Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги ўзбекистон республикаси қурилиш вазирлиги


Malaka oshirish jarayonida masofaviy ta’lim qulayliklari



Download 18,71 Mb.
Pdf ko'rish
bet150/201
Sana19.02.2022
Hajmi18,71 Mb.
#460092
1   ...   146   147   148   149   150   151   152   153   ...   201
Bog'liq
3 китоб

Malaka oshirish jarayonida masofaviy ta’lim qulayliklari 
SamDAQI “Axborot texnologiyalari” kafedrasi o’qituvchisi G’aybulov Q.M. 
101-KME va UB guruh talabasi Qilichov J. 
 
Masofaviy ta’lim keng mano’da - zamonaviy texnologiyalar yordamida 
masofadan turib bilim olish imkoniyati bo‘lib, bu jarayonda Internet tarmog‘i 
asosiy va muhim o‘rin tutadi. Keyingi davrda mutaxassislar malaka oshirishda 
masofaviy ta’lim tizimidan tobora kengroq foydalanib bormoqdalar. Bu 
imkoniyatning afzalligi, ayniqsa, masofa va vaqt talab etilmasligi, ya’ni 
foydalanuvchining o‘z xohishiga muvofiq amalga oshirilishi mumkinligi bilan 
belgilanadi. 
Masofaviy ta’limdan foydalanuvchilar ta’lim muassasasiga qatnab, 
belgilangan vaqtda auditoriyalarda o‘tirishga majbur bo‘lmaydilar — bilim olish 
uchun Internet tarmog‘iga ulangan kompyuter mavjud bo‘lishining o‘zi kifoya. 
Vaqt va zamon muammolarining ahamiyati yo‘q. Ta’lim olishga ehtiyojmand 
bo‘lganlar vaqt va imkoniyatlarga ega bo‘lmagan holda, har qanday olis masofadan 


257 
turib, o‘zlariga qulay joy va vaqtda ta’lim olish bilan shug‘ullanish jadvalini 
o‘zlariga alohida qulaylashtirib, tuzib oladilar. Masofaviy ta’lim insonlararo 
kommunikativ muloqotga bog‘liq bo‘lgan tortinish, ko‘pchilik omma oldida 
so‘zlashdan cho‘chish kabi psixologik to‘siqlarga ega bo‘lmaydi. 
Masofaviy ta’lim shakli foydalanuvchiga o‘zini namoyon etishi uchun 
katta imkoniyatlar yaratadi. O‘z tafakkuri ustida ishlash, chuqur o‘ylab ko‘rish 
imkoniyati ta’lim oluvchilarga og‘zaki nutqda yo‘l qo‘yishi mumkin bo‘lgan xato 
va kamchiliklarning oldini olishga yordam beradi. Masofaviy ta’lim foydalanuvchi 
dunyoqarashini kengaytiradi. Masofa muammosi yo‘qolib, yaqinlik, samimiylik 
hissi foydalanuvchi kayfiyatini ko‘taradi — bu his har bir inson uchun muhim 
jihatdir. Har bir foydalanuvchi bilim sirlarini yanada chuqur egallash maqsadida 
Internet tarmog‘idagi elektron pochta yoki Web-tizimdan foydalanadi. Biroq 
masofaviy ta’limda afzalliklar bilan bir qatorda, foydalanuvchi uchun ham, mazkur 
ta’lim jarayonini tashkil etuvchi o‘qituvchilar uchun ham ayrim kamchilik va 
muammolar yuzaga keladi. Ta’lim samaradorligi aynan mazkur muammolarning 
qanchalik muvaffaqiyat bilan hal etilishiga bog‘liq bo‘ladi. Masofaviy ta’limning 
quyidagi: 

masofaviy ta’limning tashkil etilishi; 

masofaviy 
ta’lim 
mazmun 
yo‘nalishini 
motivatsiyalashtirishdagi 
muammolar; 

texnik muammolar; 

masofaviy ta’limning ilmiy va huquqiy asoslanishi kabi asosiy muammolari 
mavjud. 
Masofaviy ta’limning tashkil etilishidagi muammolar shundan iboratki, 
har qanday ta’lim muassasasida masofaviy ta’lim shaklini muvaffaqiyatli 
rivojlanishi uchun nafaqat kompyuter kommunikatsiyalar, internet-texnologiyalar 
sohasidagi dasturchilar, balki fan sohasidagi o‘qituvchilar, metodistlardan ham 
katta mehnat talab etiladi, Internet va kommunikatsiya texnologiyalarining o‘ziga 
xos jihatlari, zamonaviy ta’lim tizimi jarayonining rivojlanish odimlarini chuqur 
tushunish, pedagogik innovatsion texnologiyalar, bilim sohasi nazariyasi, yangi 
konsepsiyalari, tarmoqda muloqot qilishning psixologik xususiyatlari va boshqa 
zarur bilimlarni yaxshi bilish talab etiladi. Masofaviy ta’lim shaklida ta’lim 
jarayoni ko‘proq mehnat talab etadigan va ko‘p jihatlarga ega bo‘ladi. Mazkur 
muammoni hal etishda hozircha ma’ruza va o‘quv qo‘llanmalarini elektron shaklga 
o‘tkazish va elektron pochtadan foydalanish bilan cheklanilmoqda. Shu jarayonni 
masofaviy ta’lim deb ataydigan holatlar ham mavjud. Aslida, masofaviy ta’limning 
har qanday shakli, eng avvalo, ta’lim konsepsiyasini belgilab olish bilan 
belgilanadi. 
Ko‘plab 
mamlakatlarda 
shaxsning 
intellektual 
va 
axloqiy 
rivojlantirish, tanqidiy va ijodiy tafakkurni, axborot bilan ishlash salohiyatini 
shakllantirishga qaratilgan shaxsiy-yo‘naltirilgan ta’limni afzal biladilar. Mazkur 
ta’lim maqsadlarining diqqat markazida, an’anaviy tarzda ta’limni tashkil etish 
emas, balki foydalanuvchilarning o‘zlashtirish, axborotni anglashda qulay 
imkoniyatlarni taqdim etishdan iborat. Masofaviy ta’lim shakli aynan shu jihatlarni 
e’tiborga olib tashkil etilishi zarur. Masofaviy ta’lim shaklidagi o‘qishning 
differensiyalashuvi, individuallashuviga e’tibor qaratilishi zarur. Shuning uchun 


258 
ta’lim mazmuni mazkur konsepsiyalarga muvofiq tuziladi va tashkil etiladi. Kon-
sepsiyalarning asosiy tamoyili muammoli yo‘nalganlikdan iborat bo‘lishi zarur. 
Shaxsiy-yo‘naltirilgan yondashuv o‘quvchilar bilan ta’lim jarayonida doimiy 
muloqotda bo‘lish, ularning hamkorlikdagi faoliyati, o‘qituvchilarga munosabati 
yotadi. Bu shunchaki ta’lim bilimlarini axborot sifatida uzatish emas, balki 
hamkorlik jarayonidir. Demak, shunga mos quyidagi o‘qitish metodlari, 
pedagogik texnologiyalarni tanlash: bilimlarni o‘zlashtiriah bosqichida kichik 
guruhlarda hamkorlik qilish; munozara; individual, juft bo‘lib, guruhiy faoliyatli 
loyihaga muvofiq, shuningdek, boshqa mintaqalardagi hamkorlikka yo‘naltirilgan 
telekommunikatsiya loyihalari; muammoli va rolli o‘yinlardan foydalanish zarur. 
Bunda o‘qish, bilimlarni puxta o‘zlashtirishga xohish, refleksiyasini 
shakllantirish kerak bo‘ladi. 
Masofaviy ta’lim — bu ta’lim muassasalari uchun ham, foydalanuvchilar 
uchun ham ancha arzon tushadigan ta’lim shaklidir. Bunda kommunal xizmatlar
auditoriya soatlari va boshqalar uchun to‘lovga xojat qolmaydi. Masofaviy 
ta’lim — ta’lim turi sifatida jiddiy va muhim masaladir. Ehtimol, yillar o‘tib, 
ko‘pchilik malaka oshirish uchun tarmoq kurslarini afzal bilar. Masofaviy ta’lim 
kunduzgi ta’lim sharoitlarida ham mustaqil ta’lim uchun katta imkoniyatlarni 
beradi, ta’lim muassasasida olgan bilimlarini mustahkamlash va to‘ldirishga 
yordam beradi.

Download 18,71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   146   147   148   149   150   151   152   153   ...   201




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish