Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги заҳириддин муҳаммад бобур номидаги


-SHU’BA. TABIIY FANLAR, TIBBIYOT, QISHLOQ



Download 4,08 Mb.
Pdf ko'rish
bet47/206
Sana12.04.2022
Hajmi4,08 Mb.
#547308
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   206
Bog'liq
ИЛМ-ФАН ВА ТАЪЛИМ – МАМЛАКАТ ТАРАҚҚИЁТИНИНГ МУҲИМ ОМИЛИ KANFERENSIYA ADU

2-SHU’BA. TABIIY FANLAR, TIBBIYOT, QISHLOQ 
XO‘JALIGI FANLARI 
 
SHARQIY FARG‘ONA DORIVOR O‘SIMLIKLARIDA YASHOVCHI 
SHIRALAR (HOMOPTERA; APHIDINEA)NING TROFIK 
ALOQALARIGA OID 
Xusanov A.K. 
ADU Zoologiya va biokimyo kafedrasi mudiri,
biologiya fanlari doktori, dotsent, 
Jo‘rayev M.Sh.
ADU tayanch doktoranti, 
G‘ulomidinov Azamat, G‘ulomov Azizbek 
ADU magistrantlari 
 
Annotatsiya. Maqolada Sharqiy Farg‘ona dorivor o‘simliklarida 
yashovchi shiralarning dastlabki tasnifiga oid tahlillar hamda Farg‘ona 
vodiysida keng tarqalgan dorivor o‘simliklarning mintaqalar bo‘yicha 
taqsimlanish ko‘rsatkichlariga oid ma’lumotlar o‘z ifodasini topgan. 
Kalit so‘zlar. Antik davr, monografiya, Boburnoma, dendrofil, afidofauna. 
 
Sharqiy Farg‘ona o‘simlik va hayvonot dunyosining boyligi bilan boshqa 
mintaqalardan keskin farqlanadi. Sharqiy Farg‘ona hududini o‘rganishga 
bo‘lgan qiziqish boy tarixga ega. Ushbu maqolada Farg‘ona vodiysi dorivor 
o‘simliklarini o‘rganishga hamda hayvonot dunyosini tadqiq etish bo‘yicha 
olingan dastlabki adabiy va ilmiy materiallar tahlil etilgan. 
Farg‘ona vodiysining o‘simlik va hayvonot dunyosi haqidagi ilk ma’lumotlar 
antik davr adabiyotlarida o‘z ifodasini topgan, keyinchalik, o‘z davri uchun bir 
muncha batafsil tahlillar Z.M.Boburning mashhur “Boburnoma” asarida 
keltirilgan.
1878-yilda rus olimlari A.F.Middendorf, N.A.Seversov, zoolog va geograf 
A.P.Fedchenko va uning rafiqasi, botanik O.A.Fedchenkolar Farg‘ona 
vodiysining turli hududlarida geobotanik tadqiqot ishlarini olib borgan. O‘tgan 
asrning 20-yillaridan boshlab Farg‘ona vodiysining o‘simlik va hayvonot 
dunyosi birmuncha kengroq tadqiq etila boshlandi. Bu davr M.G.Popov, 
V.P.Drobov va Ye.P.Korovin nomlari bilan bog‘langan [4; 5]. 
Botanik-geografik tadqiqotlarning rivojlanishida akademik Q.Z.Zokirovning 
xizmatlari alohida ahamiyatga ega. Muallif vertikal mintaqaviylikni tasniflash 
bo‘yicha cho‘l, adir, tog‘, yaylov atamalarini ilk marta qo‘lladi. Bu atamalar 
vertikal mintaqaviylikning alohida olingan hududlari tuproq, iqlim, o‘simlik va 
hayvonot dunyosining o‘ziga xosligini aniq ifodalashi bilan ajralib turadi. 
87 


Shuni alohida ta’kidlash lozimki, M.M.Orifxonova Farg‘ona vodiysi 
o‘simliklari dunyosini tadqiq etish borasida keng qamrovli izlanishlar olib 
borgan. Shu o‘rinda muallifning “Farg‘ona vodiysi o‘simliklari” monografiyasi 
alohida ahamiyat kasb etadi [1].
O‘.P.Pratovning Farg‘ona vodiysi sho‘radoshlariga bag‘ishlangan asarida 
vodiy hududiga tabiiy-tarixiy nuqtayi nazardan yondashib, bir butun tabiiy 
mintaqa holida tushunish lozimligini ta’kidlagan hamda sho‘radoshlar oilasiga 
mansub 37 turkum va 119 turga mansub o‘simliklar uchrashligini ko‘rsatib 
o‘tgan [8].
T.X.Xudoyberdiyev o‘zining 1965-1987-yillarda olib borgan tadqiqotlari 
davomida Oloy tizmasi labguldoshlari biologik xilma-xilligini o‘rgangan, 
shuningdek, mazkur guruh o‘simliklarining tasnifini, xomashyo zaxiralarini 
to‘liq izohlab bergan [9]. 
O.Q.Xojimatov tomonidan birinchi marta G‘arbiy Tyan-Shanning 
O‘zbekiston qismida o‘suvchi dorivor o‘simliklarning 91 oila, 351 urug‘iga 
mansub 705 turlari o‘rganish asosida tasniflangan [11]. 
Hamidov va boshqalar tomonidan Farg‘ona vodiysining dorivor o‘simliklari, 
ulardan samarali foydalanish va muhofaza qilishga oid ilmiy tadqiqotlar olib 
borganlar. Ilmiy tahlil natijalari shuni ko‘rsatadiki, 19 katta oila, 208 turkumga 
mansub 343 ta tur Farg‘ona vodiysining dorivor o‘simliklari faunasini tashkil 
etgan [10].
O‘simliklarning ektoparazitlari sanaluvchi shiralarning dorivor o‘simliklar 
fiziologik holatiga ta’siri va ularga bog‘liqligi bo‘yicha maxsus rejali tadqiqotlar 
olib borilmagan.
Jumladan, dorivor o‘simliklarning o‘sishi va rivojlanishiga ta’sir etuvchi 
hamda fiziologik holati bo‘yicha salbiy oqibatlarga olib keluvchi shira turlari 
tarkibining o‘rganilishi, muayyan sohaning rivojlanishi va dorivor o‘simliklar 
yetishtirish borasida iqtisodiy samaraga erishish yo‘lida sezilarli natijalar 
olinishi imkonini berishi shubhasiz. 
1960-yildan boshlab A.A.Muhammadiyev tomonidan Farg‘ona vodiysi va 
unga chegaradosh hududlar shiralari o‘rganila boshlandi va bu tadqiqotlar 
O‘zbekiston shiralarini o‘rganishda yangi bosqich bo‘lganligi shubhasiz. 
M.H.Ahmedov bilan hammualliflikdagi monografiyasida O‘rta Osiyo shilvi 
shiralarining tur tarkibi, biologiyasi va ekologik xususiyatlari batafsil yoritilgan 
[6; 7]. 
M.H.Ahmedov 1972-1980-yillarda G‘arbiy Tyanshan dendrofil shiralarining 
faunasi, biologiyasi, vertikal mintaqalar bo‘ylab taqsimlanishi va zoogeografik 
xususiyatlarini atroflicha o‘rgandi, tadqiqotlar davomida u iqlimlashtirilgan 
88 


daraxt va butalarda yashovchi ayrim tur shiralarning biologiyasi, tarqalishi va 
zarar keltirishini o‘rganishga ham e’tibor berdi [2].
Sharqiy Farg‘ona shiralarini o‘rganish borasida tadqiqotchi A.Xusanov 
tomonidan ham salmoqli ishlar olib borilgan. Jumladan, Sharqiy Farg‘ona 
shiralarining 7 oila, 76 urug‘ga mansub 200 tur va 4 ta kenja turlaridan iborat 
taksonomik katalogi tuzilishi bilan birga, fan uchun 1 tur va 1 kenja tur hamda 
fauna uchun 1 urug‘ va 67 tur aniqlangan [12].
Mavzuga nisbatan mufassal tadqiqotlar olib borilmaganligi, ushbu 
izlanishlarimiz uchun asos bo‘ldi. Sharqiy Farg‘ona dorivor o‘simliklarida 
yashovchi shiralarning dastlabki tasnifiga oid ishlarimiz vodiyda keng tarqalgan 
dorivor o‘simliklarning mintaqalar bo‘yicha taqsimlanish ko‘rsatkichlariga oid 
ma’lumotlar taqdimotida o‘z ifodasini topdi (1-jadval). 

Download 4,08 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   206




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish