¡збекистон республикаси олий ва ¡рта махсус таълим вазирлиги



Download 4,72 Mb.
bet42/68
Sana25.02.2022
Hajmi4,72 Mb.
#464635
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   68
Bog'liq
Пайвандлаш асосий услублари-лотин

11.4-rasm. Eritib uchma-uch payvandlashda birikma hosil bo‘lish sxemasi (Fb – boshlangich kuch; Fchokt – cho‘ktirish kuchi; – erigan metall qatlami).

Eritib uchma-uch payvandlashda birinchi bosqichda detal-larning uchlari faqat elektr kontakt uchun yetarli bo‘lgan kichikroq kuch bilan bir-biriga tekkiziladi. Ikkinchi bosqichda payvandlash joyi qizdiriladi va eritiladi. Uchlar avval qattiq holatda tekkiziladi, keyin esa eritilgan metall ulagichlar ko‘rinishda tegadi, bu ulagichlar vaqti-vaqtida yemiriladi. Eritib qizdirishda uchlarning harorati erish haroratiga yaqin bo‘ladi. Katta kesimli detallar bu bosqichdan oldin uchlarini qisqa muddat tutashriish yo‘li bilan yoki torets induktori orqali yuqori chatotali tok (YUCHT) bilan biroz qizdiriladi. Uchinchi bosqichda cho‘ktirish amalga oshiriladi. Uchlar bir-biriga tez yaqinlashtirilganda uchlarni berkitib turuvchi erigan metall pardalari umumiy suyuq yupqa qatlamga birlashadi va suyuq fazada umumiy bog‘lanishlar vujudga keladi. Cho‘ktirish va plastik deformatsiyalash davom ettirilganda suyuq metall tirqishdan siqilib chiqadi hamda birikma qattiq fazada uzil-kesil shakllanadi. Erigan metallning bir qismi siqilib chiqmasdan qolib ketishi mumkin va bu joyda payvand birikma birgalikda kristallanish natijasida hosil bo‘ladi. Eritib payvandlashda oksid pardalarini yo‘qotish ancha oson. Ularning ko‘p qismi yuzada erigan metall holatida bo‘lib, detallar uchlarini qoplab turadi va cho‘ktirish chog‘ida erigan metall bilan birga chiqib ketadi.


Eritib uchma-uch payvandlash usuli payvanlalanadigan detallar ko‘ndalang kesimining materiali, o‘lchami va shakliga qarab, shuningdek mavjud uskunalarni hamda birikmaning sifatiga qo‘yiladigan talablarni inobatga olgan holda tanlanadi:
– qarshilik bilan payvandlash orqali asosan kichikroq kesimli (ko‘pi bilan 250 mm2) detallar biriktiriladi;
– kesimi 1000 mm2 gacha bo‘lgan detallar uzluksiz eritib payvandlanadi (erish jarayonining o‘z-o‘zidan rostlanishi yomon bo‘lgani uchun bundan katta kesimli detallarni bu usulda payvandlab bo‘lmaydi);
– biroz qizdirgan holda eritib qarshilik bilan payvandlash 5000–10000 mm2 li kesimlar bilan chegaralanadi. Kesimi 10000 mm2 dan katta detallar payvandlash transformatorining kuchlanishi va harakatlanuvchi qisqichni uzatish tezligi dastur bilan boshqariluvchi mashinalarda uzluksiz eritib payvandlanadi.
Kontaktli uchma-uch payvandlash quyidagi hollarda keng qo‘llaniladi:
– prokatdan uzun buyumlar (qozonlarning qizish yuzasidagi quvurdan ishlangan zmeyeviklar, temir yo‘l relslari, temir-beton armaturasi, uzluksiz prokatlash sharoitida tanavorlar) olish uchun;
– oddiy tanavorlardan murakkab detallar (uchish apparatlari shassilarining qismlari, tortqilar, vallar, avtomobillarning kardan vallari va b.) tayyorlash uchun;
– tutash shakldagi murakkab detallar (avtomobil g‘ildiraklarining bo‘g‘inlari, reaktiv dvigatellarning bikrlik chambaraklari, shpangoutlar, zanjirlar bo‘g‘inlari va b.) yasash uchun;
– legirlangan po‘latlarni tejash maqsadida (asbobning ish qismi tezkesar po‘latdan, quyiroq qismi esa uglerodli yoki kam legirlangan po‘latdan ishlanadi).



Download 4,72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   68




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish