Korporotiv boshqaruv tamoyillari. Iqtisodiy hamkorlik va rivojlanish tashkiloti (IHRT) turli davlatlarning korporativ boshqaruv sohasidagi amaliyotidan kelib chiqib, korporativ boshqaruv sohasidagi qonunchilikni qayta ko„rib chiqishda 4 ta asosiy tamoyilga asoslanish tavsiya etilgan:
sog„lom raqobat sharoitlarida kompaniyaga uning barcha ishtirokchilari, jumladan katta bo„lmagan aksiya paketlari (minoritar) egalarining huquqlarini ta‟minlash orqali samarali faoliyat yuritishga sharoit yaratuvchi boshqarish qoidalarining adolatliligi;
kompaniyaga tegishli barcha muhim masalalar bo„yicha, jumladan mulk tuzilmasi, moliyaviy holat, faoliyat yakunlari va boshqalarni o„z vaqtida va aniq oshkora etishni ko„zda tutuvchi shaffoflik,
barcha boshqaruv organlarining funksiya va vakolatlarini aniq belgilashni ko„zda tutuvchi hisobdorlik, ijroiya organlari kuzatuv kengashi va aksiyadorlarga hisobdorligi;
kompaniya faoliyati bilan bog„liq qarorlarni qabul qiluvchi rahbariyat va shaxslarning aksiyadorlar va boshqa manfaatdor shaxslar oldidagi mas‟uliyatliligi.
Mazkur yo„nalishdagi ishlar “O„zpaxtasanoat” AJda quyidagicha tashkil etilgan:
Jamiyat aksiyadorlarining umumiy yig„ilishi, Kuzatuv kengashi va Ijro organi vazifalari Jamiyat Ustaviga asosan tasdiqlangan. Jumladan,
Aksiyadorlarining umumiy yig„ilishi vazifa va funksiyalari;
Aksiyadorlarning umumiy yig„ilishi jamiyatning yuqori boshqaruv organidir.
Aksiyadorlarning umumiy yig„ilishini jamiyat kuzatuv kengashining raisi, u uzrli sabablarga ko„ra bo„lmagan taqdirda esa, jamiyat kuzatuv kengashining a‟zolaridan biri olib boradi;
Jamiyat har yili aksiyadorlarning umumiy yig„ilishini (aksiyadorlarning yillik umumiy yig„ilishini) o„tkazishi shart;
Aksiyadorlarning yillik umumiy yig„ilishi jamiyat ustavida belgilangan muddatlarda, ammo moliya yili tugaganidan keyin olti oydan kechiktirmay o„tkaziladi. Umumiy yig„ilishda jamiyatning kuzatuv kengashini va taftish komissiyasini (taftishchisini) saylash to„g„risidagi, jamiyatning yakkaboshchilik asosidagi ijroiya organi (bundan buyon matnda direktor deb yuritiladi), kollegial ijroiya organining (bundan buyon matnda boshqaruv deb yuritiladi) a‟zolari, ishonchli boshqaruvchi bilan tuzilgan shartnomaning muddatini uzaytirish, uni qayta tuzish yoki bekor qilish mumkinligi haqidagi masalalar hal etiladi, shuningdek ushbu Qonun 59-moddasi birinchi qismining o„n ikkinchi va o„n uchinchi xatboshilariga muvofiq jamiyatning yillik hisoboti, jamiyat ijroiya organi va kuzatuv kengashining jamiyatni rivojlantirish strategiyasiga erishish bo„yicha ko„rilayotgan chora-tadbirlar to„g„risidagi hisobotlari va boshqa hujjatlari ko„rib chiqiladi. Jamiyatning yillik hisobotini va yillik biznes-rejasini, shuningdek jamiyat faoliyatining asosiy yo„nalishlari va maqsadidan kelib chiqqan holda jamiyatni o„rta va uzoq muddatga rivojlantirishning muddatlari belgilangan strategiyasini tasdiqlash.
Do'stlaringiz bilan baham: |