¡збекистон республикаси олий ва ¡рта махсус таълим вазирлиги



Download 3,84 Mb.
Pdf ko'rish
bet50/79
Sana14.06.2022
Hajmi3,84 Mb.
#668302
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   79
Bog'liq
Payvandlash asosiy uslublari Z.D Ermatov

11.4-rasm.
Eritib uchma-uch payvandlashda birikma hosil bo‘lish 
sxemasi
(
F
b
– boshlangich kuch; 
F
cho‘kt
– cho‘ktirish kuchi;
er

– erigan 
metall qatlami). 
Eritib uchma-uch payvandlashda birinchi bosqichda detal-
larning uchlari faqat elektr kontakt uchun yetarli bo‘lgan kichikroq 
kuch bilan bir-biriga tekkiziladi. Ikkinchi bosqichda payvandlash 
joyi qizdiriladi va eritiladi. Uchlar avval qattiq holatda tekkiziladi, 
keyin esa eritilgan metall ulagichlar ko‘rinishda tegadi, bu 
ulagichlar vaqti-vaqtida yemiriladi. Eritib qizdirishda uchlarning 
harorati erish haroratiga yaqin bo‘ladi. Katta kesimli detallar bu 
bosqichdan oldin uchlarini qisqa muddat tutashriish yo‘li bilan yoki 


97 
torets induktori orqali yuqori chatotali tok (YUCHT) bilan biroz 
qizdiriladi. Uchinchi bosqichda cho‘ktirish amalga oshiriladi. 
Uchlar bir-biriga tez yaqinlashtirilganda uchlarni berkitib turuvchi 
erigan metall pardalari umumiy suyuq yupqa qatlamga birlashadi 
va suyuq fazada umumiy bog‘lanishlar vujudga keladi. Cho‘ktirish 
va plastik deformatsiyalash davom ettirilganda suyuq metall 
tirqishdan siqilib chiqadi hamda birikma qattiq fazada uzil-kesil 
shakllanadi. Erigan metallning bir qismi siqilib chiqmasdan qolib 
ketishi mumkin va bu joyda payvand birikma birgalikda 
kristallanish natijasida hosil bo‘ladi. Eritib payvandlashda oksid 
pardalarini yo‘qotish ancha oson. Ularning ko‘p qismi yuzada 
erigan metall holatida bo‘lib, detallar uchlarini qoplab turadi va 
cho‘ktirish chog‘ida erigan metall bilan birga chiqib ketadi.
Eritib uchma-uch payvandlash usuli payvanlalanadigan detallar 
ko‘ndalang kesimining materiali, o‘lchami va shakliga qarab, 
shuningdek mavjud uskunalarni hamda birikmaning sifatiga 
qo‘yiladigan talablarni inobatga olgan holda tanlanadi: 

qarshilik bilan payvandlash orqali asosan kichikroq kesimli 
(ko‘pi bilan 250 mm
2
) detallar biriktiriladi; 

kesimi 1000 mm
2
gacha bo‘lgan detallar uzluksiz eritib 
payvandlanadi (erish jarayonining o‘z-o‘zidan rostlanishi yomon 
bo‘lgani uchun bundan katta kesimli detallarni bu usulda 
payvandlab bo‘lmaydi); 

biroz qizdirgan holda eritib qarshilik bilan payvandlash 
5000–10000 mm
2
li kesimlar bilan chegaralanadi. Kesimi 
10000 mm
2
dan katta detallar payvandlash transformatorining 
kuchlanishi va harakatlanuvchi qisqichni uzatish tezligi dastur 
bilan boshqariluvchi mashinalarda uzluksiz eritib payvandlanadi. 
Kontaktli uchma-uch payvandlash quyidagi hollarda keng 
qo‘llaniladi: 

prokatdan uzun buyumlar (qozonlarning qizish yuzasidagi 
quvurdan ishlangan zmeyeviklar, temir yo‘l relslari, temir-beton 
armaturasi, uzluksiz prokatlash sharoitida tanavorlar) olish uchun; 

oddiy tanavorlardan murakkab detallar (uchish apparatlari 
shassilarining qismlari, tortqilar, vallar, avtomobillarning kardan 
vallari va b.) tayyorlash uchun; 


98 

tutash 
shakldagi 
murakkab 
detallar 
(avtomobil 
g‘ildiraklarining bo‘g‘inlari, reaktiv dvigatellarning bikrlik 
chambaraklari, shpangoutlar, zanjirlar bo‘g‘inlari va b.) yasash 
uchun;

legirlangan po‘latlarni tejash maqsadida (asbobning ish qismi 
tezkesar po‘latdan, quyiroq qismi esa uglerodli yoki kam 
legirlangan po‘latdan ishlanadi). 

Download 3,84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   79




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish