Nazorat savollari
1. Qutblanish nima?
2. Elektr maydon nima?
3. Maydon kuchlanganligi nima?
4. Dielektrik nima.
5. Singdiruvchanlik nima aytiladi?
Dielektric Materials for Electrical Engineering. Juan Martinez-Vega 1-3 БОБ, 1- бўлим, 3-13,79-81 бет
Adabiyotlar
1. T.K. Basak. Electrical engineering materials. New Age Intenational, Nil edition. USA, 2009. (12-16 bet)
2. Dielektric Materials for Electrical Engineering. Juan Martinez-Vega 1-3 БОБ, 1- бўлим, 3-13,79-81 бет
3-Maruza.
DIELEKTRIKLARNING QUTBLANISHI
Reja:
1.Dielektrik qutblanishning asosiy turlari.
2.Elektron qutblanish.
Dielektrik qutblanishning asosiy turlari.
Dielektrikda kuzatiladigan qutblanish asosan ikki turga: elektr maydoni ta’sirida juda tez sodir bo’ladigan (elektronion) va sekin o’sib hamda sekin pasayadigan (relaksatsiya) qutblanishlariga bo’linadi. Birinchi turdagi qutblanish juda tez o’tishi natijasida dielektrikda elektr energiyasi sarflanmaydi, ikkinchi turdagisida esa qutblanish asta-sekin sodir bo’lib, dielektrik qizishi natijasida energiya sarflanadi.
Kondensator sig’imi va kondensatorda yig’ilgan zaryad dielektrikda sodir bo’ladigan qutblanish jarayonlarini o’zida aks ettiradi. Elektron qutblanish (qE, CE) atom yoki ionlar elektron qobig’ining siljishi va ezilishi hisobiga sodir bo’lib, bu turdagi qutblanish katta tezlikda (10-15sek.) kechadi va qiymat jihatidan yorug’likning sindirish ko’rsatkichi kvadratiga (n2) tengdir. Bunda qutblanish barcha dielektriklarda kuzatilib, ularning atomlaridagi elektronlar musbat elektrod tomon siljiydi. Qutbli bo’lmagan suyuq holatdagi va qattiq dielektriklarda qutblanish sust kechib, r qiymati 22,5 atrofida bo’ladi. Elektron qutblanishda elektr siljish (D) maydon kuchlanganligi (E)ga mos ravishda o’zgaradi, shuning uchun ham r kuchlanganlikka bog’liq bo’lmaydi. Jism qattiq holatdan suyuq holatga o’tganida zichligi kamayadi, natijada qutblanish ham sekin susayadi. Dielektric Materials for Electrical Engineering. Juan Martinez-Vega 1-3 БОБ, 1- бўлим, 3-13,79-81 бет
Elektron qutblanihda elektr energiyasi sarf bo’lmaydi. Bunday qutblanish neft moylarida (oktol), qattiq moddalar parafin, polistirol, polietilen va boshqalarda kuzatiladi.
Ionli qutblanish (СI , qI) kristall panjarali qattiq jismlarda bo’sh bog’langan ionlar siljishi natijasida ro’y beradi. Ionli qutblanish elektron qutblanishga nisbatan kuchliroq kechadi va r ning qiymati 530 oralig’ida bo’ladi. Ion o’lcham jihatidan elektrondan katta bo’lib, qutblanish tezligi esa, aksincha, past bo’ladi (10-3c). Bunda r qiymati chastotaga bog’liq emas. Ion qutblanishida elektr siljish maydon kuchlanganligi E ga, r qiymati esa mazkur kuchlanganlikka bog’lig bolmaydi. Harorat ko’tarilishi bilan kristall panjaradagi ionlar orasidagi masofa ortadi.
Dielektric Materials for Electrical Engineering. Juan Martinez-Vega 1-3 БОБ, 1- бўлим, 3-13,79-81 бет
Natijada oraliqdagi tortishish-kuchi pasayadi va ion qutblanishi kuchayadi, ya’ni ionli dielektriklarda masalan, slyuda, ba’zi turdagi sopollarda r qiymati o’sib boradi.
Ion qutblanishida energiya isrofi kuzatilmaydi, chunki qutblanishga sarflanadigan energiya manbaga to’liq uzatiladi. Faqat yuqori chastotada ionlarning rezonansi hisobiga materiallarda elektr energiya isrofi kuzatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |