bo‘lishi kuzatilmaydi. Ko‘pgina oilalarda ajralish 1:1 nisbatga yaqin edi.
Gullash fazasida bu narsa yaqqol ko‘rinidi [4. B. 78-81, 5. B. 21].
Tajribalar davomida barg shakli bo‘yicha besh kirtikli, xosil shoxi
cheklanmagan indeterminant tipdagi g‘o‘za navlari va barg shakli yaxlit
(lansetsimon, dumaloq, tuxumsimon), xosil shoxi cheklangan 0 – tipli
determinant shakldagi tizmalarni o‘zaro duragaylash orqali xosil bo‘lgan F
1
va
F
2
o‘simliklarni taxlil qildik. Kuzatishlarimiz Omad x Determinant-1, Gulbaxor
x Determinant-3, kombinatsiyalarining duragaylash natijasida olingan F
1
o‘simliklarning barchasida barg shakli uch bo‘lakli, xosil shoxining tuzilishi
cheklanmagan tipda, o‘sish tipi indeterminant shakldagi o‘simlik duragaylari
xosil bo‘ldi va fenotipik jixatdan bir xillilikni namoyon etdi.
F
2
Omad x Determinant-1 va Gulbaxor x Determinant-3 kombinatsiylarida
xosil bo‘lgan o‘simliklarni 27 ta genotipik sinfga ajralib, genotipik
1:2:1:2:4:2:1:2:1:2:4:2:4:8:4:2:4:2:1:2:1:2:4:2:1:2:1 nisbat kuzatildi. Fenotipik
jixatdan barg shakli bo‘yicha 3 ta, xosil shoxi bo‘yicha 2 ta, o‘simlik bo‘yining
o‘sish tipi bo‘yicha 4 ta sinflarga ajralishi kuzatildi. Nazariy jixatdan barg shakli
bo‘yicha 1:2:1 nisbat, xosil shoxining tuzilishi bo‘yicha 3:1 nisbat namoyon
bo‘ldi. Tup tuzilishi bo‘yicha esa 4 ta fenotipik guruhga ajratish mumkin bo‘ldi.
9 indeterminant cheklanmagan : 3 indeterminant cheklangan : 3 fassiatsiyali
cheklanmagan :1 determinant «0» tip. F
2
Omad x Determinant-1
kombinatsiyasida 146 ta o‘simlikning 137 tasi indeterminant tipli xosil shoxi
cheklanmagan, 9 tasi determinant tipli xosil shoxi cheklangan tipdagi o‘simliklar
xosil bo‘ldi.
χ
2
– 0.002 ni tashkil etib P – 0.98-0.95 ga teng bo‘ldi. Ikkinchi
kombinatsiya Gulbaxor x Determinant-3 kombinatsiyasida 95 ta o‘simliklarning
87 tasi indeterminant, xosil shoxi cheklanmagan, 8 tasi determinant, xosil shoxi
cheklangan 0 –
tipdagi fenotipik ko‘rinishga ega bo‘ldi. χ
2
ko‘rsatkichi 0.764 ni
tashkil etdi va P – 0.80-0.70 ga teng bo‘ldi.
Cheklangan hosil shoxli o‘simliklarga e’tibor bersak, ularning determinant
tipdagi fenotipda bo‘lishini In
l
-in
l
va S-s genlarni o‘ziga xos o‘zaro ta’sirida
morfologik belgilarning fenotipik rivojlantirishi aniqlandi. Bu ikki genning
fenotipik nisbatlari quyidagicha bo‘ladi 9:3:3:1. Bulardan 12 qismi 9/16 va 3/16
indeterminant bo‘lsa, 4/16 qismi determinant bo‘ladi. Determinant tipda
o‘suvchi o‘simliklarni ikki fenotipik guruhga ajratish mumkin – 3/16 qismini
fassiatsiyali va 1/16 qismini esa haqiqiy determinant o‘simliklar tashkil qiladi
Do'stlaringiz bilan baham: