реал ҳолати
, уларда йиғилган жисмоний емирилиш
даражаси билан ўлчанади.
Маьлумки кўпгина қурилиш материалларининг нормал шароитдаги
емирилиш интенсивлиги номаьлум. Сўнгги йилларда хориждан жуда кўплаб
қурилиш ашёлари кириб келди ва бу жараён давом этмоқда. Бу
материалларнинг емирилиш интенсивлиги республикамизнинг ўзига хос
иқлим шароити учун номаьлумдир. Қурилиш материалининг емирилиш
жадаллигини билиш, уларнинг хизмат даврини белгилаш – жисмоний
емирилиш даражасини аниқлаш учун зарурий кўрсатгичдир. Худди шундай,
бинонинг меьёрий хизмат даврини белгилаш хам уни ташкил этувчи асосий
конструктив элементларнинг ўртача хизмат даври билан белгиланади.
Меьёрий хизмат давр эса нормал эксплуатация қилинган бино учун
характерлидир.
Хулоса қилиб айтганда, бир вақтда, битта типик лойиха асосида, бир
вазифани бажарувчи турли жойдаги қўрилган бинолар вақт ўтиши билан
турли даражада “қарийди”. Шунинг учун хам хозирги давргача қурилиш
конструкцияларнинг бинода қайси вазифани бажаришдан қатьий назар
уларнинг аниқ хизмат муддати тахминан белгиланади.
Tadbirkorlik faoliyatini taraqqiy etishida innovatsiyaning o’rni.
SamDAQI, kаttа o’qituvchi Ismailov N.I.
Tajriba jarayonlari shuni ko’rsatadiki, iqtisodiyotni rivojlantirishning bosh
kuchi bo’lib tadbirkorlik xizmat qiladi. Tadbirkor har qanday imkoniyatni boy
bermasdan, o’z manfaatida o’zi uchun iloji boricha maksimal yutuq maqsadida,
hech qanday talofatlardan qo’rqmay tashabbusni qo’lga oluvchi, kuchli va
harakatchan insondir. A. Smitni ko’zga ko’rinmas qo’l qoidasiga binoan, tadbirkor
138
har qanday imkoniyatni nafaqat o’zi uchun balki jamiyat kelajagi uchun
ishlatuvchidir. Demak, bu yangi ishni amalga oshirish qarorini qabul qilishdir.
Bu faoliyat, iste’molchilarni turli tovar va xizmatlar bilan ta’minlash yo’li
bilan, daromadni oshirishga qaratilgan turli faoliyatdir. Tadbirkorlik faoliyati
doimiy ravishda o’z mulkiy mas’ulligidan, o’z qo’rquv va tavakkalligidan kelib
chiqib yuritiladigan faoliyat hisoblanadi. Haqiqiy tadbirkor faqat o’z g’oyasiga ega
bo’lgan insonlardir, olimlarni fikriga ko’ra, dunyodagi insonlarni faqat 15-20
foizigina tadbirkordek fikr yuritish va harakat qilish qobiliyatiga egadirlar.
Amerikaliklar tadbirkorlarning millatini “oltin foyda” deb atashadi. Nobel’
mukofoti laureati, taniqli iqtisodchi Fridrix Fan Xayekni fikricha, tadbirkorlikning
mohiyati yangi iqtisodiy imkoniyatlarni izlashdir, uni axtarib topishdadir.
Tadbirkorlik oddiygina faoliyat emas, u yaratuvchanlikka mos va xos
faoliyatdir. Tadbirkorlikni yuritish va yuksaltirish uchun tadbirkor ijodiy xislatga
ega bo’lishi kerak. Tadbirkor o’z ishini boshlar ekan, uni u aniq bir jarayon sifatida
tasavvur qila olishi va bilishi zarur.
Tadbirkorlikka xos bo’lgan xislatlar bular: tashabbuskorlik; yaratuvchanlik;
ijodkorlik; yangilikka intiluvchanlik; o’zining g’oyasiga ega bo’lmoqlik;
tavakkalchilik va qaltislikni o’z bo’yniga olmoqlik; novatorlik, eskini buzib, ijodiy
ravishda yangilikni kiritmoqlik, ya’ni doimiy rivojlanmoqlik; faoliyat oqibatlarini
ko’ra bilmoqlik; o’z majburiyatlarini bajarmoqlik; o’z qaroridan qaytmaslik;
uddaburonlik va doimiy intiluvchanlik, yaratuvchanlik.
Qayd etilgan xislatlarga ega bo’lganlargina tadbirkorlikni aniq jarayon
sifatida tasavvur qila oladilar, buzish qobiliyatiga ega bo’la oladilar, yangilikni
yaratish imkoniyatiga ega bo’ladilar.
Tadbirkorlik taraqqiyoti novatorlikdadir, ya’ni eskini ijodiy yondashuv
asosida buzib, yangisini ijod etishdadir. Taniqli nemis iqtisodchisi
D.A.Shumpeterni fikriga ko’ra, texnologiya taraqqiyoti iqtisodiy yuksalishni
boshqaradi, novatorlik ya’ni doimiy ijodiy yondashuv va yaratuvchanlik
rivojlanishni ta’minlaydi. D.A.Shumpeterni fikriga ko’ra, inovatorlikni amalga
oshiruvchisi bo’lib tadbirkor xizmat qiladi, moliyaviy mablag’lar esa uni
ta’minotini tashkil etadi. Demak, tadbirkorlik o’z mazmun-mohiyatiga ko’ra
ijodkorlik, yaratuvchanlik, yangilikni tadbiq etmoqlik, tashabbuskorlik negizida
tadbirkorlik, uddaburonlik, intiluvchanlik va doimiy rivojlanmoqlikni anglatadi.
Ushbu jihatdan tadbirkorlik faoliyati innovatsiya faoliyatidan boshqa narsa
emasdir. Haqiqiy tadbirkorlik negizida novatorlik, yangilikni kiritish, hayotga
tadbiq etish yo’li bilan rivojlanishni ta’minlash yotadi. Tadbirkorlik taraqqiyoti
intiluvchanlikda, novatorlikda, yangiliklarni tadbiq etmoqlikda, tavakkal
qilmoqlikda, qaltislika qo’l urmoqlikda va o’z qarorlaridan qaytmaslikda hamda
ma’suliyatni seza bilmoqlikdadir. Bularni jami innovatsiya faoliyatiga ham xos
bo’lgan belgilar bo’lib, tadbirkorlik taraqqiyotini yuksaltirish omili sifatida xizmat
qiladi.
Tadbirkorlikni innovatsion faoliyatsiz his qilib bo’lmaydi, ushbu jihatdan
tadbirkorlik faoliyati oddiy biznesdan farq qiladi. Tadbirkorlik taraqqiyoti
novatorlikdan, erkin bozor talablarini bilmoqlikda, ularni istiqbolini his
etmoqlikda, ularga mos tovar va xizmatlarni etkazmoqlikda va shu yo’l bilan o’z
maqsadlariga
erishmoqlikdadir.
Faqat
innovatsiyalarga
tayangan
holda
139
tadbirkorlikni yuritish tadbirkorlik faoliyati maqsadiga xos bo’lgan yutuqlarni va
yuqori daromadni ta’minlaydi. Bunda tadbirkorlik faoliyati erkin raqobat muhitida
sinmaydi, u faol rivojlanadi, taraqqiyotga erishadi, yuksaladi.
Innovatsion tadbirkorlik uch asosiy turga bo’linadi:
-
mahsulot innovatsiyasi;
-
texnologiya (ishlab chiqarish) innovatsiyasi;
-
ijtimoiy innovatsiya.
Mahsulot innovatsiyasi - korxona mahsulotini sotish darajasi imkoniyatini
yangilash jarayonini namoyon etadi.
Texnologiya innovatsiyasi - ishlab chiqarish imkoniyati (potentsial)
yangilash jarayonidir
Ijtimoiy innovatsiyalar korxonaning gumanitar doirasini reja asosida
yaxshilash jarayonini namoyon etadi.
O’zbekiston iqtisodiyotida faqat innovatsion tadbirkorlik raqobatga bardosh
bera oladi, rivojlana oladi, taraqqiyotga erisha oladi, chunki uni innovatsiyalar
yuksaltira oladi. Novatorlik asosida innovatsiya faoliyatiga tayanib tadbirkorlikni
tashkil etish, oddiy biznesni yuritishdan farqli ravishda rivojlanishni ta’minlaydi.
Doimiy izlanishga, yangilikni kiritishga, raqobatbardoshlikni yo’lga qo’yishga,
muntazam modernizatsiyalarni ta’minlashga, fan va texnika yutuqlari natijalarini
joriy etib borishga qaratilgan tadbirkorlik albatta o’z taraqqiyotiga erishadi va
yuksalib boradi, chunki u bunda bozor talablarini qondira oladi, natijalarga erisha
oladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |