1.Mehmonlarni qanday qabul qilish kerak?
Restoran xo‘jaliklarida xorijiy turistlarini qabul qilish muhim ahamiyatga egadir. Chunki xorijiy turistlarga odatda ovqat yeyishni tashkil qilish alohida zallarda yoki umumiy zalning chegaralangan qismida amalga oshirilib, ularga xizmat ko‘rsatish juda ham e'tibor va did bilan tayyorlangan joylarda bo‘lishi kerak. Turistlarni restoran hududida ovqatlantirish jarayoni restoran binosidagi savdo zallari va qo‘shimcha yordamchi xonalarni tartibga keltirish, stol va stullarni qabul qilingan tartibda qo‘yish, idish-tovoq va anjomlarni olish, stollarni bezash, tushlik stollarini va ofitsiantlarni ishga tayyorlash jarayonlari kiradi.
Restoran ishni tashkil qilish binoning ichki va tashqi ko‘rinishini chiroyli va restoran ochilishiga tayyor bo‘lishi kerak. Shuningdek, mijozlarni turli xildagi xizmatlardan foydalanishlari uchun imkoniyatlari yaratilishi kerak. Turistlarni qabul qilish va ularga sifatli xizmat ko‘rsatish maqsadida xodimlar restoran korxonasidagi mebellarni joylanishiga ham e'tibor qaratish kerak, stollarni to‘g‘ri chiziq yoki shaxmat tartibida joylashtirish, orasidan bemalol yura oladigan bo‘lishi, shuningdek, boshqa jihozlarni ham mijozlar didi, talabi va darajasiga qarab inobatga olinishi kerak.
2.Xizmat ko‘rsatish muvaffaqiyatini ta'minlovchi omillar
Umumiy ovqatlantirish korxonalarida mijozlarga xizmat ko‘rsatish, tegishli axloqiy tartib-qoidalarga rioya qilish, zimmadagi vazifalarni bajarish - bu soxaning madaniyatini belgilaydi. Umumiy ovqatlantirish korxonalarida madaniy xizmat qilish quyidagi ko‘rsatkichlar va baholariga ega:
- xizmat ko‘rsatuvchi xodimlarning mijozlar bilan o‘zaro munosabatlari, ularning xizmat qilish usuli;
- xizmat ko‘rsatuvchi xodimlarning ko‘rinishi, kiyim shakli va poyafzallari belgilangan talabga javob berishi, har bir xodimning shaxsiy gigiyena qoidalariga rioya qilishi;
- umumiy ovqatlantirish korxonalari binosining ichki ko‘rinishi, oshxona idish-tovoqlari va anjomlari, sochiq va dasturxonlarining sanitariya holati;
- umumiy ovqatlantirish korxonalari oshxonasining idish-tovoqlari va anjomlari, inventar va jihozlari bilan to‘la ta'minlanganligi;
- taom va ichimliklar, ovqat mahsulotlari assortimentiga rioya qilishi;
- mijozlarga tez xizmat ko‘rsatish;
- musiqa xizmatining sifati;
- qo‘shimcha xizmatlarning mavjudligi.
Xizmat ko‘rsatish madaniyatining bahosi besh ballik shkala bilan belgilanadi. Nazorat qiluvchi organlarda tekshiruv natijalari va mijozlar fikrlari hisobga olinadi. Bu haqda respublikaga xos tartib-qoidalarga rioya qilinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |