan paxta,
gaz, rangli metal, yumshoq o’yinchoqlar, oziq-ovqat mahsulotlari va shunga
o’xshash ko’plab mahsulotlarimiz jahon bozorida o’z mavqeyiga ega bo’lib
bormoqda. Bu maxsulotlarni chet davlatlarga reklama qilish maqsadida Toshkent
Xalqaro Marketing markazi ochildi, unga binoan O’zbekistonda ishlab chiqarilgan
mahsulotlar namoyish qilinadi va mahsulotlarga xaridor topishga ko’maklashadi.
Bunday samarali hamkorlikdan ko’zlangan maqsad mahsulotlarimizni son va sifat
darajasini oshirish, qolaversa, investorlarni jalb qilib samaradorlikni oshirmoqda .
Mamlakat tashqi savdo operatsiyalarini samaradorligini aniqlashda tashqi
savdo balansi ma’lumotlaridan foydalaniladi, mamlakatning tashqi savdo balansi
mamlakat to’lov balansining tarkibiy qismi bo’lib, tovarlar import qilinganida
undan chiqib ketadigan mablag’lar bilan tovarlarni chet elga eksport qilinganda
mablag’lar o’rtasidagi nisbatini ko’rsatadi. To’lov balansining shu tarkibiy qismi
mamlakatning tashqi iqtisodiy ahvoliga baho berishda eng muhim ko’rsatkich
hisoblanadi.
Agarda mamlakatning eksporti ma’lum davrda chet eldan import qilishdan
ortiq bo’lsa, savdo balansi musbat bo’ladi, ya’ni eksportdan tushgan tushim
importga ketgan xarajatlarga nisbatan ko’p bo’lsa, unda mamlakat tashqi balansi
musbat savdoga ega bo’ladi. Agar import eksportdan ortiq bo’lsa, savdo balansi
shunga muvofiq salbiy bo’ladi yoki boshqacha qilib aytganda, mamlakat chetdan
sotib olayotgan tovarlar summasidan ortiq bo’lsa, mamlakat savdo balansi salbiy
savdoga ega hisoblanadi.
O’zbekistonning tashqi iqtisodiy va savdo faoliyatida Osiyo rivojlanishi
bank (OIV) hamda jaxon savdo tashkiloti (JST) bilan hamkorligi istiqboli
yo’nalishlaridan xisoblanadi . Shunday qilib O’zbekistonning jaxon hamjamiyati
qo’shilishida dunyo mamlakatlarida xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar bilan
hamkorlik xal qiluvchi o’ziga ega bo’lib bu
milliy iqtisodiyotning
baynalmillashuvini kuchaytiradi hamda iqtisodiy taraqqiyotini yuqori bosqichda
ko’tarishining asosiy tashqi omillari hisoblanadi.
Xulosa qilib aytganda, oxirgi yillarda O’zbekistonda eksport tarkibida
mahalliy xomashyodan tayyor mahsulotlarni ishlab chiqarish va qo’shimcha
daromadlarni qo’lga kiritishga olib keladi.
Bu mahsulotlar ko’pgina chet davlatlarni qiziqishlariga va mamlakatimizga
juda ko’p katta-katta investitsion loyihalarni amalga oshirish imkoniyatini yaratib
bermoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: