Firma faoliyati strategiyasi (ingl stratedy of company activity) - bu narsa firma faoliyatining atrof-muhit bilan moslashuv darajasiga bog‘liq. Firma faoliyati strategiyasi portfelini tashkil qilishdagi alternativ tanlov atrof-muhitni zaruriy ravishda tahlil qilish natijala-riga ko‘ra o‘tkaziladi. Firma faoliyati strategiyasini klassifikatsiya qilishning eng umumiy belgisi bozor hissasidir, ya'ni ma'lum tovarlar bo‘yicha bozorning eksportyor tomonidan nazorat qilinadigan qismidir. Firma faoliyati strategiyasi bozorni egallash va uni kengaytirishga qaratilgan bo‘lsa, u yaratuvchi strategiya deb ataladi.
U hujumkor xarakterga ega bo‘lib, yangi istiqbolli mahsulot mavjud bo‘lganda, bozorning yangi istiqbolli segmentini ochishda, shuningdek, raqobatchilar bozorda o‘z raqobatbardoshliligini yo‘qotganda qo‘llaniladi. Agar korxona o‘z bozor hissasidan qoniqsa, u yoki bu sababga ko‘ra o‘z hissasini ko‘paytirish imkoniyatiga ega bo‘lmasa, unda muhofazakor strategiya bo‘ladi. Uning maqsadi boshqa raqobatchilar hujumidan himoyalanish buladi. Albatta bir bozordagi himoyalanish olib borilishi mumkin. Muhofazakor strategiya varianti "bozordan chiqish" varianti hisoblanadi. Dinamik korxonalar uchun ular katta ishlab chiqarish va eksport potensialiga ega bo‘lganligi uchun ularga o‘sish strategiyasi xosdir.
Uzoq muddatli istiqbolda bozorda zo‘ravonlikka erishish uchun shunday strategiya qo‘llaniladi. O‘sishning yangi segmentida ko‘pincha tanlama strategiyadan foydalaniladi, u rag‘batlantirish va narxlashtirishni ko‘zda tutadi. YAna shunday firma faoliyati strategiyasining tasnifini bozorning yangiligiga hamda mahsulotning yangiligiga ko‘ra saqlab qolishdan iborat bo‘lgan hollarda, ya'ni bu holat korxonani qoniqtirgan va zaruriy daromadni keltirgan hollarda bunday strategiya balanslovchi strategiya deyiladi. Bunda e'tibor boshqaruv jarayonini yaxshilashga qaratiladi.
Mahsulotni modifikatsiyalash va bozorni kengaytirish imkoni tug‘ilganda firmalar bozorni quvvatlash strategiyasidan foydalanadilar. Unga xarakterli hususiyat bo‘lib, mahsulot iste'mol hususiyatini tahlil qilish. yangi texnologyk jarayonlarni o‘zlashtirish, yangi konstruksiyalarni ishlab chiqarish bo‘ladi. Bu strategiya yangi mahsulot paydo bo‘lganda vujudga keladi. Uni amalga oshirish katta moliyaviy sarf harajatlar bilan bog‘liq. Ongli tavakkalchilik strategiyasi firmaning butunlay yangi bozorga o‘z assortimentiga xos bo‘lmagan mahsulot bilan chiqishga aytiladi. Bunday strategiyaning vazifasi yangi bozorni tashkil qilish, avval mavjud bo‘lmagan zaruriyatni yaratishdan iborat.
Yana firma faoliyati strategiyasining yig‘indisi ham mavjud bo‘lib, ularning maqsadi, ishlab chiqaruvchi mahsulotiga talabni yaratish, uni ragbatlantirish va qo‘llab-quvvatlashdan iborat. Bozor segmentini aniklash bo‘yicha o‘z yo‘nalishiga ko‘ra, farqlanadilar va bozorni to‘liq tahlili o‘tkazilgandan so‘ng ishlab chiqiladi. Talab va xaridorlar munosabati o‘rtasida farq katta bo‘lmaganda hamda barcha guruh talablarini bir xil sotuv tizimlari orqali qondirish mumkin bo‘lgan takomillashmagan marketing strategiyasidan foydalaniladi.
Bir yoki bir necha maqsadli bozor segmentini tanlashda yigma marketing strategiyadan foydalaniladi. Uni amalga oshirish uchun murakkab turli xil muammolarni hal qilish shart emas. Marketing strategiyasiga baho strategiyasini kiritish sxematik ravishda tovarga turlicha narx qo‘yishdan iborat. Ya'ni bozorga kirib borishda eksportyor "qaymog‘ini olish" strategiyasidan foydalanishi mumkin. Unga ko‘ra yangi mahsulotni o‘zlashtirishga ketgan katta sarfni qoplash mumkin va yana normal daromad olish ham mumkin.
Baho strategiyasini boshqa bir guruhi mahsulot bahosini soha va bozor omillariga asosan o‘rtacha bozor bahosi, raqobatchilar bahosi hisobga olinadi. Uchinchi baho guruhi o‘rtacha bozor bahosidan past bo‘lib, bunday baholash kirib borish bahosi deb ataladi. Uning maqsadi tezda bozorni egallashdan iborat.
Hozirgi paytda rivojlangan davlatlarda servis faoliyatini strategiyasi va samaradorligi kriteriylari o'zgarmoqda:
- servis korxonalarini boshqarish taraqiy ettirilmoqda, boshqarish turlari (moliyalar, personal, krizis, innovasiya mendjmenti va boshqalar) ko'paytirilmoqda;
- servis korxonasini ichidagi boshqaruv operasiyalari rivojlantirilmoqda: kon'yukturani bashorat qilish, maqsadlarini ta'riflash, o'z imkoniyatlarini baholash, sherik va ta'minotchilarni tanlash va boshqalar;
- moliyaviy instrumentlar to'plamiga (investisiyalarni boshqarish, kreditlarni jalb qilish, lizing, trast, faktoring, sug'urta va boshqalar) murojaat qilish holatlarini mavjudligi.;
- turli texnologiyalarni rivojlantirish (boshqaruv, tashkiliy, iste'molchilarga xizmat ko'rsatish texnologiyasi va boshqalar);
- servis falsafasi chuqurlashib iste'molchiga yo'natirilmoqda (mijozga yo'naltirilgan falsafa);
- qattiq servis (xizmatni bajarishga mo'ljallangan me'yorlarni bajarish) bilan bir qatorda yumshoq servis (iste'molchilarni yakka talablariga javob berish uchun xizmat ko'rsatishida qo'shimcha operasiyalarni bajarish) ham faoliyat yuritmoqda;
- to'g'ri servis bilvosita servis (sotilgan tovar, ko'rsatilgan xizmat bilan bog'liq bo'lmagan, balkim iste'molchi bilan yaxshi munosabatlarni saqlashga qaratilgan) bilan to'ldirilmoqda.
Raqobat jangida narx siyosati, mahsulot narxi va sifatini o'zaro optimal nisbati siyosatiga yo'l bermoqda. O'z o'rnida xizmatlar sifati uni standartlashtirish va xizmat ko'rsatish jarayonini xavfsizligi bilan bog'liq.
Do'stlaringiz bilan baham: |